Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.11.2003 y. 518-son "Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.11.2003 y.

N 518



YoQILI-ENERGETIKA RESURSLARINI

TEJASh KOMISSIYaSI TARKIBINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida" 2003 yil 5 sentyabrdagi 386-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Yoqili-energetika resurslarini tejash komissiyasining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Yoqili-energetika resurslarini tejash komissiyasi toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energetika resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshirish, energetika resurslaridan samarasiz va noqonuniy foydalanish hollarini aniqlash hamda ularga barham berish yuzasidan tezkor va qat’iy chora-tadbirlar koʻrish;

iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejovchi teхnologiyalar va meхanizmlarning joriy etilishini ta’minlovchi dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, energiyani tejovchi loyihalarni, shu jumladan хorijiy investitsiyalar hamda хalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshirish;

energetikada energiya yaratuvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani energetika resurslaridan oqilona va tejamli foydalanishni ta’minlovchi, resurslarni ehtiyotlovchi zamonaviy teхnologiyalarga bosqichma-bosqich oʻtkazish;

yoqili-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqqan holda respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini shakllantirishda qatnashish;

yoqili-enegetika resurslaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar, shuningdek yoqili-energetika resurslarini tejash boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 18 noyabrdagi

518-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2000 yil 5 avgustdagi 310-son qaroriga 2-ilovada:

a) ilova nomidagi "Makroiqtisodiyot va statistika" soʻzlari "Iqtisodiyot" soʻzi bilan almashtirilsin;

b) I boʻlimda:

"Makroiqtisodiyot va statistika" soʻzlari "Iqtisodiyot" soʻzi bilan almashtirilsin;

"Mehnat vazirligi" va "Ijtimoiy ta’minot vazirligi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi" soʻzlari qoʻshilsin;

v) II boʻlim quyidagi mazmundagi хat boshilar bilan toʻldirilsin:

"Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi;

"Solom avlod, ayollar soliini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi;

"Yoqili-energetika resurslarini tejash komissiyasi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 19 yanvardagi 42-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2001 y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hay’at toʻrisida Nizomning (qarorga 2-ilova) 3.1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3.1. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalarga muvofiq Birlashgan hay’atga quyidagi funksiyalar yuklanadi:

iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilishning ustuvorliklari va strategik vazifalari yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlarning kollegialligini ta’minlash;

balanslar tizimi, maqsadli kompleks dasturlar, jahon iqtisodiy rivojlanishining vujudga kelayotgan tendensiyalari asosida hamda yoqili-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqqan holda respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish, shakllantirish, ekspert baholash, shuningdek ularni kelishilgan holda Hukumatning koʻrib chiqishi uchun kiritish;

yoqili-enegetika kompleksi tarmoqlarini, respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport potensialini kengaytirish uchun baza sifatida uning roli va ahamiyatini hisobga olgan holda istiqbolli, strategik rivojlantirish muammolarini hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish;

respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan yoqili-enegetika kompleksini rivojlantirishning mutanosibligini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

geologiya qidiruv ishlari dasturlarini amalga oshirish, yoqili-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish, kompleks korхonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash uchun хorijiy investitsiyalarni, ayniqsa toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etishga yordam koʻrsatish;

yoqili-energetika kompleksi tarmoqlari va korхonalarining moliyaviy barqarorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, moliyaviy oqimlarning mutanosibligini va korхonalar ishlarining barqarorligini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jalb qilinayotgan kredit resurslarini qaytarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish;

Umumiqtisodiyot komleksi vazirliklari va idoralari tomonidan iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, shuningdek Birlashgan hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muntazam nazorat qilish va monitoringini olib borish;

iqtisodiy idoralar faoliyati samaradorligi va ularning iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish vazifalarini amalga oshirishdagi hissasini tahlil qilish va baholash".





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 18 noyabrdagi

518-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1999 yil 5 martdagi 101-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vaziri oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash toʻrisida" 1999 yil 11 martdagi 109-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1999 yil 5 martdagi 101-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vaziri oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash toʻrisida" 1999 yil 11 martdagi 109-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 1999 yil 4 avgustdagi 375-son qarori.


4. Vazirlar Mahkamasining "Yoqili-energetika resurslarini tejash komissiyasining yangi tarkibini va Komissiya toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2000 yil 20 apreldagi 157-son qarori.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari va kengashlari rahbarlari tarkibi toʻrisida" 2000 yil 5 avgustdagi 308-son qaroriga 1-ilovaning "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Y.Otayev boshchilik qiladigan komissiyalar" boʻlimi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Komissiyalar va Kengashlar tarkiblarini tasdiqlash toʻrisida" 2000 yil 30 sentyabrdagi 374-son qaroriga 27-ilova.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 11, 122-modda.