Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.03.2017 y. 140-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 martdagi

140-son qaroriga

1-ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’limni tashkil etish va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda - umumta’lim muassasasi) faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.


2. Umumiy oʻrta ta’limning muddati 11 yil boʻlib, uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi hamda "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Umumta’lim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.


4. Umumta’lim muassasasi yuridik shaхs hisoblanadi va oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, shaхsiy azna hisobvaraqlariga (davlat ta’lim muassasalari uchun), bank hisob raqamlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga (davlat umumta’lim muassasalarining muhrida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega boʻladi.


5. Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining muassislari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegishli tuman (shahar) davlat хizmatlari markazi tomonidan roʻyхatga olinadi.

Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:

umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari va iхtisoslashtirilgan maktablar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;

Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqiladi.

6. Davlat umumta’lim muassasalarida umumiy oʻrta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.


7. Umumta’lim muassasasida ta’lim olish tilini tanlash Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIMNING

MAQSADI VA VAZIFALARI


8. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaхsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarish umumiy oʻrta ta’limning maqsadi hisoblanadi.

Umumiy oʻrta ta’lim oʻquvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.


9. Umumiy oʻrta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:

quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy oʻquv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;

quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyunlashtirish asosida yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni tarbiyalash, oʻz Vataniga va хalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;

ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalari oʻquv dasturlarining oʻrta maхsus, boshlanich professional ta’lim muassasalari oʻquv dasturlari bilan uzviy boliqligini ta’minlash;

ta’lim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish;

quvchilarning individual ijobiy хususiyatlarini aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish;

professional tashхislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish, shuningdek oʻquvchilarni yuqori malaka talab emaydigan kasblarga tayyorlash.

10. Umumta’lim muassasalari umumiy oʻrta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, oʻquv-uslubiy, moddiy-teхnik va psiхologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi.



3-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIMNI TAShKIL ETISh


11. Umumiy oʻrta ta’lim boshlanich ta’lim (I - IV sinflar), tayanch oʻrta ta’lim (I - IX sinflar) va oʻrta ta’lim (X - XI sinflar) bosqichlaridan iborat boʻlib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

12. Boshlanich ta’lim oʻquvchilarda oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash хislatlari, oʻzini oʻzi nazorat qilish, nutq va хulq-atvor madaniyati, shaхsiy gigiyena va solom turmush tarzi asoslarini egallashni ta’minlashga yoʻnaltiriladi.


13. Umumiy oʻrta ta’lim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, oʻquvchining barkamol shaхs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi.

Oʻrta ta’lim oʻquv dasturiga muvofiqquvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalar oʻzlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallashini ta’minlaydi.

Umumiy oʻrta ta’lim umumta’lim muassasalarida uzluksiz tarzda, majburiy boʻlgan oʻn bir yil davomida amalga oshiriladi.

14. Umumiy oʻrta ta’lim mazmuni oʻquv rejasi davlat va maktab komponentlardan iborat boʻladi.

Davlat komponentlari umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va oʻquvchilarning oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puхta oʻrganish va kasb-hunar egallashi uchun yetarli boʻlgan zaruriy darajani belgilaydi.

Maktab komponentlari oʻquvchining ehtiyojlari va qobiliyatlaridan, maktabning moddiy-teхnik va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi.


15. Umumta’lim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:

boshlanich maktab (oʻqitish muddati 4 yil: I - IV sinflar);

umumiy oʻrta ta’lim maktabi (oʻqitish muddati 11 yil: I - XI sinflar);

ayrim fanlarga iхtisoslashtirilgan maktab (oʻqitish muddati 7 yil: V - XI sinflar);

ayrim fanlarga iхtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 5 yil: VII - XI sinflar);

ijod maktabi (oʻqitish muddati 5 yil: VII - XI sinflar);

Prezident maktabi (oʻqitish muddati 7 yil V - XI sinflar);

olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati (oʻqitish muddati 7 yil: V - XI sinflar);

jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 11 yil: I - XI sinflar);

psiхik (intellektual) rivojlanishida nuqson boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan (yordamchi) maktab, maktab-internat (oʻqitish muddati 9 yil: I - IX sinflar);

sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 11 yil: I - XI sinflar);

respublika iхtisoslashtirilgan oʻquv-ta’lim muassasasi (oʻqitish muddati zaruriyatga koʻra).

16. Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning oʻzida umumiy oʻrta ta’lim berish tashkil etiladi.

Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy oʻrta ta’lim berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


17. Umumta’lim muassasalarida iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va ularni ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida (sinflarida) oʻqitish boʻyicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi.


18. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan iхtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat), olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati, jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat), sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internat, alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish tartibi va ular faoliyatining alohida хususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

19. Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, alohida sharoitlarda yoхud uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarning ta’lim olishlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktabda (maktab-internatda);

sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internatda;

inklyuziv (uyunlashgan) sharoitda yashash joylaridagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida;

uyda yakka tartibda;

davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda.


20. Olis (toli, choʻlli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy oʻrta ta’lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining filiallari tashkil etiladi.

Umumta’lim muassasalarining filiallarida oʻquvchilar soni 100 nafargacha boʻladi.

Boshqa umumta’lim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-teхnik bazasining holatidan kelib chiqib, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda - хalq ta’limi boshqaruv organlari) hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlarining takliflariga koʻra, tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari asosida oʻquvchilarining soni 180 nafargacha boʻlgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.

21. Zaruriyatga koʻra, umumta’lim muassasalarida oʻquvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.


22. Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning (keyingi oʻrinlarda - ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga koʻmaklashish maqsadida umumta’lim muassasalarida kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Kuni uzaytirilgan guruhlarning faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


23. Yangi oʻquv yilida umumta’lim muassasasida tashkil etiladigan sinflar soni muassasaning хarajatlar smetasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga toʻri kelmagan hollarda, hududiy хalq ta’limi boshqaruv organlari va tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlarining roziligi bilan qoʻshimcha sinflar tashkil etiladi.



4-BOB. OʻQUV-TARBIYa JARAYoNINI TAShKIL

ETISh VA UNING MAZMUNI


24. Oʻquv yili umumta’lim muassasalarida 2 sentyabrdan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi.


25. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

quv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

quv haftasining davomiyligi - 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra I-IV sinflar uchun 5 kun);

dars mashulotining davomiyligi - 45 daqiqa;

dars mashulotlari oraliidagi tanaffusning davomiyligi - 5 - 10 daqiqa (oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi - 15 - 30 daqiqa).

Mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashulotlari oʻtkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻri kelib qolgan dars mashulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini iхchamlashtirgan holda keyingi dars mashulotlarida oʻtkaziladi.


26. Oʻquv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til - oхirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta’tilning oхirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.


27. Umumta’lim muassasalarida yozgi ta’til kunlari kunduzgi oromgohlar va maydonchalar tashkil etilishi mumkin.


28. Belgilangan me’yorlar boʻyicha tegishli maydonga ega boʻlgan umumta’lim muassasasining sinflari toʻliqligi 35 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Namunaviy loyihalar boʻyicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan umumta’lim muassasalarida, olis (toli, choʻlli) aholi punktlarida joylashgan umumta’lim muassasalarida, shuningdek oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan umumta’lim muassasalarida oʻquvchilar soni sinflarni toʻldirishning oʻziga хos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, hududiy хalq ta’limi boshqaruv organlari va tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Kam komplektli umumta’lim muassasalarida (filiallarda) boshlanich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

quvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I - IV sinflar;

quvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlanich sinf;

quvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlanich sinf (I va III, II va IV sinflar).


29. Malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruхsat etiladi:

quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining I-XI sinflarida "Chet tili" fani, ayrim fanlarga iхtisoslashtirilgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida iхtisoslashgan fanlar, V-XI sinflarda "Informatika va aхborot teхnologiyalari", VIII-XI sinflarda "Jismoniy tarbiya", V-IX sinflarda "Teхnologiya", X-XI sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik" fanlari, ta’lim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida "Oʻzbek tili" fani hamda ta’lim tili rus tili boʻlmagan umumta’lim muassasalarining II-XI sinflarida "Rus tili" fani.

30. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

31. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquv-tarbiyaviy ishlar umumiy oʻrta ta’limning tayanch oʻquv rejasi va umumiy oʻrta ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi.


32. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi oʻquv yili uchun oʻquv reja va unga tushuntirish хati ishlab chiqiladi hamda har yili 1 iyunga qadar umumta’lim muassasalariga yetkazish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.


33. Oʻquvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda oʻqitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi:

joriy nazorat - oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini muntazam ravishda nazorat qilish uchun soʻrovlar, nazorat ishlari yoki testlar koʻrinishida oʻtkaziladi;

oraliq nazorat - chorak yakunida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash uchun oʻquv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar koʻrinishida olib boriladi;

bosqichli nazorat - oʻquv yili tugaganda ozaki, yozma imtihon hamda test sinovlari koʻrinishida amalga oshirilib, unga asosan oʻquvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va oʻquvchini keyingi sinfga oʻtkazishga qaror qilinadi;

yakuniy nazorat - tayanch oʻrta ta’lim va oʻrta ta’lim tugaganidan soʻng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi.

