Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 28.02.2017 y. 42-mh-son "Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 28.02.2017 y. 2864-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.02.2017 y.

N 2864




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

28.02.2017 y.

N 42-mh


BUYRUI



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash

va ozod qilish masalalarini adliya organlari

bilan kelishish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-sonli "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014 yil 28 fevraldagi 50-mh-son "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2562, 2014 yil 28 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 9-son, 100-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


4. Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                               M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 mart, 9-son, 140-modda