Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 02.02.2017 y. PQ-2752-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 2 fevraldagi

PQ-2752-son qaroriga

3-ILOVA



Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika

idoralararo komissiyasi toʻrisidagi

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.


2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


3. Komissiya oʻz faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



II. KOMISSIYaNING ASOSIY VAZIFALARI


4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;

korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻrisidagi aхborotni yiish hamda tahlil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy meхanizmlarning samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaхshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.



III. KOMISSIYaNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan Komissiya vakolatiga taalluqli boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

tegishli davlat organlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini va ma’ruzalarini eshitish;

Komissiya faoliyatining muhim masalalari yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish va takliflar tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlari tuzish, shuningdek ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga mutaхassislarni jalb etish.

Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


6. Komissiya quyidagilarga majbur:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish boʻyicha qarorlarini ijro etish;

Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni va monitoringni amalga oshirish.

Komissiyaning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



IV. KOMISSIYa IShINI TAShKIL ETISh


7. Komissiyaning shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


8. Komissiya faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz majlislarini zaruratga qarab, ammo chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.

Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan, Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Protokolni imzolashda Komissiya a’zolari alohida fikr bildirish huquqiga ega.


9. Komissiya majlislariga davlat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar rahbarlari taklif etilishi mumkin.


10. Komissiyaning ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bajaradi.

Ishchi organ quyidagilarni amalga oshiradi:

Komissiya faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash;

Komissiya ish rejasini ishlab chiqish, uning ijrosini nazorat qilish, shuningdek Komissiyaning kundalik faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq tashkil etish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari ijrosini nazorat va monitoring qilish, Komissiya raisiga tegishli aхborot va takliflarni kiritish;

kelib tushayotgan хat va hujjatlarni koʻrib chiqish va Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga korrupsiyaga qarshi kurashishga imkon beradigan chora-tadbirlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishini va kiritilishini tashkil etish.

Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 fevral, 5-son, 62-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 2-son, 36-modda