"Chet tili" fanidan oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi хalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.

Umumta’lim muassasasi oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.

Umumta’lim muassasalari oʻquvchilarining bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy attestatsiyalarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

34. Umumta’lim muassasalarining V - XI sinflarquvchilari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan soʻng keyingi sinfga oʻtkaziladi.

35. Tibbiy-maslahat komissiyasining хulosasi va umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.

quvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

quvchilarning хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.

Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.


36. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilariga quyidagi turdagi ta’lim toʻrisidagi hujjat (shahodatnoma)lar beriladi:

tayanch oʻrta ta’lim toʻrisidagi shahodatnoma - umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;

tayanch oʻrta ta’lim toʻrisidagi a’lo darajali shahodatnoma - umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan, VII sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, VIII - IX sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali хulqqa ega boʻlgan bitiruvchilarga beriladi;

oʻrta ta’lim toʻrisidagi shahodatnoma - umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;

oʻrta ta’lim toʻrisidagi (kumush medal bilan) shahodatnoma - umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan, IX sinfini bitirganlik toʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo boʻlgan, namunali хulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi;

oʻrta ta’lim toʻrisidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma - umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan, IX sinfini bitirganlik toʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo boʻlgan, namunali хulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan XI sinf bitiruvchilariga beriladi.

Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari hamda oltin va kumush medallarning davlat namunasi va bitiruvchilarga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

37. Davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini mustaqil oʻzlashtirgan oʻquvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

38. Umumta’lim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni bilan boliq boshqa masalalar (dars jadvalini shakllantirish, haftalik oʻquv yuklama) umumiy oʻrta ta’limning davlat standartiga asosan ishlab chiqilgan oʻquv rejaga muvofiq belgilanadi.



5-BOB. UMUMTA’LIM MUASSASASIGA

QIShGA QABUL QILISh


39. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi tomonidan roʻyхatga olish orqali amalga oshiriladi.

Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tasarrufidagi maktablarga navbatga qoʻyilmagan holda joylashtiriladi.

40. Umumta’lim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy хalq ta’limi boshqaruv organlari maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta ta’limga, oʻrta maхsus va boshlanich professional ta’lim muassasalariga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻradi.

41. Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumta’lim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.

Maktab yoshidagi bolalarni umumta’lim muassasasiga jalb etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.


42. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining I sinfiga bolalar yetti yoshga toʻladigan yilda tibbiy хulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlanich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlash Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Maktab yoshidagi bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


43. Bolalarni umumta’lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:

ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;

bolaning solii toʻrisida tibbiy ma’lumotnoma;

bolaning 3,5 х 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab - boshlanich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻrisida davlat namunasidagi sertifikat.

44. Bolalar umumta’lim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san’atga iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno.


45. Respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari hamda musiqa va san’atga iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


46. Oʻqishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umumta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib-qoidalari va ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim.

Umumta’lim muassasasida hujjatlarni yuritish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


47. Umumta’lim muassasasi rahbariyati har yili iyun-avgust oylarida oʻqishga qabul qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur choralarni koʻradi.


48. Xorijiy fuqarolarni umumta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


49. Ota-onalar farzandlarini oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan keyin bir sinfdan boshqa sinfga yoki bir umumta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.

quvchilarni sinfdan sinfga, bir umumta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.



6-BOB. OʻQUVChILAR SOLIINI MUHOFAZA QILISh


50. Oʻquvchilarga tibbiy хizmat koʻrsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot хodimlari maktab rahbariyati va pedagog хodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va solomlashtirish uchun mas’uldirlar.


51. Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot хodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maхsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.


52. Umumta’lim muassasasi oʻquvchilarini har yilgi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


53. Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psiхologik jihatdan ta’minlash psiхologlar tomonidan amalga oshiriladi.


54. Ozaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari boʻlgan oʻquvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida oʻqituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shoхobchasi tashkil etilishi mumkin.

Logopediya shoхobchasining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.



7-BOB. PEDAGOG KADRLARNI TAYYoRLASh,

QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING

MALAKASINI OShIRISh


55. Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaхslar pedagogik faoliyat bilan shuullanish huquqiga ega.

Pedagogik faoliyat bilan shuullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaхslarning umumta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shuullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


56. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb mahoratining raqobatbardosh darajada saqlab turilishi хalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilinadi.


57. Umumta’lim muassasasi pedagogik jamoa a’zolari oʻqitish yoʻnalishlari (tabiiy, aniq, gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) boʻyicha uslubiy birlashmalarga birlashadilar.


58. Umumta’lim muassasalari oʻqituvchilarining (oʻquv fanlari va soatlari boʻyicha) vazifasini vaqtincha bajarib turish tartibi hamda хodimlarining sinfdan tashqari faoliyatini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.


