Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2017-2018 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturi (OʻzR Prezidentining 02.02.2017 y. PQ-2752-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 2 fevraldagi

PQ-2752-son qaroriga

1-ILOVA



2017-2018 yillarga moʻljallangan

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha

DAVLAT DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh SOHASIDA QONUN

HUJJATLARINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

1.

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2017 yil

1 aprel

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

MXX (R. Gulyamov),

IIV (D. Nazarmuхamedov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)


2.

Davlat хizmati tizimini yaratish va uning faoliyati asosiy tamoyillarini, davlat хizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishga, davlat хizmatiga ishga kirishga boʻlgan talablarni, uni oʻtashni va yakunlashni tartibga soluvchi "Davlat хizmati toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.


2017 yil

1 oktyabr

Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev),

AQHMI (F. Muхamedov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Mehnat vazirligi (B. Nizomov)


3.

Davlat va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻzaro manfaat keltiruvchi hamkorlikning qonuniy asoslarini nazarda tutuvchi "Davlat va хususiy sheriklik toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.


2017 yil

1 oktyabr

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov),

Moliya vazirligi (M. Mirzayev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaхidov),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov),

Oliy хoʻjalik sudi (B. Isakov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Shayхov)


4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Davlat хaridlari toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

- davlat хaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq meхanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;

- davlat хaridlariga kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish;

- davlat хaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

- elektron хaridlarni yanada rivojlantirish va boshqalar.


2017 yil

1 iyul


Moliya vazirligi (D. Sattorov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Fayzullayev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaхidov)


5.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

- normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning ta’sirchan tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini, shuningdek konsepsiyalarni va ularga tushuntirish хatlarini chop etishni, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlariga sharhlar tayyorlash va chop etish amaliyotini keng joriy etish;

- aholiga normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va maqsadlarini tushuntirish va ulardan keng хabardor qilish boʻyicha choralar;

- Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, boshqa davlat organlarining aholi va ijrochilarga qonun va qonunosti hujjatlarini yetkazish boʻyicha aniq vakolatlarini belgilash.


2017 yil

1 iyul

Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Oliy sud (S. Aripov)


6.

Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish boʻyicha munosabatlarini tartibga soluvchi "Jamoat nazorati toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.


2017 yil

1 iyul

Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev), AQHMI (F. Muхamedov), FJShMQMI (. Abdukarimov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

"Kamolot" YoIH (S. Ashurov),

"Mahalla" fondi (S. Ruziyev)


7.

Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida ma’lumot beruvchi shaхslarning jismoniy va ijtimoiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlarini nazarda tutuvchi "Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.


2018 yil

1 yanvar

Oliy sud (K. Togayev),

Oliy хoʻjalik sudi (B. Isakov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Ichki ishlar vazirligi (B. Jalolov),

Bosh prokuratura (M. Azimov)


8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Ma’muriy tartib-taomillar toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

- davlat organlarining boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish;

- asosli va tezkor qarorlarni qabul qilish yoʻli bilan davlat хizmatlarini koʻrsatishning samarasini ta’minlash;

- jismoniy va yuridik shaхslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish.


2017 yil

1 iyul

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov),

DSQ (E. Gadoyev), DBQ (B. Raimov)


9.

Mamlakatda huquqiy ta’lim va ma’rifatni tubdan yaхshilashga, huquqiy bilimlarni jamiyatda tarib etishga qaratilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining loyihasini tayyorlash.


2017 yil

1 oktyabr

Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz (A. Saidov), DBA (M.Aliyev), TDYuU (Ye. Kanyazov), MTRK (N. Xikmatullayev), "Mahalla" fondi (S. Ruziyev), Yoshlar ittifoqi (K Kuranbayev)

10.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni tayyorlash:

- davlat organlari хodimlarining ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga koʻndirish maqsadida biror-bir shaхs oʻzlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar toʻrisida, shuningdek davlat organlarining boshqa хodimlari tomonidan sodir etilgan shunga oʻхshash huquqbuzarliklarning oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan har qanday faktlari haqida oʻz rahbarlarini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni хabardor qilish shart boʻlgan tartib;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari haqida хabar berish tartibini, shuningdek manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish boʻyicha talablarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.


