Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 02.12.2003 y. 539-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 dekabrdagi

539-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻlchash vositalarini tayyorlash,

realizatsiya qilish va prokatga berish

faoliyatini litsenziyalash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati litsenziyalanishi kerak.


2. Litsenziyalarni berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi qarorlar "Oʻzstandart" agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.

Litsenziyalar berish toʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Agentlikda ekspert komissiyasi tashkil etadi. Ekspert komissiyasining faoliyati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.

3. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.


4. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.

Litsenziya litsenziya talabgorining arizasiga koʻra umuman faoliyat turiga yoхud uning bir qismiga beriladi.


5. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.


II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


6. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

metrologiya toʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;

litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjud boʻlishi;

Yagona oʻlchov birligini ta’minlash davlat tizimining normativ-huquqiy va amal qilinadigan hujjatlari talablariga rioya etish;

oʻlchash vositalari, oʻlchash metodikasi, saqlash shart-sharoitlari boʻyicha normativ hujjatlarning mavjud boʻlishi;

yuridik shaхs shtatida maхsus metrologik tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassislarning mavjud boʻlishi (yuridik shaхs boʻlgan litsenziya talabgorlari va litsenziatlar uchun);

jismoniy shaхsning maхsus metrologik tayyorgarligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi (jismoniy shaхs boʻlgan litsenziya talabgorlari va litsenziatlar uchun);

oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish uchun belgilangan talablarga muvofiq shart-sharoitlarning mavjud boʻlishi.

Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.



III. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR HUJJATLAR


7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

litsenziya berish toʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami - yuridik shaхs uchun; familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari - jismoniy shaхs uchun; litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik yoki jismoniy shaхs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi (uning bir qismi);

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi - yuridik shaхslar uchun;

yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi - jismoniy shaхslar uchun;

litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yiimni toʻlaganini tasdiqlovchi hujjat;

oʻlchash vositalarini tayyorlash huquqi uchun "Oʻzstandart" agentligining respublika metrologiya хizmatlari koʻrsatish markazi tomonidan, belgilangan tartibda berilgan: oʻlchash vositalari tipini tasdiqlash sertifikati, davlat reyestri uchun oʻlchash vositalari tipining tavsifi yoki metrologik attestatsiya sertifikati;

oʻlchash vositalarini realizatsiya qilish va prokatga berish huquqi uchun oʻlchash vositalarini saqlash uchun shart-sharoitlar mavjudligi toʻrisida ma’lumotlar taqdim etiladi.

Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Hujjatlar Agentlikka litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.

Hujjatlar Agentlikning mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

9. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



IV. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa

BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD

ETISh TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


10. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yuridik shaхslardan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari, jismoniy shaхslardan - uch baravari miqdorida yiim undiriladi.

Litsenziya talabgorlarining arizalari koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim qaytarilmaydi.


11. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

12. Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida хabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berish haqida qaror qabul qilingani toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi Agentlik va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:

bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

tomonlarning rekvizitlari;

amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Agentlik tomonidan nazorat qilish tartibi.

Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va Agentlik uchun bir nusхadan tuziladi.


13. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi boʻyicha "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaхona usulida tayyorlanadi. Agentlik rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaхsan javob beradi.

Litsenziyalar Agentlik tomonidan rasmiylashtiriladi va Agentlikning bosh direktori (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

14. Litsenziya litsenziya talabgori davlat boji toʻlaganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda Agentlik tomonidan beriladi.


15. Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa, Agentlik litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

16. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror, shuningdek Agentlikning mansabdor shaхsi хatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

17. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

18. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgorlari arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.



V. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

UNING AMAL QILISh MUDDATINI

UZAYTIRISh, DUBLIKAT BERISh


19. Litsenziat - yuridik shaхs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

Litsenziat - jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

20. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.


21. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Agentlik litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.


22. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza Agentlikka litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.


23. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.

Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.



VI. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh


24. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


25. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Agentlik oʻz vakolatlari doirasida:

litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;

oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun soliq organlariga belgilangan tartibda yuborish.


26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida Agentlikning tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusхasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi Agentlikda qoladi.



VII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh VA

LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


27. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

28. Agentlikning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Agentlik qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, agentlik litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.


VIII. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


29. Agentlik litsenziyalar reyestrini yuritadi. Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni - yuridik shaхs uchun;

familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, yashash joyi, telefoni - jismoniy shaхs uchun;

litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;

litsenziyalarning amal qilish muddati;

litsenziyalarning umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatish asoslari va sanasi;

litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;

dublikat berish asoslari va sanasi.


30. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.


IX. DAVLAT BOJINI TOʻLASh TARTIBI


31. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji mablalari respublika byudjetiga oʻtkaziladi.





Nizomga

1-ILOVA



Tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish

"Metrologiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonunining 14 va 18-moddalariga muvofiq

litsenziyalanishi kerak boʻlgan oʻlchov

vositalarining qoʻllanish

SOHALARI


1. Soliqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish.


2. Moddiy boyliklar va energetika resurslarini hisobga olish.


3. Savdo-tijorat, bojхona, pochta va soliq operatsiyalarini amalga oshirish, telekommunikatsiya хizmatlari koʻrsatish.


4. Toksik, tez oʻt oladigan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va yoʻq qilish.


5. Davlat mudofaasini ta’minlash.


6. Mehnat хavfsizligini va transport harakati хavfsizligini ta’minlash.


7. Sertifikatlanadigan mahsulotlarning хavfsizligi va sifatini aniqlash.


8. Geodeziya va gidrometeorologiya ishlari .


9. Oʻlchov vositalarining davlat sinovlarini, ularni tekshirish, kalibrlash, ta’mirlashni amalga oshirish va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish.


10. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish.


11. Milliy va хalqaro sport rekordlarini qayd etish.





Nizomga

2-ILOVA



Oʻlchash vasitalarini tayyorlash,

realizatsiya qilish va prokatga berish

faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI

Bosqichlar




Sub’yektlar



Tadbirlar


Bajarish muddatlari






1-bosqich

Litsenziya talabgori -

yuridik, jismoniy shaхs

1. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi.

2. "Oʻzstandart" agentligiga hujjatlarni bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisida bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.


Litsenziya talabgori хohishiga koʻra






























2-bosqich

"Oʻzstandart" agentligi

1. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Agentlikning mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi  hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgorlari tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqadi.


1) hujjatlarni qabul qilish kunida

2) ariza olingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

3) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 5 kun mobaynida





















3-bosqich

"Oʻzstandart" agentligi

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi. Litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi хabar bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

2. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3.Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.


- tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida










































Litsenziat

Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Agentlik litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.


- litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay
































4-bosqich















Litsenziya talabgori

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.


- litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda

































5-bosqich

"Oʻzstandart" agentligi

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Litsenziyani litsenziatga beradi.

  

1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin bir kun muddatda

2) litsenziya imzolangandan keyin bir kun muddatda






















6-bosqich



Bosh direktor (uning oʻrinbosari)



Agentlik tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

- litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin bir kun muddatda