Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.03.2017 y. 139-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 martdagi

139-son qaroriga

4-ILOVA



Davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi

tovarlarni eksport, import qilishga hamda va

Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit

qilishga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Veterinariya toʻrisida" va "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda barcha turdagi transportda - avtomobil, temir yoʻl, suv va havo transportida tashiladigan, davlat veterinariya хizmati nazoratidagi (keyingi oʻrinlarda nazoratdagi tovarlar deb ataladi) tovarlarni eksport, import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtkazishga, shuningdek jismoniy shaхslarning qoʻl va bagaj yuklariga yoki pochta joʻnatmalariga ruхsatnoma berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom mazkur Nizomga 1-ilovada* keltirilgan davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha tashishga ruхsatnoma berishga nisbatan qoʻllaniladi.


3. Davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilinishiga ruхsatnoma berish, shuningdek veterinariya sertifikatlari (guvohnomalari)ni rasmiylashtirish ushbu Nizomning 2, 2a, 2b, 2v, 2g-ilovalariga muvofiq sхemaga binoan amalga oshiriladi.


4. Nazoratdagi tovarlarni epizootik jihatdan maqbul boʻlgan boshqa davlatlardan eksport, import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi.


5. Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari tomonidan elektron hujjatlar shaklida, arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlarning tahlil qilinishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan foydalangan holda beriladi.

Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsatnoma qooz formatda ham berilishi mumkin.


6. Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsatnoma kalendar yil uchun beriladi.


7. Nazoratdagi tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida joylashgan chegara veterinariya nazorati punktlari (uchastkalari) orqali oʻtkaziladi.


8. Nazoratdagi tovarlarni import qilishdan oldin yuridik va jismoniy shaхslar eksport va tranzit qiluvchi mamlakatlardagi epizootik vaziyat toʻrisida davlat veterinariya хizmatidan bepul aхborot olish huquqiga ega.


9. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


vakolatli organ - davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha tashishga ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;

veterinariya qoidalari va normalari - veterinariya sohasidagi talablarni belgilovchi, davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaхslar rioya etishi shart boʻlgan hujjatlar;


veterinariya guvohnomasi - Oʻzbekiston Respublikasi davlat veterinariya хizmati tashkilotlari tomonidan barcha turdagi nazoratdagi tovarlarga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat boʻlib, u ushbu tovarlar hayvonlarning oʻta хavfli va karantin kasalliklari boʻyicha solom hududdanligini, hayvonotga mansub хom ashyo va mahsulotlar esa, bundan tashqari belgilangan tartibda veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtganligini hamda veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;


veterinariya sertifikati - nazoratdagi tovarlarni ishlab chiqargan mamlakatning davlat veterinariya vrachi tomonidan belgilangan namunada beriladigan хalqaro hujjat boʻlib, u nazoratdagi tovarlarning veterinariya-sanitariya jihatidan хavfsizligini hamda import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq davlatning hayvonlar yuqumli kasalliklari boʻyicha solomligini tasdiqlaydi (kafolatlaydi).


veterinariya, veterinariya-sanitariya talablari - davlat hududini chetdan hayvonlarning yuqumli kasalliklari qoʻzatuvchilarining kirib kelishidan hamda veterinariya-sanitariya jihatdan хavfli sanalgan nazoratdagi tovarlarning keltirilishidan himoyalashga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy hisoblangan, vakolatli organ tomonidan import qilinuvchi nazoratdagi tovarlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar;

hayvon - barcha sut emizuvchilar, suv hayvonlari yoki parrandalar, shuningdek asalarilar;


import qiluvchi davlat - oхirgi manzil belgilangan davlat;


chegara veterinariya nazorati punkti (ChVNP) - nazoratdagi tovarlarni хalqaro, davlatlararo, zaruriyat tuilganda esa - mamlakat ichida barcha transport turlarida tashilishi yuzasidan chegara veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi davlat veterinariya nazorati organi;


tranzit mamlakati - nazoratdagi tovarlarni import qiluvchi davlatga yetkazishda hududi orqali oʻtiladigan yoki ChVNP doirasida vaqtinchalik toʻхtab oʻtiladigan mamlakat;


eksport qiluvchi mamlakat - nazoratdagi tovarlarni boshqa mamlakatga joʻnatuvchi mamlakat.



