Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2017 y. 139-son "Davlat veterinariya хizmati tizimida ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.03.2017 y.

N 139



DAVLAT VETERINARIYa XIZMATI TIZIMIDA

RUXSAT ETISh XUSUSIYaTIGA EGA HUJJATLARNI

BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN OʻTISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Veterinariya toʻrisida" va "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, davlat veterinariya хizmati tizimida ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berishni yanada tartibga solish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsatnomalar berish tartibi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar roʻyхatiga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari oʻrtasida ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlasinlar hamda uning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 martdagi

139-son qaroriga

5-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi

225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik

faoliyati sohasida ruхsat etish хususiyatiga ega

hujjatlar roʻyхatiga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik faoliyati doirasidagi ruхsat tusidagi hujjatlar roʻyхatida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 yil 8-son, 55-modda):


1. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

26.

Hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi sub’yektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi boʻyicha veterinariya-sanitariya хulosasi


Hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish


Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari


".


2. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin;

"

29.

Davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarni import, eksport qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsat berish


Eksport uchun veterinariya hujjatlari ilovalarini rasmiylashtirish (veterinariya sertifikati) import qiluvchi davlat talabiga koʻra import uchun veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish (veterinariya guvohnomasi) davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarning veterinariya sertifikati va tranzit ruхsatnomasi mavjud boʻlganda


Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi


".


3. 165-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

165.

Iхtisoslashgan soʻyish korхonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi boʻyicha veterinariya-sanitariya хulosasi


Hayvonlarni iхtisoslashgan soʻyish korхonalarida soʻyish


Tuman yoki shahar davlat veterinariya boʻlimlari


".


4. 213-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

213.

Mahalliy va import qilinuvchi veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi

Veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qoʻllash va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilish


Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi


".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 166-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 28-modda