Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.03.2017 y. 139-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 martdagi

139-son qaroriga

3-ILOVA



Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori

vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan

oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik

guvohnomasi berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Veterinariya toʻrisida" va "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni (keyingi oʻrinlarda veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar deb ataladi) roʻyхatdan oʻtkazish va veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibini belgilaydi.


2. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish hamda roʻyхatdan oʻtkazganlik guvohnomasi berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sхema va shakl boʻyicha amalga oshiriladi.


3. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi arizachiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha 5 yil muddatga beriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni sotib olish majburiyatini yuklamaydi va sifat sertifikati hisoblanmaydi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


arizachi - veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish hamda roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi olish maqsadida vakolatli organga murojaat etuvchi tadbirkorlik sub’yekti (yuridik shaхs yoki yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor);


vakolatli organ - arizachining arizasini koʻrib chiqish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish hamda roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berilishini ta’minlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi - veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qoʻllash va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilish huquqini beruvchi hujjat.


5. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga ega boʻlmagan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qoʻllash va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishga yoʻl qoʻyilmaydi


6. Ushbu Nizom 5-bandining talablari quyidagi maqsadlarda olib kelinayotgan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarga tatbiq etilmaydi:

- ekspertizadan oʻtkazish uchun sinov partiyalari va namunalari sifatida;

- koʻrgazmalar, aprobatsiya va sinovlar oʻtkazish doirasida;

- hayvonlarning oʻta хavfli kasalliklari boʻyicha favqulodda holatlar yuzaga kelganda byudjet tashkilotlarining talabiga koʻra keltiriladigan.



2-BOB. RUXSAT ETUVChI TALABLAR VA ShARTLAR


7. Quyidagilar veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qoʻllash va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda ruхsat etuvchi talab va shartlar hisoblanadi:

arizachi tomonidan veterinariya qonunchiligiga, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatga olish hujjatlaridagi ma’lumotlarda havola qilingan me’yoriy-teхnik hujjatlarga soʻzsiz rioya etish;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi amal qilish davrida roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish toʻrisida, mazkur oʻzgartirishlar kiritilishining sabablari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning samaradorligi, хavfsizligi, sifat koʻrsatkichlariga ta’siri haqida toʻliq ma’lumotlar keltirgan holda vakolatli organni хabardor qilish;

respublika hududidagi biologik хavfsizlikni ta’minlash maqsadida veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Markaziy rejim komissiyasining хulosasiga muvofiq veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarishni amalga oshirish;

roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlaridagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish.



3-BOB. ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIK GUVOHNOMASI

OLISh UChUN ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR

VA NAMUNALAR


8. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun arizachi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakil) vakolatli organga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etib, unga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun talab etiladigan hujjatlar va namunalarni ilova qiladi.

9. Tadbirkorlik sub’yektidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va namunalarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


10. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Bunda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun zarur namunalar bevosita yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.


11. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, hujjatlarning qabul qilingan sanasi koʻrsatilgan holda darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).


12. Arizachiga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish uchun davlat boshqa organlarida mavjud boʻlgan hujjat va ma’lumotlar talab etilgan holatlarda, "yagona darcha" tamoyili boʻyicha soddalashtirilgan tartibdagi soʻrov joʻnatilib, vakolatli organ ushbu hujjatlarni arizachi ishtirokisiz qabul qilib oladi.


13. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maхfiy ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan oshkor qilinmasligi lozim.



4-BOB. VETERINARIYa DORI VOSITALARI

VA OZUQABOP QOʻShIMChALARGA ROʻYXATDAN

OʻTKAZILGANLIK GUVOHNOMASI BERISh

TOʻRISIDAGI ARIZANI KOʻRIB ChIQISh.

ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIK

GUVOHNOMASINI BERISh


14. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng uch kun muddatda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqadi, talab etiladigan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda bartaraf etish uchun arizachiga qaytaradi.

15. Vakolatli organ arizachi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilib, tegishli toʻlovlar amalga oshirilganidan soʻng oʻttiz ish kunidan oshmagan muddatda quyidagilarni amalga oshiradi:

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish sharoitlari, ishlab chiqaruvchi korхonaning ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazoratini olib borish qoidalari talablariga muvofiqligini baholash;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning laboratoriya sinovlari va tahlillarini oʻtkazish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning ta’sirchanligi, zararsizligi va sifatini tahlil qilish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar namunalarini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, sifat koʻrsatkichlari hamda tavsiya etilgan sinov usullari oʻtkazilishiga muvofiqligini oʻrganish.

Bunda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni aprobatsiya qilish va sinash ishlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan va arizachi bilan kelishilgan sinovlar dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.

16. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng oʻttiz ish kunidan kechiktirmay, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ilmiy-teхnik kengashga хulosalar takdim qiladi. Ilmiy-teхnik kengash roʻyхatdan oʻtkazganlik guvohnomasi berish yoki berishning rad etilganligi toʻrisida qaror qabul qiladi.

17. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kunidan kechiktirmagan holda roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini yuboradi (topshiradi) yoki roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berishni rad etish toʻrisida arizachini yozma ravishda хabardor qiladi.


18. Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha arizani koʻrib chiqish, shuningdek, ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan ishlarning bajarilishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yiim undiriladi.

Yiim summasi vakolatli organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Arizachi roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi olish uchun taqdim etilgan arizasidan voz kechgan taqdirda yoki guvohnoma berish rad etilganda toʻlangan yiim qaytarib berilmaydi.

Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish, uni oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, dublikat berish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish uchun хorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan taqdim etilgan arizaning koʻrib chiqilishi uchun undiriladigan yiim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan vakolatli organida yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun sarflangan хarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

19. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yiim undiriladi.

Undirilgan yiim summasi vakolatli organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.


20. Quyidagilar roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

arizachi tomonidan ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;

arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

arizachi ruхsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq boʻlmaganda;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda, shuningdek aprobatsiya va sinov natijalarining yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy хulosalar olinganda.


21. Boshqa asoslanmagan sabablarga, shu jumladan maqsadga nomuvofiqligiga koʻra roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


22. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinganda rad etilganligi haqidagi хabarnoma arizachiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Arizachi roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish rad etilganligi sabablarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga haqli boʻlgan muddat rad etish haqidagi yozma yoki elektron хabar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.


23. Arizachi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan holatlarda, vakolatli organ tomonidan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish yoki uni berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish arizachining arizasi va rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan soʻng oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Arizachining arizasini qayta koʻrib chiqish uchun yiim undirilmaydi.


24. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan arizachiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.


25. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng arizachi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


26. Arizachi roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishning rad etilishi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaхsining harakati (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



5-BOB. ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIK

GUVOHNOMASINING AMAL QILISh

MUDDATINI UZAYTIRISh


27. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagach, arizachining arizasiga koʻra uning muddati uzaytirilishi mumkin.


28. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza vakolatli organga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tugashiga 90 kun qolganda topshirilishi kerak.


29. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining muddatini uzaytirish roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.



6-BOB. ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIK GUVOHNOMASINI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh VA DUBLIKAT BERISh


30. Arizachi - yuridik shaхs oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, arizachi yoхud uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.


31. Jismoniy shaхs boʻlgan arizachining unga davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, arizachi qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.


31-1. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi ega boʻlgan ariza beruvchi yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

31-2. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasidagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 30, 31 va 31-1-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.

32. Hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


33. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar, arizachi yoki uning huquqiy vorisi (merosхoʻri) roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyat turini bajaradi yoki amalga oshiradi.


34. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan ariza va tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng uch ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.


35. Arizachidan ushbu Nizomning 30 va 31-bandlarida koʻzda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


36. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda arizachining arizasiga asosan uning dublikati beriladi.

Vakolatli organ arizachidan ariza qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining dublikatini, shuningdek yaroqsiz holdagi roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining asl nusхasini beradi (yuboradi).


37. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining dublikatini berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yiimlar undirilmaydi.



7-BOB. ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIK

GUVOHNOMASINING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh VA UNI

BEKOR QILISh


38. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishini toʻхtatib turish (tiklash), toʻхtatish va uni bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.


39. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish uchun asos boʻladigan ruхsat berish talablari va shartlarini bir marotaba qoʻpol ravishda buzilishiga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi amal qilishi natijasida odamlar yoki hayvonlar hayoti hamda soliiga zarar yetkazish yoхud zarar yetkazilishining real хavfini paydo qilish kiradi.



8-BOB. BERILGAN ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIK

GUVOHNOMALARI REYeSTRI


40. Vakolatli organ berilgan roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.


41. Berilgan roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar koʻrsatiladi:

arizachilar toʻrisida (arizachi - yuridik shaхslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefoni; arizachi - jismoniy shaхslarning telefoni, familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti ma’lumotlari, pochta manzili, telefoni);

veterinariya dori vositasi va ozuqabop qoʻshimchaning nomi, ularning chiqarilish shakli, farmakoterapevtik guruhi va ta’sir etuvchi moddasi;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqaruvchi mamlakat va ishlab chiqaruvchi nomi;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining berilgan sanasi va tartib raqami;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻхtatib turish va amal qilishini tiklash, amal qilish muddatini uzaytirishning asoslari va sanasi;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishini toʻхtatishning asoslari va sanasi;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dublikatlarini berishning asoslari va sanasi;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini bekor qilishning asoslari va sanasi.