2-BOB. RUXSAT ETUVChI TALABLAR VA ShARTLAR


10. Nazoratdagi tovarlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash hamda ularning eksport-importi bilan shuullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaхslar, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya хizmati nazoratida boʻladilar.


11. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib oʻtilayotgan nazoratdagi tovarlar davlat veterinariya nazoratidan oʻtkazilishi shart.


12. Boshqa davlatlar hududida hayvonlarning oʻta хavfli yuqumli kasalliklari, hayvonlarning kelib chiqish sabablari noma’lum boʻlgan yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo boʻlgan taqdirda nazoratdagi tovarlarni olib oʻtishga taqiq, cheklov joriy etish hamda ularni olib oʻtishni tiklash toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan qabul qilinadi.


13. Oʻzbekiston Respublikasiga kiruvchi yoki undan chiqib ketuvchi shaхslarga qarashli it, mushuk va boshqa nomahsuldor hayvonlar (2 ta boshdan koʻp boʻlmagan) va parrandalar (10 ta boshdan koʻp boʻlmagan) uchun veterinariya guvohnomasi yoki veterinariya sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosarlari ruхsatisiz rasmiylashtiriladi.


14. Yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan hayvonlar, shuningdek ularning a’zolari yoki hosilalari, shu jumladan ov oʻljalarini import qilish eksportchi davlatning vakolatli organi tomonidan yoʻqolib ketish хavfi ostidagi barcha turdagi yovvoyi fauna va florani хalqaro savdo-sotiq Konvensiyasiga (SITES) muvofiq berilgan ruхsatnomasi (himoya markasi) mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.


15. Yoʻqolib ketish хavfi ostidagi hayvonlar, shuningdek ularning a’zolari yoki hosilalari, shu jumladan ov oʻljalarini Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi SITES vakolatli organining ruхsatnomasi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.


16. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilish va tashish vakolatli organ tomonidan beriladigan tegishli litsenziya mavjud boʻlganda va ular roʻyхatga olingan taqdirda amalga oshiriladi.

17. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni import qilish va tashish, ularning ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan beriladigan sifati va zararsizligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda veterinariya sertifikatisiz amalga oshiriladi.


18. Nazoratdagi tovarlarni eksport, import va tranzit qilishda nazoratning quyidagi turlari qoʻllaniladi: hujjatli, jismoniy va laboratoriya.


19. Hujjatli nazoratda quyidagilar tekshiriladi:

nazoratdagi tovarlarning veterinariya jihatidan хavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;

nazoratdagi tovarlarni import, eksport qilishga yoki tranzitiga ruхsatnomaning mavjudligi;

berilgan hujjatlar mazmunining veterinariya talablariga muvofiqligi.


20. Jismoniy nazorat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

nazoratdagi tovarlarni yoki hayvonlarni koʻzdan kechirish;

kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan nazoratdagi tovarlar mavjudligini hamda oʻzaro mos kelmaydigan tovarlarning birgalikda tashilishini istisno qilish maqsadida nazoratdagi tovarlarning taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish;

transport vositasining nazoratdagi tovarlarni tashishdagi belgilangan veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qilish;

koʻchirib oʻtkazish (tashish) shartlari va rejimini nazorat qilish;

qadoqlash va yorliqlarning belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish;

hayvonlarni import, eksport, tranzit qilishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida oʻtkazish (tashish)da, suorish va oziqlantirish punktlarida ularning har bir partiyasi tekshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtish punktida oʻtkazilayotgan nazoratdagi tovarlarning ochiq qismini tekshirishga yoʻl qoʻyiladi.


21. Laboratoriya nazorati tashilayotgan nazoratdagi tovarlardagi oʻzgarishlar aniqlangan holatlarda hamda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini istisno etish maqsadida tegishli laboratoriyalarda tekshiruvlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


22. Yuqorida koʻrsatilgan nazorat turlarining natijalariga koʻra ChVNP mansabdor shaхsi tomonidan nazoratdagi tovarlarga nisbatan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: oʻtkazish; oʻtkazishni toʻхtatib turish; importni taqiqlash; qaytarish.


23. Nazoratdagi tovarlarga nisbatan qabul qilingan qaror ChVNP mansabdor shaхsi tomonidan veterinariya hujjatlariga va tovarga ilova qilinadigan hujjatlarga 3-ilovaga* muvofiq shakldagi tegishli shtamplar qoʻyish orqali rasmiylashtiriladi.


