Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2003 y. 515-son "Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.11.2003 y.

N 515



TARKIBIDA QIMMATBAHO METALLAR VA

QIMMATBAHO TOShLAR BOʻLGAN IKKILAMChI

RESURSLAR VA ChIQITLARNI TAYYoRLASh HAMDA

QAYTA IShLASh FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasining tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 2004 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritiladi.


3. Vazirlar Mahkamasining tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi 2004 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda Komissiya toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ.Sultonov





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 17 noyabrdagi

515 - son qaroriga

2-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining tarkibida qimmatbaho

metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi

resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta

ishlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

TARKIBI

Nurmurotov M.B.

- Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Komissiya raisi


lavozimiga koʻra

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining bosh direktori


lavozimiga koʻra


- Geologiya, yoqili-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari aхborot-tahlil departamentining shoʻ’ba mudiri


Abdullayev I.B.

- Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari


Najimov N.E.

- Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


Voznenko A.N.

- "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari


Jumagaldiyev M.R.

- Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari


Ivanov O.A.

- "Maхsusqotishma" respublika tashkiloti rahbarining birinchi oʻrinbosari


Majitov Sh.X.

- "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi bosh muhandisi - bosh menejeri


lavozimiga koʻra

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rahbari


Hasanov S.S.

- Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

Sanaqulov Q.S.

- "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatining teхnik direktori


Salimov R.R.

- "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi raisining oʻrinbosari


Tolstov Ye.A.

- "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh muhandisi

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtganda Komissiya tarkibiga ularning lavozimlariga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 11, 121-modda.