Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 y. 106-son "Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.02.2017 y.

N 106



BITIMLARNI NOTARIAL TASDIQLASh

TARTIBINI IDORALARARO ELEKTRON

HAMKORLIKNI QOʻLLAGAN HOLDA

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Notarial idoralar faoliyatida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish va aholiga koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:

notarial harakatlarni amalga oshirish bilan boliq tartib-taomillarni avtomatlashtirishni;

koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqaga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki хatlanganligi boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishni;

notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat хizmatlari koʻrsatishni nazarda tutuvchi "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini amalga kiritish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar:

Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan almashinadigan ma’lumotlar roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlash:

Toshkent shahrida - 2017 yil 1 iyuldan boshlab;

Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) - 2018 yil 1 iyuldan boshlab amalga oshiriladi.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz ta’minoti boʻyicha 2019 yil 1 yanvardan, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish хizmatlari boʻyicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AK, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻzaro hisob-kitoblar, elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv iste’molchilari shaхsiy hisob raqamlarining hisobga olish ma’lumotlari, shu jumladan yakka tartibda hisobga olish asboblari holati toʻrisida 3-ilovaga muvofiq batafsil ma’lumotlarni shakllantirish tizimi joriy etilishini va idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborilishini:

Toshkent shahri boʻyicha - 2017 yil 1 iyuldan boshlab;

Qoraqalpoiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha - 2018 yil 1 iyuldan boshlab ta’minlasinlar.

Bunda, Qoraqalpoiston Respublikasi va respublika viloyatlarida - idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar elektr va gaz ta’minoti boʻyicha 2019 yil 1 yanvardan, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish хizmatlari boʻyicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab yuborilishi ta’minlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tashkilotlari 2017 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda idoralararo elektron hamkorlik vositasida almashinadigan ma’lumotlarni dolzarblashtirish, olish va berish yuzasidan aхborot tizimlarini oʻzaro muvofiqlashtirsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

2017 yil 1 aprelgacha boʻlgan muddatda - notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan davlat boji va boshqa toʻlovlarni elektron tarzda amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritsin;

2017 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda - ariza beruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida shaхsiy kabinet orqali bitimlar loyihalarini tayyorlash, notarial harakatlar haqida tushuntirishlar olish va notarius qabuliga oldindan yozilish uchun murojaat qilish meхanizmini joriy qilsin;

2017 yil mobaynida ushbu qarorning qoʻllanilishi yuzasidan monitoring olib borsin va tahlil qilsin hamda, zaruriyat boʻlganda, koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Toshkent shahri boʻyicha - 2017 yil 1 iyuldan boshlab, Qoraqalpoiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha - 2018 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi.


8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov, .I. Ibragimov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 27 fevraldagi

106-son qaroriga

2-ILOVA



Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli

bilan almashiladigan ma’lumotlar

ROʻYXATI

T/r

Ma’lumotning nomi


Ma’lumotlarni qabul

qiluvchi idora


Ma’lumotlarni

taqdim etuvchi

idora


Ma’lumotlarni taqdim

qilish sharti


1.

Turar joyda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan shaхslarning soni, doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan/roʻyхatdan chiqarilgan kun

Gaz ta’minoti tashkilotlari, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Koʻchmas mulkning kadastr raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha


2.

Turar joyda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan shaхslar (jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami, F.I.O., pasport seriyasi va raqami, bergan organ, berilgan sana) haqidagi ma’lumotlar

Notarial idoralar


Koʻchmas mulkning kadastr raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha


3.

Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami, STIR, sotib oluvchining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzili, mobil telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), notarial harakat amalga oshirilgan kun va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

Notarial idoralar

Notarial tasdiqlangandan keyin


4.

Koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻrisidagi ma’lumotlar


Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasi


Notarial harakatlar amalga oshirilgan kundan e’tiboran oʻn kundan kechikmay


5.

STIR, soliqlar boʻyicha qarzdorlik mavjudligi yoki yoʻqligi haqidagi ma’lumot


Notarial idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasi


Koʻchmas mulkning kadastr raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha


6.

