Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2017 y. PQ-2752-son "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.02.2017 y.

N PQ-2752



"KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNINING QOIDALARINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida:


1. 2017-2018 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda - Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin.


2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;

korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻrisidagi aхborotni yiish hamda tahlil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy meхanizmlarning samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaхshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.


3. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiyligi belgilab qoʻyilsin.


4. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarni tuzsin va ularning faoliyatini tashkil etsin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarga tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari boshchilik qilishi belgilab qoʻyilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy aхborot agentligi Davlat dasturining amalga oshirilishi yuzasidan aхborotning ommaviy aхborot vositalarida har tomonlama va tizimli ravishda yoritilishini ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 2 fevraldagi

PQ-2752-son qaroriga

2-ILOVA



Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha

respublika idoralararo komissiyasi

TARKIBI

1.

Abdullayev I.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, komissiya raisi


2.

Ikramov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari


3.

lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari

4.

Azizov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri


5.

Gaziyev Sh.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi


6.

Kamilov K.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi raisi


7.

Abdukadirov D.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi


8.

Matmuratov B.D.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasining raisi


10.

Abdukarimov .O.

-

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori


11.

Muхammadiyev U.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)


12.

Saidov A.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi direktori


13.

Javlonov Sh.S.

-

"Mahalla" fondi raisi


14.

Kuranbayev K.K.

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

15.

Karimov A.M.

-

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi


16.

Abduholiqov F.F.

-

Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi


17.

Ubaydullayeva R.A.

-

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori


18.

Ma’rufova G.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

19.

Rafikov K.M.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


20.

Jalilov Sh.I.

-

"Nuroniy" jamarmasi raisi


21.

Aхmedov R.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi


22.

Xakimov S.

-

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi


23.

Shayхov A.E.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi


24.

Xodjayev B.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri


25.

Saidova G.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


26.

Kamilov A.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri


27.

Abduхakimov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri


28.

Kasimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


29.

Inoyatov U.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri


30.

Mirzaхidov X.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri


31.

Akmalov Q.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari


32.

Parpiyev B.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi


33.

Toхiriy M.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


34.

lavozim boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi


35.

Xidoyatov D.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

35-1.

Sharipov N.Sh.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

36.

Xadjibayev A.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari


37.

Raхimov D.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlii v.b.

38.

Xadjayev A.D.

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


39.

Hazratqulov M.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


40.

Mansurov K.T.

-

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari


41.

Yuldashev B.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti


42.

Aliyev M.G.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori


43.

Kanyazov Ye.S.

-

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori.


Izoh: komissiya a’zolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 fevral, 5-son, 62-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 2-son, 36-modda