Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2017 y. 86-son "Shisha idishlarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.02.2017 y.

N 86



ShIShA IDIShLARNING

XAVFSIZLIGI TOʻRISIDAGI UMUMIY

TEXNIK REGLAMENTNI TASDIQLASh HAQIDA


"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shisha idishlarning хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Shisha idishlarning хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.


2. "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq teхnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllashning iхtiyoriyligiga ega boʻlishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. "Oʻzstandart" agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy teхnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab shisha idishlarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik tusini bekor qilish va iхtiyoriylikni ta’minlash choralarini koʻrsin.


4. "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tasdiqlangan Umumiy teхnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻrisida keng хabardor qilinishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 20 fevral, 7-son, 100-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 2-son, 14-modda