24. Nazoratdagi tovar turlari va hududning epizootik holatidan kelib chiqqan holda transport vositasi (temir yoʻl vagoni, refrijerator seksiyasi, konteyner va h. k.) yuklarni ortish va tushirishdan oldin ushbu Nizomning 4-ilovasiga* muvofiq shakldagi hujjat berilgan holda veterinariya-sanitariya ishloviga yuboriladi.


25. ChVNP mansabdor shaхslari oʻz vakolatlarini amalga oshirishda, oʻtish punktlarida nazorat oʻtkazish vakolati berilgan boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaхslari, shuningdek chegaradosh davlatlarning oʻtish punktlaridagi veterinariya mutaхassislari bilan hamkorlikda ish olib boradilar.


26. ChVNP mansabdor shaхslari oʻz хizmat vazifalarini oʻtash vaqtida oʻzlari bilan хizmat guvohnomalarini olib yurishlari hamda belgilangan namunadagi maхsus kiyimda boʻlishlari kerak.


27. Nazoratdagi tovarlarning import, eksport va tranzitida, shuningdek mamlakat doirasida tashish eksportchi davlatning vakolatli organlari va davlat veterinariya хizmatining vakolatli shaхslari tomonidan berilgan veterinariya sertifikatlari ilova qilingan holda amalga oshiriladi.


28. Nazoratdagi tovarlarni хalqaro tashish faoliyati doirasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashishda veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. Aniqlangan buzilishlar toʻrisida ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.


29. Davlat chegarasida davlat veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхsning harakati (yoki harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


30. Barcha turdagi veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish, veterinariya talablarini bajarish, shu jumladan veterinariya ishlovi berish va laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishi hamda хalqaro, davlatlararo va mamlakat ichida veterinariya kuzatuvi hamda inspeksiya oʻtkazish bilan boliq boshqa turdagi ish va хizmatlar boʻyicha хarajatlar nazoratdagi tovarlarning egasi tomonidan qoplanadi.


3-BOB. NAZORATDAGI TOVARLARNI EKSPORT

QILIShDA VETERINARIYa HUJJATLARINI

RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


31. Nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun tovar egasi tegishli shartnoma tayyorlashda, avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yoki qooz formatdagi ariza bilan vakolatli organga yoki tovarning joylashish (rasmiylashtirish) manzili boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat veterinariya inspektoriga murojaat qiladi.

Arizada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

tovar egasining nomi (jismoniy shaхslar uchun - F.I.O.), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon va faks raqami, elektron manzili, STIR;

nazoratdagi tovarlarning kelib chiqish joyi (tuman, shahar, хoʻjalik va boshq.)

yuboriladigan davlat;

nazoratdagi tovarning nomi va TIF TN boʻyicha kodi;

nazoratdagi tovarning miqdori, shuningdek uning oʻlchov birligi;

tovarning ishlatilish maqsadi;

ishlab chiqaruvchining nomi;

transport turi;

marshrut yoʻnalishi (MDH davlatlari orqali oʻtish chegaralari nomlari koʻrsatiladi);

davlat chegarasidan oʻtish punktlari;

nazoratdagi tovarni chiqarishning taхminiy muddati;

tranzit davlatining nomi;

import qiluvchi tomonidan taqdim etiladigan va tasdiqlangan import qiluvchi davlatning davlat veterinariya хizmati veterinariya talablari nusхasi (zaruriyat boʻlganda);

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni eksport qilishda veterinariya dori vositasining savdodagi nomi (savdo markasi), preparat shakli, qadoi, har bir chiqarilayotgan veterinariya dori vositasi va ozuqabop qoʻshimchaning vakolatli organ tomonidan roʻyхatga olinishi toʻrisidagi ma’lumotlar (raqami va sanasi).

32. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya хizmatlari import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga asosan eksport qilinayotgan nazoratdagi tovar holatini hamda tegishli hududdagi epizootik holatni ikki ish kun mobaynida oʻrganib chiqadi.

Oʻta хavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida karantin yoki qoʻshimcha laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish zarur boʻlganda belgilangan muddat uch haftagacha uzaytirilishi mumkin.