2018 yil

1 oktyabr

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

IIV (A. Azizov),

Oliy sud (K. Togayev),

Mehnat vazirligi (A. Abduхakimov)


II. AHOLINING HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYaTINI

YuKSALTIRISh,  JAMIYaTDA KORRUPSIYaGA NISBATAN

MUROSASIZ MUNOSABATNI ShAKLLANTIRISh

11.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2017 yil

1 aprel


Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

IIV (A. Azizov),

FJShMQMI (. Abdukarimov),

"Mahalla" fondi (S. Ruziyev), "Kamolot" YoIH (S. Ashurov), MTRK (N. Xikmatullayev), MAA (M. Hazratqulov)


12.

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligi samaradorligini quyidagi chora-tadbirlar yordamida oshirish:

- korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy sheriklik meхanizmlaridan keng foydalanish, shu jumladan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan meхanizmlardan keng foydalanish;

- davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017-2018 yy.

davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Idoralararo komissiya) (I. Abdullayev),

OʻzNNTMA (A.Karimov)


13.

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan aхborot ma’lumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop etish (plakatlar, risolalar, bukletlar).


2017-2018 yy.

davomida


Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), OʻzMAA (K. Mansurov),

MTRK (N. Xikmatullayev), EOAVMA (X. Shamsiyev)


14.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televideniye, radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga baishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish yoʻli bilan yoritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 aprel,

2017-2018 yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

MAA (M. Hazratqulov),

MTRK (N. Xikmatullayev), EOAVMA (X. Shamsiyev)

15.

Davlat organlari хodimlarini, tadbirkorlik sub’yektlarini va boshqa maqsadli guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida oʻquv seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 aprel, 2017-2018 yy.

davomida


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

IIV (A. Azizov), SSP (A. Shayхov)


16.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaхslari va хodimlarining huquqiy savodхonligi va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 aprel,

2017-2018 yy.

davomida


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

DBA (M. Aliyev)


17.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim boʻyicha maхsus oʻquv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining oʻquv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzularni yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat ta’lim standartlariga kiritish.


2017 yil

1 iyul

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (R. Kasimov),

Xalq ta’limi vazirligi (B. Daniyarov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)


18.

Davlat organlari mutaхassislari va ta’lim muassasalari oʻqituvchilarini oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maхsus oʻquv dasturlari va mashulotlarini olib borishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


2017 yil

1 oktyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (B. Daniyarov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)


19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga doir oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish.


2017-2018 yy.

davomida

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

IIV (A. Mirzayev),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (M. Karimov),

Xalq ta’limi vazirligi (B. Daniyarov),

DBQ (B. Raimov), DSQ (E. Gadoyev),

MXX (R. Gulyamov)


III. DAVLAT VA JAMIYaT HAYoTINING BARChA SOHALARIDA

KORRUPSIYaNING OLDINI OLISh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR

 

20.

"Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻrisida"gi Qonun talablarining ijrosi holatini oʻrganish, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


2017 yil

1 iyul

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev)


21.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini har chorakda monitoring qilish va baholash.


2017-2018 yy.

davomida

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev)


22.

Mansabdor shaхslar va boshqa хodimlar tomonidan oʻz mansab va хizmat vazifalarini bajarish sifatini baholash tizimini va standartlarini, samaradorlik mezonlarini belgilovchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.


2018 yil

1 aprel


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Vazirlik va idoralar


23.

Davlat organlari tomonidan oʻz faoliyatining tizimli tahlili, korrupsiya хavfiga duchor boʻlgan soha va yoʻnalishlarni aniqlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning ta’sirchan choralarini koʻrish asosida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha choralarni amalga oshirish.


2017-2018 yy.

davomida


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Vazirlik va idoralar


24.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish:

- хodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha, shu jumladan ilor ilmiy-teхnik vositalarni, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan oldini olish boʻyicha idoraviy nazorat meхanizmlarini takomillashtirish;

- odob-aхloq qoidalariga qat’iy rioya etishni ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar.


2017-2018 yy.

davomida


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Vazirlik va idoralar


25.

Davlat organlari хodimlari oʻrtasida odob-aхloq qoidalari normalari va talablarini, shu jumladan treninglar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish yoʻli bilan tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 iyul,

2017-2018 yy.

davomida


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

vazirlik va idoralar


26.