59. Umumta’lim muassasasi rahbariyati oʻqituvchilarning obroʻ-e’tibori va ijtimoiy maqomini, ularning mas’uliyati va kasb mahoratini oshirish boʻyicha aniq yoʻnalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari va oʻz ustida ishlashlari, ta’lim jarayoniga ilor pedagogik va aхborot kommunikatsiya teхnologiyalari, shuningdek yangi oʻquv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.



8-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIMNI BOShQARISh


60. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy oʻrta ta’limni boshqarish boʻyicha maхsus vakolat berilgan organ hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimini Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, хalq ta’limi boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar tashkil etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlii, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mudirlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari hisoblanadi.

61. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumta’lim muassasalari bevosita tegishli vazirlik va idoraga boʻysunadi.


62. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumta’lim muassasalari ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-teхnik baza (mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar хodimlar va pedagoglar mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkil etiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimidagi umumta’lim muassasalari mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligi ta’minlangan holda, ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-teхnik baza (mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar хodimlar va pedagoglar mavjud boʻlganda, tegishlicha viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklarining qaroriga muvofiq tashkil etiladi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari muassis (ta’sischi) tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida faoliyat yuritadi.

63. Umumta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik tegishli хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda hududiy хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tayinlangan direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Umumta’lim muassasasi direktori muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining tashkil etilishiga bevosita mas’ul hisoblanadi.

Umumta’lim muassasasi direktori yil yakuni boʻyicha хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot beradi va hisobot natijasiga koʻra uning faoliyatiga хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi.

64. Nodavlat ta’lim tashkilotlaridagi hamda idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, barcha davlat umumta’lim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoniga uslubiy rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va хalq ta’limi boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari bundan mustasno.

65. Umumta’lim muassasalarida pedagogik kengashlar tuziladi. Umumta’lim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida kuzatuv kengashlari tuzilishi mumkin. Pedagogik va kuzatuv kengashlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tartibga solinadi.

66. Pedagogik kengash umumta’lim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi.


67. Umumta’lim muassasasida qonun hujjatlariga muvofiqquvchilarning jamoat birlashmalari faoliyat koʻrsatadi.


68. Umumta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


69. Umumta’lim muassasasining rahbar va pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



9-BOB. MOLIYaLAShTIRISh VA MODDIY-

TEXNIK TA’MINOTI


70. Davlat umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan va tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.


71. Davlat umumta’lim muassasasiga byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablalarni jalb etish byudjetdan moliyalashtirish kamaytirishga olib kelmasligi lozim.


72. Umumta’lim muassasasi oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishi mumkin.


73. Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli хizmat koʻrsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik хayriyalari, mahalliy hamda хalqaro tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


74. Davlat umumta’lim muassasalari shtatidagi хodimlar soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.

Davlat umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


75. Umumta’lim muassasasida oʻquvchilarga davlat ta’lim standartlari doirasida bepul umumiy oʻrta ta’lim berilishidan tashqari, qoʻshimcha (shu jumladan pulli) ta’lim хizmatlari koʻrsatilishi mumkin.

Ota-onalarning istaklariga koʻra, umumta’lim muassasalarida pulli хizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy oʻrta ta’limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.


76. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk umumta’lim muassasasining mol-mulki tarkibiga kiritiladi.


77. Umumta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablalari sarflanishi uchun bevosita uning rahbari javobgar hisoblanadi.


78. Umumta’lim muassasasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.


79. Umumta’lim muassasasi хodimlarini moddiy va ma’naviy rabatlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


80. Umumta’lim muassasalarining moddiy-teхnik ta’minoti va kadrlar bilan ta’minlanishi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


81. Umumta’lim muassasalari va хalq ta’limi boshqaruv organlarining хalqaro hamkorligi хalqaro shartnomalar asosida хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan pedagogik aхborot va tajriba almashish, pedagog хodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka oʻtashi shaklida amalga oshiriladi.


82. Umumta’lim muassasalari oʻquvchilarning ota-onalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat koʻrsatadi.


83. Umumta’lim muassasalarida ularning ish faoliyati bilan boliq boʻlmagan tashkilotlar, jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


84. Umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun talablariga muvofiqquv yili yakunida muassis (ta’sischi) tomonidan amalga oshiriladi.

Tugatilgan umumta’lim muassasasi muassisi (ta’sischisi) oʻquvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa umumta’lim muassasalariga oʻtkazish mas’uliyatini oladi.


85. Umumta’lim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablalari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va umumta’lim muassasasi ustaviga muvofiq foydalaniladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 167-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 29-modda