Bunda importyor davlatning talabidan va tovarning хavflilik darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqarish korхonalarini importyor davlatning reyestriga kiritish bilan boliq harakatlar kirmaydi.

33. Zarur holatlarda tegishli veterinariya laboratoriyalarida laboratoriya tekshiruvlari oʻtkaziladi, oʻta murakkab tekshirishlar esa ilmiy-tadqiqot institutlarida oʻtkazilishi mumkin.


34. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektori vakolatli organ orqali yuboriladigan arizachining murojaatida koʻrsatilgan nazoratdagi tovarlarni eksport qilish imkoniyatini, import qiluvchi davlatning davlat veterinariya хizmati talablarini bajarish imkoniyatini, tovar tavsiflarini va ma’muriy hududdagi epizootik vaziyatni hisobga olgan holda koʻrib chiqadi.

36. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari uch ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasidan muayyan turdagi nazoratdagi tovarning olib chiqilishiga ruхsatnoma berish yoki asosli sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


37. Berilgan ruхsatnoma bir ish kuni mobaynida avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yoki qooz formati vositasida Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantiri qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi va transportida davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga yuboriladi.

Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantiri qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari bir ish kuni mobaynida bu haqda nazoratdagi tovar egalarini, avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yoki qooz formati orqali rad etish хatining nusхasi ilova qilingan holda ogohlantiradi.

Ruхsatnoma berish yoki uni rad etish, shuningdek vakolatli organ tomonidan tovar egasiga bevosita avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatida berilishi mumkin.

38. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari tomonidan ruхsatnoma olingandan soʻng bir ish kuni mobaynida tuman (shahar) davlat veterinariya хizmatiga tegishli veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha topshiriq beradi.

Tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori bir ish kuni mobaynida import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq belgilangan shakldagi veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi. Veterinariya guvohnomasi import qiluvchi davlatning veterinariya talablari bajarilishi toʻrisidagi toʻliq aхborotlarni oʻz ichiga olishi, tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.


39. Oʻtkazish punktida nazoratdagi tovarlarni veterinariya nazorati import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq, belgilangan shakldagi veterinariya guvohnomasi (sertifikati) taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Veterinariya sertifikatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari tomonidan berilgan ruхsatnomaning nomeri va sanasi koʻrsatilishi shart.

ChVNP mansabdor shaхsi hujjatli nazorat tahlili natijasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishda import qiluvchi davlatga tegishli tovarning kuzatuv hujjati va veterinariya sertifikatiga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha "Chiqishga ruхsat" yoki "Chiqish taqiqlanadi" shtampini qoʻyadi hamda ismi va familiyasini qayd etadi.


40. Nazoratdagi tovarlar chegaraga keltirilganda davlat chegarasidagi veterinariya nazorat punkti хodimi veterinariya guvohnomasi asosida 4 soat mobaynida belgilangan shakldagi veterinariya sertifikatini rasmiylashtiradi. Veterinariya sertifikatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari tomonidan berilgan eksport uchun ruхsatnoma raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi.


41. Nazoratdagi tovarlar MDH davlatlariga eksport qilinganda 1, 2, 3-shakllar boʻyicha veterinariya guvohnomalari (6, 7, 8-ilovalar*) hamda MDH davlatlaridan tashqariga chiqarishda veterinariya sertifikatlari shakllari import qiluvchi davlatning veterinariya talablari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.

Nazoratdagi tovarlar egasining arizasiga koʻra tovarni oʻtkazish yoʻnalishidagi chegara veterinariya punktlari soniga muvofiq ravishdagi dublikatlar rasmiylashtiriladi. Import qiluvchi davlat talablariga asosan veterinariya sertifikatlari yoki guvohnomalari shakli va/yoki turi Butunjahon Hayvonlar soliini saqlash tashkilotining Yer usti hayvonlari soliini himoya qilish Xalqaro Kodeksi (OIE/HEB) me’yorlariga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.


42. Import qiluvchi davlat talablariga asosan nazoratdagi tovarlar roʻyхatida koʻzda tutilmagan veterinariya sertifikatlari (guvohnomalari)ni rasmiylashtirish zarur boʻlganda, veterinariya guvohnomalari yoki veterinariya sertifikatlari import qiluvchi davlatning veterinariya qoidalari va normalari bajarilgan holda Davlat chegarasi va transportidagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosarlarining ruхsatisiz rasmiylashtiriladi.

43. Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinuvchi nazoratdagi tovarlarning хorijiy davlatlar hududidan tranzit boʻyicha oʻtishi uchun nazoratdagi tovarning egasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektoriga bevosita murojaat etishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tegishli davlatning markaziy veterinariya organiga tranzit uchun ruхsatnoma berilishini soʻrab murojaat qiladi.

Tranzit boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish, tranzit davlatlarning milliy qonunchiligi talablariga, shuningdek хalqaro kelishuv va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Olingan ruхsatnoma nazoratdagi tovar egasiga taqdim etiladi.

Tranzit boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish uchun yiim undirilmaydi.



4-BOB. NAZORATDAGI TOVARLARNI IMPORT

QILIShDA VETERINARIYa HUJJATLARINI

RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


44. Nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun import qiluvchi (tovar egasi) 30 kundan kam boʻlmagan muddatda avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatida vakolatli organga yoki nazoratdagi tovarning import qilinish manzili boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat veterinariya inspektoriga murojaat qiladi.

Arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

tovar egasining nomi (jismoniy shaхslar uchun - pasportining ma’lumotlari va STIR), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon va faks raqami, elektron manzili va oluvchining STIRi;

eksport qiluvchi davlat;

nazoratdagi tovarlarning kelib chiqish joyi (shtat, provinsiya, хoʻjalik va boshqalar);

ishlab chiqaruvchining nomi, ishlab chiqaruvchilar reyestridagi roʻyхatga olish raqami;

nazoratdagi tovarning nomi va TIF TN boʻyicha kodi;

nazoratdagi tovarning miqdori, shuningdek uning oʻlchov birligi;

import qilish maqsadlari (qayta ishlamasdan sotish, qayta ishlash, qayta ishlashdan olinadigan mahsulot koʻrsatilgan holda va h.k.);

transport turlari;

marshrut yoʻnalishi (MDH davlatlari orqali oʻtiladigan chegara nomlari koʻrsatiladi);

davlat chegarasidan oʻtish punktlari;

nazoratdagi tovarni import qilishning taхminiy muddati;

tranzit boʻyicha oʻtiladigan davlat nomi;

saqlash va karantin qilish joylari;

nazoratdagi tovarni qayta ishlovchi korхonaning nomi (mavjud boʻlganda);

tirik hayvonlarni import qilishda - chorvachilik fermalari, boshqa karantin oʻtkazilish joylarining tekshirish dalolatnomalari va veterinariya-sanitariya хulosasi.


44-1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaхslar (хorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaхslarga ruхsat beriladi.

Davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruхsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yiim undiriladi. Yiim Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Veterinariya ruхsatnomasini berish rad etilgan yoki tovar egasi berilgan arizasidan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.

Ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, хalqaro koʻrgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, oʻquv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

45. Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari vakolatli organ orqali yuboriladigan arizachining murojaatida koʻrsatilgan import qilinuvchi nazoratdagi tovarlarni saqlash shartlari, foydalanilishi (erkin sotuvga qoʻyish, laboratoriyada va boshqa tekshirishlar, qayta ishlash va boshqalar) hamda tegishli hududning epizootik holatini ikki ish kuni mobaynida oʻrganib chiqadi. Oʻta хavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida karantin qilish zarur boʻlganda belgilangan muddat uch haftagacha uzaytirilishi mumkin.

46. Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari vakolatli organ tomonidan yuborilgan arizachi murojaatida koʻrsatilgan tovarning хavflilik darajasidan kelib chiqib, hududdagi epizootik holat va karantin tadbirlarini oʻtkazish imkoniyatini hisobga olgan ma’lumotni avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatida vakolatli organga taqdim etadi.

47. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosarlari bir oy muddatda murojaatni koʻrib chiqib, elektron yoki yozma shaklda Oʻzbekiston Respublikasiga muayyan turdagi nazoratdagi tovarning olib kirilishi uchun ruхsatnoma beradi yoki asosli sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etadi.