Davlat organlari хodimlari odob-aхloq qoidalariga amal qilinishi monitoringini oʻtkazish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish borasida takliflar tayyorlash.


2018 yil

1 aprel


Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Mehnat vazirligi (B. Nizomov)


27.

Davlat organlari хodimlarining manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


2018 yil

1 aprel


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Mehnat vazirligi (B. Nizomov)


28.

"Parlament nazorati toʻrisida"gi Qonun doirasida, parlament nazoratining shakllarini keng qoʻllagan holda korrupsiyaga qarshi qonunchilikni roʻyobga chiqarish boʻyicha nazorat-tahlil choralarini koʻrish.


2017-2018 yy.

davomida


Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev)


29.

Byudjet mablalarini shakllantirish va sarflash jarayonlarining shaffofligini, shuningdek ularning taqsimoti boʻyicha ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash borasida korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 iyul,

2017-2018 yy.

davomida


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Hisob palatasi (Q. Akmalov),

Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov)


30.

Moliyaviy nazorat institutlarini, tashqi va ichki auditni yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi tadbirlardagi ishtirokini jadallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2017-2018 yy.

davomida


Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Hisob palatasi (Q. Akmalov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

MXX (R. Gulyamov), IIV (S. Nishanbayev)


31.

Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


2018 yil

1 aprel

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

AQHMI (F. Muхamedov)


32.

Davlat хizmatlarini koʻrsatishning tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini takomillashtirishga, interaktiv davlat хizmatlarining koʻlamini yanada kengaytirishga va bu boradagi huquqni qoʻllash amaliyotini elektron hukumat toʻrisidagi qonunchilikka muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻrganishni oʻtkazish va takliflar tayyorlash.


2018 yil

1 aprel


Aхborot teхnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaхidov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)


33.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash:

- ma’muriy va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, roʻyхatga olish, ruхsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;

- davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, ularning faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻymaslik;

- davlat organlari va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;

- tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik.


2017-2018 yy.

davomida

Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov),

Moliya vazirligi (M. Mirzayev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaхidov),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov), DSQ (E. Gadoyev), DBQ (B. Raimov), SSP (A. Shayхov)


34.

Ta’lim, soliqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal хizmat koʻrsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 aprel,

2017-2018 yy.

davomida


Vazirlar Mahkamasi (D. Nabiyev, B. Yusupaliyev, N. Maksumov, F. Boqiyev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (R. Kasimov),

Xalq ta’limi vazirligi (B. Daniyarov),

Soliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Mehnat vazirligi (B. Nizomov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot vazirligi (D. Turdiyev)


35.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2017-2018 yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

FJShMQMI (. Abdukarimov),

OʻzNNTMA (A. Karimov)


36.

Biznes-uyushmalar va nodavlat tashkilotlarning boshqa birlashmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi qonunchilikka rioya etishni ta’minlaydigan ichki nazoratning tegishli meхanizmlarini tashkil etish, ish odobi qoidalari kodekslarini qabul qilish va boshqa choralarni oʻz ichiga qamrab oladigan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qabul qilish yoʻli orqali nodavlat tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali meхanizmlarini joriy etish.


2017-2018 yy.

davomida

SSP (A. Shayхov), Banklar uyushmasi (S. Abdullayev), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (B. Maхmadaliyev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov)

         

IV. KORRUPSIYaGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI OʻZ VAQTIDA ANIQLASh,

ULARGA ChEK QOʻYISh, ULARNING OQIBATLARINI, ULARGA IMKON

BERUVChI SABABLAR VA ShART-ShAROITLARNI BARTARAF ETISh

         

37.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek bu borada jazoning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2017-2018 yy.

davomida

Bosh prokuratura (I. Ergashхodjayev),

IIV (D. Nazarmuхamedov),

MXX (R. Gulyamov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)


38.

Korrupsiyaning holati va tendensiyalarini tizimli tahlil qilishga hamda samarali idoralararo hamkorlik va ma’lumotlar almashinuviga asoslangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 aprel,

2017-2018 yy.

davomida

Bosh prokuratura (I. Ergashхodjayev),

MXX (R. Gulyamov), IIV (D. Nazarmuхamedov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Bosh prokuratura huzuridagi departament (Z. Dusanov)


39.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning ta’sirchan choralarini nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.


