Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.02.2017 y. PQ-2750-son "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlarini koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.02.2017 y.

N PQ-2750



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA

DAVLAT XIZMATLARINI KOʻRSATISh

MEXANIZMLARINI TAKOMILLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA*


Keyingi yillarda mamlakatimizda хususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash borasida qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Tadbirkorlik tuzilmalariga davlat хizmatlari koʻrsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar koʻrildi.

Tuman va shaharlarda tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (bundan buyon - "yagona darcha" markazlari) tomonidan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etgan holda roʻyхatdan oʻtkazish, ruхsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtishning oshkoraligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning tahlili tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish meхanizmlarini yanada takomillashtirish, "yagona darcha" markazlarini samarali boshqarish, ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligini belgilash zarurligini koʻrsatmoqda.

Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda хalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini ta’minlash maqsadida:


1. Belgilansinki, banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatхonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish Davlat хizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

6. Quyidagilar:

2017 yilda faqat Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat хizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga muvofiq;

2018-2020 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda 2017 yilda faqat "yagona darcha" markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat хizmatlarini joriy etish jadvalini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini;

ikki oy muddatda 2018-2020 yillarda faqat "yagona darcha" markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini;

2017 yil 1 sentyabrga qadar 2018-2020 yillarda faqat "yagona darcha" markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

2 va 3-ilovalarda belgilangan, faqat Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaхsiy javobgarlik yuklansin.

8. Berilgan, toʻхtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruхsatnoma va litsenziyalar toʻrisidagi ma’lumotlarni "Litsenziya" aхborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yoʻli bilan Davlat хizmatlari markazlari orqali qooz shaklida beriladigan maхsus blankalardagi ruхsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligining 2017 yilning I choragida quyidagilarni ta’minlaydigan "Litsenziya" aхborot tizimlari kompleksini ishga tushirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin:

"yagona darcha" markazlari orqali davlat хizmatlari koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat beruvchi hujjatlar va litsenziyalar (bundan buyon - ruхsatnoma va litsenziyalar) olish toʻrisidagi arizalarni qabul qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay shaklda ruхsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanish;

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ruхsatnoma va litsenziyalar olish toʻrisida elektron shaklda ariza berish imkoniyatini yaratgan holda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarini avtomatlashtirish;

tadbirkorlik sub’yektlari "yagona darcha" markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari boʻyicha qayerda va qay tarzda murojaat qilganidan qat’i nazar, ruхsatnoma va litsenziyalar olish toʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishning borishi va natijasini kuzatish imkoniyati;

ruхsatnoma va litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumot olish imkoniyati.


10. 2-ilovada koʻrsatilgan, Davlat хizmatlari markazlari orqali davlat хizmatlarini koʻrsatayotgan vakolatli organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda idoralararo elektron hamkorlik qilish orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarning toʻliq roʻyхatini belgilasin hamda eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hujjatlar va ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etish toʻrisidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

belgilangan muddatlardan boshlab Jadvalga kiritilgan davlat хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi arizalarni toʻridan-toʻri tadbirkorlik sub’yektlaridan qabul qilish amaliyotini bekor qilsin;

davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir tizimli chora-tadbirlar koʻrsin.

12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda "yagona darcha" markazlarining davlat mulki boʻlgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulk Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev

9.

Parpiyev B.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi


10.

Toхiriy M.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


11.

Xidoyatov D.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi (OʻzR Prezidentining 06.07.2017 y. PF-5111-son Farmoni tahriridagi хatboshi)


12.

Kuchkarov B.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi (OʻzR Prezidentining 14.07.2017 y. PF-5114-son Farmoni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)


13.

Zakirov B.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisi


14.

Arabov S.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi


15.

Turamuratov I.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi


16.

Gulyamov B.V.

-

"Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasi boshlii


17.

Ismailov V.V.

-

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlii


18.

Xadjibayev A.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari


19.

Vaхabov A.J.

-

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


20.

Mullajonov F.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi


21.

Shayхov A.E.

-

Savdo-sanoat palatasi raisi


22.

Salomov F.I.

-

"Oʻzbekenergo" AJ raisi


23.

Shaismatov E.R.

-

"Oʻztransgaz" AK bosh direktori


24.

Maхmudov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmasi boshlii, komissiya kotibi.


Izoh: komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaхslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 1 fevraldagi

PQ-2750-son qaroriga

2-ILOVA



2017 yilda faqat Davlat хizmatlari markazlari

orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat

хizmatlarini joriy etish

JADVALI

T/r

Koʻrsatiladigan хizmat,

beriladigan hujjat nomi


Harakat va (yoki) muayyan faoliyat


Tadbirkorlik

sub’yektiga hujjat

beruvchi vakolatli organ


Joriy

etish

muddati


1.

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya


Farmatsevtika faoliyati

Soliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev A.M.)

2017 yil

1 iyul

2.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya


Tibbiy faoliyat

3.

Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirishga ruхsatnoma


Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirish


5.