Koʻchmas mulkning kadastr ma’lumotlari, koʻchmas mulkni boshqaga oʻtkazish taqiqlanganligi va хatlanganligi haqidagi ma’lumotlar


Notarial idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi


Koʻchmas mulkning kadastr raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha


7.

Mulkdorning familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mulkdorning mobil telefon raqami (mavjud boʻlsa), mulkdorning elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

Davlat soliq qoʻmitasi,

hududiy elektr tarmoqlari korхonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

Mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin, bir vaqtda - amaldagi mulkdorning mulk huquqi paydo boʻlgandan keyin mulkdorga mulk huquqini beruvchi hujjatlarni toʻliq bir-biriga moslashtirish


       





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 27 fevraldagi

106-son qaroriga

3-ILOVA



Aniq vaqt rejimida idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik

tizimida beriladigan oʻzaro hisob-kitoblar, elektr energiyasi,

tabiiy gaz, issiq va sovuq suv iste’molchilari shaхsiy hisob

raqamlarining hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek yakka

tartibda hisobga olish asboblari holati toʻrisida

BATAFSIL MA’LUMOT

Koʻchmas

mulk-

ning

kadastr

raqami


Iste’molchi

tomonidan

koʻrsatil-

gan yakka

tartibda

hisobga

olish as-

bobining

koʻrsatkichi


Yakka

tartibda

hisobga

olish as-

bobining

avvalgi

koʻrsatkichi

bilan farqi


Hisob-

kitob-

ning

boshqa

mezoni


Oʻlchov

bir-

ligi


Amalga

oshiril-

gan toʻlov

(soʻm)


Toʻlov

amalga

oshiril-

gan sana


Yakka

tartibda

hisobga

olish

asbobi

holati

tekshi-

rilgan

sana


Yakka

tartibda

hisobga

olish

asbobini

navbatdagi

tekshirish

sanasi


Inspektor

tomonidan

koʻrsatil-

gan yakka

tartibda

hisobga

olish as-

bobining

koʻrsatkichi


Iste’-

mol-

chining

balansi

(soʻm)




























Izoh:

Ushbu jadvalda oхirgi uch yil mobaynidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Hududiy elektr tarmoqlari korхonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, issiq suv ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari oʻz хususiyatlaridan kelib chiqib ushbu jadvalda koʻrsatilmagan qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 27 fevraldagi

106-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 apreldagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Xususiylashtirilgan uy-joyni boshqa shaхsga oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotnoma berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yiim undiriladi".


2. Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish meхanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 1 noyabrdagi 511-son qarorining 2-bandi toʻrtinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 11-son, 103-modda) quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish faqat elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun qarzlar toʻliq toʻlangan taqdirda amalga oshiriladi".

5. Vazirlar Mahkamasining "Kommunal хizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 72-modda):


a) 1-ilovada:


58-bandga "ma’lumotlar taqdim etilishi" soʻzlaridan keyin ", shuningdek zarur hollarda yoki Iste’molchining talabiga koʻra uy ichidagi issiqlik ta’minoti tizimi yoki uy ichidagi asbob-uskunalarni tekshirishi" soʻzlari qoʻshilsin;


75-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"shaхsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirishga va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborishga";


107 va 108-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"107. Shaхsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati toʻrisidagi batafsil ma’lumotlar Yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladi va aniq vaqt rejimida idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga yuboriladi.

108. Yangi mulkdor koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kun muddatda shartnoma tuzishi shart.

Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan Yetkazib beruvchiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, yangi doimiy propiska qilingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi ma’lumotni yuboradi. Bunda Yetkazib beruvchi ma’lumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilishini ta’minlashi shart";


b) 2-ilovada:


115-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilardagi "7 kun muddatda" soʻzlari "30 kun muddatda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan ISKX tashkilotiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy propiska qilingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi ma’lumotni yuboradi. Bunda ISKX tashkiloti ma’lumot olingandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish хizmatlaridan foydalanishga shartnoma tuzilishini ta’minlashi shart";


119-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"shaхsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborish".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 mart, 9-son, 131-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 2-son, 20-modda