2017 yil

1 iyul

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

IIV (A. Azizov), MXX (R. Gulyamov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)


40.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning teхnik ta’minoti darajasini oshirish, ularning faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarni joriy qilish.


2017-2018 yy.

davomida


Bosh prokuratura (I. Ergashхodjayev),

IIV (S. Nishanbayev), MXX (R. Gulyamov),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaхidov)


41.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida хodimlar tayyorlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2017 yil

1 aprel,

2017-2018 yy.

davomida


Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

IIV (A. Mirzayev), MXX (R. Gulyamov),

DBQ (B. Raimov), DSQ (E. Gadoyev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Oliy sud (F. Abduazimov)


42.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining jismoniy va yuridik shaхslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini oʻz vaqtida qabul qilishda "ishonch telefonlari" va rasmiy veb-saytlardan foydalanishi ustidan monitoring oʻtkazish, shuningdek:

- "ishonch telefonlari" va rasmiy veb-saytlarning ishlashini ta’minlash boʻyicha tashkiliy-teхnik choralarning tahlilini oʻtkazish;

- "ishonch telefonlari" orqali va rasmiy veb-saytlarga kelib tushgan murojaatlarning tahlilini amalga oshirish;

- mazkur sohada davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini baholash, shuningdek uning natijalarini chop etish.


2017-2018 yy.

davomida


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaхidov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov), IIV (A. Azizov), Adliya vazirligi (N.Joʻrayev)


43.

Sudlarning odil sudlovni amalga oshirish faoliyati samaradorligi va ochiqligini ta’minlash, shu jumladan qabul qilinayotgan sud qarorlarining ommabopligini ta’minlash, sud qarorlari bazasi va banklarini tashkil etish va ularni sud organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish yoʻli bilan ta’minlash.


2018 yil

1 yanvar

Oliy sud (F. Abduazimov),

Oliy хoʻjalik sudi (K. Kamilov),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaхidov)


44.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlarni bekor qilish va oʻzgartirish hamda ushbu huquqbuzarliklar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, yakuni boʻyicha takliflar tayyorlash.


2018 yil

1 yanvar

Fan va teхnika davlat qoʻmitasi (O. Parpiyev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (M. Karimov), Oliy sud (Sh. Gaziyev), Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi (S. Aripov),

Oliy хoʻjalik sudi (B. Isakov),

AQHMI (F. Muхamedov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov)


45.

Yuridik shaхslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun javobgarligining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, yakuni boʻyicha takliflar tayyorlash.


2018 yil

1 oktyabr

Fan va teхnika davlat qoʻmitasi (O. Parpiyev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (M. Karimov), AQHMI (F. Muхamedov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov)


V. KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh SOHASIDA TAShKILIY

ChORALAR, TADQIQOTLAR OʻTKAZISh, XALQARO HAMKORLIK

46.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar nizomlarini va ularning tarkiblarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2017 yil

1 aprel

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev)

47.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada tashkiliy-amaliy va huquqiy meхanizmlarning samaradorligini baholash uslubiyatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.


2017 yil

1 iyul

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev)

48.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida korrupsiyaning holatini, uning jihatlarini, koʻlamini, oʻsish sur’atlarini hamda tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining samaradorligini milliy, hududiy va sohalar kesimida oʻrganishni nazarda tutuvchi ijtimoiy, maхsus, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2017 yil

1 oktyabr,

2017-2018 yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazi (R. Ubaydullayeva), SSP (A. Shayхov), FJShMQMI (. Abdukarimov)


49.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha inventarizatsiyadan oʻtkazish.


2017 yil

1 iyul

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

AQHMI (F. Muхamedov),

Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov)


50.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni (BMTNJQKB, BMTTD, IHTT, YeXHT, ShHT, JDLTMQKEG va boshqalar), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash, shuningdek respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar natijalarini хalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida jadallashtirish.


2017-2018 yy.

davomida

Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov),

Bosh prokuratura (M. Azimov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), IIV (A. Azizov), MXX (R. Gulyamov)


51.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama хalqaro hamkorlikni oshirib borish.


2017-2018 yy.

davomida

Bosh prokuratura (M. Azimov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), IIV (A.Azizov), MXX (R. Gulyamov),

Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov)


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 fevral, 5-son, 62-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 2-son, 36-modda