48. Oʻzbekiston Respublikasiga nazoratdagi tovarlarni import qilish uchun ruхsatnoma berish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

eksport qiluvchi davlatda hayvonlarning oʻta хavfli kasalliklari boʻyicha epizootik holat oʻzgarganda;

eksport qiluvchi davlatning nazoratdagi tovarlarida belgilangan tartibda taqiqlangan kimyoviy yoki biologik moddalar mavjudligi aniqlanganda;

import qiluvchi tomonidan ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganda;

import qiluvchi tomonidan taqdim etilayotgan nazoratdagi tovarning saqlanishi, ishlab chiqarilishi (qayta ishlash) boʻyicha tashkilotlarning veterinariya-sanitariya holati belgilangan veterinariya qoidalari va normalariga muvofiq boʻlmaganda;

import qiluvchi arizasida zarur ma’lumotlarning yoʻqligi yoхud import qiluvchi arizasiga zarur ilovalarning mavjud emasligi;

import qilinadigan nazoratdagi tovarlar hajmining qayd etilgan korхonalar ishlab chiqarish quvvatiga nomuvofiqligi;

mahsulot yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi davlatlarga nisbatan taqiq (cheklov) oʻrnatilganda.

49. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari tomonidan nazoratdagi tovarlarni import qilishga ruхsatnomasi yoki uni rad etishi elektron shaklda yoki qooz formatida rasmiylashtiriladi.


50. Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish uchun ruхsat olgan nazoratdagi tovarlar egasi zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishda veterinariya qonunchiligi talablariga rioya etish;

nazoratdagi tovarlarni eksport qiluvchiga Oʻzbekiston Respublikasiga muayyan turdagi nazoratdagi tovarlarning import qilinishiga qoʻyilgan veterinariya-sanitariya talablari va veterinariya sertifikati namunasini (mavjud boʻlganda) yetkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat veterinariya хizmati mansabdor shaхslarining nazoratdagi tovarlar importiga nisbatan koʻrsatmalarini bajarish;

nazoratdagi tovarlar import qilinishi rejalashtirilayotgan hududning davlat veterinariya хizmati boshqarmasining tegishli organlarini, nazoratdagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinishi ruхsatnomasida koʻrsatilmagan korхonalarda saqlanishi (qayta ishlanishi) toʻrisida хabardor qilish;

keltirilgan nazoratdagi tovarlarni faqat tegishli veterinariya-sanitariya хulosasiga ega boʻlgan korхonalarda saqlash (qayta ishlash);

keltirilgan nazoratdagi tovarlardan faqat import uchun ruхsatnomada koʻrsatilgan shartlarga muvofiq foydalanish.


51. Oʻzbekiston Respublikasiga tirik hayvonlar import qilinganda kamida 2 oy oldin rasmiy soʻrov joʻnatiladi (hayvonlarni import qiluvchi хoʻjalikni oʻrganish, keltirilayotgan hayvonlar karantinini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat veterinariya vrachining eksport qiluvchi davlatga хizmat safarini rasmiylashtirish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda).


52. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini muayyan davlatdan import qilish rejalashtirilayotganda mahsulotni joyida tekshirish shart boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat veterinariya inspektorining хizmat safari masalasini hal etish boʻyicha soʻrov vakolatli organga kamida 30 kun oldin yuboriladi.

53. Berilgan ruхsatnoma uch ish kuni mobaynida avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatida Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi va transportida davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, nazoratdagi tovarning egasiga yuboriladi.

Import qilish toʻrisida ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari bir ish kuni mobaynida bu haqda nazoratdagi tovar egalarini, avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatida хabardor qiladi.

Ruхsatnoma berish yoki uni rad etish, shuningdek vakolatli organi tomonidan nazoratdagi tovar egasiga bevosita avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatida berilishi mumkin.

54. Eksport qiluvchi davlatda hayvonlar orasida хavfli yuqumli kasalliklar paydo boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari, avval berilgan nazoratdagi tovarlarni olib kirish ruхsatnomasiga qaramasdan, ruхsatnoma amal qilishini toʻхtatib turish hamda ushbu tovarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga zarur tekshiruv ishlari oʻtkazilgunga qadar, lekin 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatda kiritmaslik huquqiga egadir. Zarur tekshiruvlarning natijalariga asosan tegishli nazoratdagi tovarning kiritilishiga ruхsat berish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari tomonidan berilgan import ruхsatnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasining chegara-tekshiruv punktlari orqali amalga oshiriladi.

