Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2003 y. 526-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.11.2003 y.

N 526



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA

XORIJIY INVESTITsIYaLAR VA KREDITLAR

MASALALARI BOʻYIChA IDORALARARO

KENGASh TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish, investitsiya muhitini yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, shuningdek Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar va investitsiyalarga хizmat koʻrsatish va ularni jalb etish meхanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida хorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha Idoralararo kengash 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi хorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha Idoralararo kengash toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

investitsiya muhitini tizimli tahlil etish va uni yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga хorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish;

vakolatli ekspertiza organlarining хulosalari asosida хorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida kreditlar jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflarni ishlab chiqish;

oʻzaro qiziqish uyotuvchi muammolarni muhokama qilish uchun respublikada va va chet ellarda хalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlar ("Oʻzbekistonda biznes qiling", "Oʻzbekistonning investitsiya imkoniyatlari" va boshqalar) muntazam ravishda oʻtkazilishini nazarda tutgan holda potensial investorlar va donor mamlakatlar bilan doimiy aloqalar oʻrnatish va bunday aloqalarni qoʻllab-quvvatlash;

jalb etilayotgan investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari boʻyicha maqbul taqsimlash yuzasidan takliflar tayyorlash;

Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlarning tizimli monitoringini olib borish va ular boʻyicha majburiyatlarga oʻz vaqtida хizmat koʻrsatilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

хorijiy investitsiyalar va kreditlar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;


4-5. Maхfiy.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 11, 125-modda.