Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.01.2017 y. 14-son "Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.01.2017 y.

N 14



KOʻP KVARTIRALI UYLARNI

QURISh VA REKONSTRUKSIYa QILIShNI

MOLIYaLAShTIRISh, ShUNINGDEK YoSh OILALARGA,

ESKIRGAN UY-JOYLARDA YaShAYoTGANLARGA VA UY-JOY

ShAROITLARINI YaXShILAShGA MUHTOJ BOʻLGAN

FUQAROLARNING BOShQA TOIFALARIGA SOTISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek koʻp kvartirali uylar qurish koʻlamlarini kengaytirish hisobiga respublika shaharlarida yashayotgan aholining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 30 yanvar, 4-son, 53-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 1-son, 2-modda