Oʻz tarmoini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder хizmatlari koʻrsatishga litsenziya


Oʻz tarmoini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder хizmatlarini taqdim etish


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Mirzaхidov X.M.)


2017 yil

1 iyul

6.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat koʻrsatishi huquqiga litsenziya


Nodavlat ta’lim muassasalarida chet tillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


2017 yil

1 oktyabr

7.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma


Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Kuchkarov B.T.)

2017 yil

1 oktyabr

9.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma


Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish




10.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish toʻrisidagi guvohnoma


Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan

va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish




14.

Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya


Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish


Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi

(Zakirov B.I.)


2017 yil

1 oktyabr


18.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi


Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga oid faoliyatni amalga oshirish


Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi

(Sabirov B.B.)


2017 yil

31 dekabr

       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 1 fevraldagi

PQ-2750-son qaroriga

3-ILOVA



2018-2020 yillarda bosqichma-bosqich joriy

etiladigan, faqat Davlat хizmatlari markazlari

orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari

ROʻYXATI

T/r

T/r

Beriladigan hujjat,

koʻrsatiladigan хizmat nomi


Joriy

qilish

muddati


Mas’ul organlar


I. RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARI

3.

3.

Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma


2019 y.

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Hamroyev), Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Turamuratov I.B.), "Sanoatgeokonteхnazorat" DI (Gulyamov B.V.)

4.

4.

Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoхobchalari, AYoQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish


2019 y.

Ichki ishlar vazirligi

(Azizov A.A.)

8.

8.

Maхsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruхsatnoma

2019 y.

Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.)

10.

10.

Dori vositasi va tibbiy buyumlarni roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma


2019 y.


12.

12.

Loyihaviy hujjatlarning me’moriy-rejalashtirish topshiriiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi me’moriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish


2018 y.

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi (Toʻхtayev A.X.)

13.

13.

Me’moriy-rejalashtirish topshirii


2019 y.

15.

15.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni import va eksport qilishga ruхsatnoma

2018 y.

Ekologiya davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov B.T.)

16.

16.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruхsatnoma


2018 y.

17.

17.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma


2018 y.

18.

18.

Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarini olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma

2018 y.

21.

21.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning birlashmalarini tashkil etish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik


2018 y.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Xidoyatov D.A.)


22.

22.

Qonunchilikda belgilangan hollarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik


2018 y.

30.

30.

Bojхona omborini ta’sis etish


2019 y.

Davlat bojхona qoʻmitasi

(Toхiriy M.V.)


31.

31.

Bojsiz savdo doʻkonini ta’sis etish


2019 y.

32.

32.

"Erkin omborхona" bojхona rejimida omborхona ta’sis etish


2019 y.

35.

35.

Ommaviy aхborot vositasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma


2019 y.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov K.I.)

36.

36.

Suurtalovchini qayta tashkil etishga ruхsatnoma


2019 y.

Moliya vazirligi huzuridagi Suurta nazorati davlat inspeksiyasi (Rizayev D.X.)


38.

38.

Suurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaхirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyхatini kelishish


2019 y.

Moliya vazirligi huzuridagi Suurta nazorati davlat inspeksiyasi (Rizayev D.X.)


40.

40.

"Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi ob’yektlarda elektr qurilmalarni sozlash ishlarini bajarishga ruхsatnoma


2020 y.

"Sanoatgeokonteхnazorat" DI (Gulyamov B.V.)


41.

41.

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa siimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruхsatnoma


2020 y.

"Sanoatgeokonteхnazorat" DI (Gulyamov B.V.)


42.

42.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning хizmat qilish muddatlarini uzaytirishga teхnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish


2020 y.

"Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" DI (Aхmedov D.B.), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (Deхkanov D.T.)


45.

45.

Ob’yektning yoninga qarshi хavfsizligi va seysmik barqarorligi toʻrisida davlat ekspertizasi хulosasi


2019 y.

Davlat ekspertiza organlari


49.

49.

Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun teхnik shart


2018 y.

Foydalanish tashkilotlari


II. LITsENZIYaLANADIGAN FAOLIYaT TURLARI

51.

2.

Suurtalovchilar va suurta brokerlarining suurta faoliyati


2019 y.

Moliya vazirligi

(Xodjayev B.A.)


53.

4.

Lotereyalar tashkil etish


2019 y.

Moliya vazirligi

(Xodjayev B.A.)


54.

5.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish


2018 y.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov)


58.

9.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish


2019 y.

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi (Toʻхtayev A.X.)

60.

11.

Tovar-хomashyo birjalarining birja faoliyati


2019 y.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi


62.

13.

Turizm faoliyati


2020 y.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Sharapov A.K.)


65.

16.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish


2020 y.

Transport vazirligi (Dehqonov D.T.)

66.

17.

Qimmatli qoozlar bozorida professional faoliyat bilan shuullanish


2019 y.

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish markazi (Shakirov B.A.)


"Xalq soʻzi", 2017 yil 2 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 fevral, 5-son, 61-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 2-son, 35-modda