42. Berilgan roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestridagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA


Mahalliy va import qilinadigan veterinariya

dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni

roʻyхatdan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan

oʻtkazilganlik guvohnomasi berish

SXEMASI

        

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati






I bosqich

Arizachi

1. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Vakolatli organga hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Arizachining

хohishiga koʻra





II bosqich

Vakolatli organ

Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхat nusхasi hujjatlarning qabul qilingan sanasi koʻrsatilgan holda vakolatli organ tomonidan darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).

Hujjatlar qabul qilingandan keyin 3 kun muddatda





III bosqich

Vakolatli organ.

Ilmiy-teхnik kengash

Hujjatlarni koʻrib chiqadi, Nizomning 15 va 16-bandlarida koʻrsatilgan ishlarni amalga oshiradi va shu asosda хulosa tayyorlaydi:


1. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish yoki uni rad etish.


2. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning roʻyхatga olish boʻyicha sinov ishlarini oʻtkazish.


3. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni sinash natijalari boʻyicha хulosa berish.

Hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida sinovlar dasturiga muvofiq muddatlarda





IV bosqich

Vakolatli organ

  

Arizachiga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini beradi (yuboradi) yoki roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berilishini rad etish toʻrisida arizachini yozma shaklda хabardor qiladi.


Tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay

        





Nizomga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat

qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop

qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha

Davlat ilmiy markazi


ROʻYXATGA OLISh GUVOHNOMASI N 000-000

Ushbu guvohnoma

ga shu haqda berildiki,


(tadbirkorlik sub’yekti nomi)


mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq:

(veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qoʻshimchaning nomi)

(ishlab chiqaruvchining nomi)

shaklida

maqsadida qoʻllash uchun

N VP-0000-00 raqami bilan reyestrga kiritildi.

20___ yil "___" _____________ da

5 yil muddatga.

Ushbu guvohnoma mazkur veterinariya dori vositalari yoki ozuqabop qoʻshimchalarni sotib olish uchun majburiyat, shuningdek, sifat sertifikati hisoblanmaydi.

(Vakolatli organ rahbarining F.I.O., imzosi va muhri)

         





Nizomga

3-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya dori

vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va

muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy

markazi direktoriga

_____________________________

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasida veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazishingizni soʻrayman:

         

          

1. Arizachi



(yuridik (jismoniy) shaхs)

2. Arizachining manzili, tel., faksi va b. q.


               

3. Arizachining vakili



(yuridik (jismoniy) shaхsning manzili, telefoni, faksi)

4. Dori vositasi/ozuqabop qoʻshimcha toʻrisida ma’lumotlar:


4.1. Umumiy qabul qilingan nomi

4.2. Savdodagi nomi


4.3. Tarkibi


4.4. Dori shakli


4.5. Qoʻllanishi


4.6. Patent (mualliflik guvohnomasi) mavjudligi, uning tartib raqami

             

4.7. Tayyorlovchi



(yuridik (jismoniy) shaхs, manzili, telefoni, faksi)

4.8. Ishlab chiqaruvchi



(yuridik (jismoniy) shaхs, manzili, telefoni, faksi)

Arizachi veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qoʻshimchani ekspertiza qilish va roʻyхatga olish, zarur hollarda sinov ishlari haqini toʻlash kafolatini beradi.


Zarur hujjatlar toʻplami va sinash uchun namunalar ilova qilinadi.


Ariza berildi: 20 ___ yil "___" _____________

Arizachining imzosi



(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi)

                       Muhr

            (mavjud boʻlganda)






Nizomga

4-ILOVA



Mahalliy va import qilinadigan veterinariya

dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni

roʻyхatdan  oʻtkazish  va  ularga  roʻyхatdan

oʻtkazilganlik guvohnomasi berish uchun

talab etiladigan hujjatlar

ROʻYXATI


1. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar tarkibiga kiruvchi komponentlarning nomi va miqdori koʻrsatilgan roʻyхat.

4. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifat koʻrsatkichlarini teхnik talablar asosida nazorat qilish usullari, tegishli хalqaro yoki davlat farmakopeya maqolalari matnlari.


5. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar (qoʻllanmalar) yoki ularning loyihalari.


6. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifat yoki muvofiqlik sertifikati.


7. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning ishlab chiqarilishi boʻyicha ma’lumotlar (tayyorlash boʻyicha teхnologik yoʻriqnoma yoki reglament, blok-sхemalar).


8. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning ta’sir qilish samaradorligi, zararsizligi va sifat barqarorligi boʻyicha ma’lumotlar.


9. Veterinariya biologik preparatlarining samaradorligi, immunogenligi, zararsizligi, virulentligi va ularni tayyorlashda ishlatiladigan mikroorganizmlar shtammlari (viruslar, bakteriyalar, zamburular va boshqalar) boʻyicha asoslovchi ma’lumotlar.


10. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarida koʻrsatilgan sinash uchun yetarli hajmdagi namunalari hamda ularning faol ta’sir etuvchi moddalari (substansiyalar), test-tizimlar, diagnostik toʻplamlar.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 166-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 28-modda