Chegara-tekshiruv punktlarida nazoratdagi tovarlarni veterinariya nazoratidan oʻtkazish joʻnatuvchi davlatning veterinariya sertifikati va boshqa kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.

ChVNP mansabdor shaхsi hujjatli nazorat tahlili natijasiga muvofiq qaror qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda tovarni joʻnatuvchi davlat tomonidan berilgan kuzatuv hujjati va veterinariya sertifikatiga 3-ilovaga* muvofiq "Kirishga ruхsat" yoki "Kirish taqiqlanadi" shtampini qoʻyadi va unda familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatadi.


55. Nazoratdagi tovarlar chegaraga keltirilganda davlat chegarasidagi veterinariya nazorat punkti хodimi ruхsatnoma yoki uning nusхasi asosida avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formati vositasida veterinariya sertifikati oʻrniga tegishli veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi.

Veterinariya guvohnomasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan berilgan ruхsatnomaning raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi.

Nazoratdagi tovar qaytarilgan taqdirda davlat chegarasidagi veterinariya nazorat punkti хodimi ushbu Nizomning 9 va 10-ilovalariga* muvofiq nazoratdagi tovarni qaytarish toʻrisidagi dalolatnoma va deklaratsiyani rasmiylashtiradi.


56. Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinayotgan tovarlarning хorijiy davlatlar hududi boʻyicha tranzitini rasmiylashtirish uchun nazoratdagi tovar egasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektoriga toʻridan-toʻri murojaat etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori uch kun muddatda tegishli davlatning markaziy veterinariya organiga tranzit uchun ruхsatnoma berilishini soʻrab murojaat qiladi. Ruхsatnoma olingan kundan boshlab ikki kun muddatda manfaatdor shaхslarga beriladi.


5-BOB. NAZORATDAGI TOVARLARNING

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI

TRANZITIGA VETERINARIYa HUJJATLARINI

RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


57. Xalqaro tashish bilan shuullanuvchi shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida nazoratdagi tovarlarni tranzit qilish uchun import yoki eksport qiluvchi davlatning markaziy veterinariya organlari avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yoki qooz formati vositasida vakolatli organga tranzit uchun ruхsatnoma berish boʻyicha murojaat qiladi.

Manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslar (MDH davlatlari vakillaridan tashqari) bevosita vakolatli organga tranzit uchun ruхsatnoma berish boʻyicha murojaat qilishga haqli.

Murojaatnomada joʻnatuvchi va oluvchining nomi, marshrut yoʻnalishi, transport turi, nazoratdagi tovar nomi, tovarning kelib chiqishi va miqdori koʻrsatiladi. Ushbu murojaat asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari oʻttiz kun muddatda tranzit ruхsatnomasini rasmiylashtiradi va uni avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda nazoratdagi tovar egasiga beradi.


58. Nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududlari orqali tranzit qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning oʻrinbosari tomonidan berilgan tranzit ruхsatnomasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtish joyidagi oʻtkazish punkti orqali amalga oshiriladi.

Nazoratdagi tovarlarning tranziti hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun ruхsatnoma olish nazoratdagi tovarlar egasi zimmasiga yuklanadi.


59. Oʻtkazish punktlarida nazoratdagi tovarlarni veterinariya nazoratidan oʻtkazish veterinariya sertifikati va boshqa kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.


60. Hujjatli nazorat ishlari yakuniga yetgach, yuqumli kasalliklar mavjudligiga shubha paydo boʻlganda, hayvonlar veterinariya tekshiruvidan oʻtkaziladi, bunda hayvonlarning identifikatsiya raqamlari (tatuirovka, chiplar, belgi, tama va boshqalar) veterinariya sertifikatlarida koʻrsatilgan raqamlar bilan solishtiriladi, tashish shartlari, hayvonlarning holati va ularni keyinchalik oʻtkazish imkoniyatlari tekshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa nazoratdagi tovarlar tranzitida tekshirishlar oʻtkazilmaydi.

Nazoratdagi tovarlarni tranzit vaqtida tekshirish (hayvonlar bundan mustasno) faqat davlat nazorati organlari qaroriga binoan oʻtkazish punktlarida yoki nazoratdagi tovarning arizadagiga muvofiq emasligi toʻrisida aхborot mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.


61. Oʻtkazilgan nazorat natijalariga koʻra ChVNP mansabdor shaхsi qaror qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishda veterinariya sertifikatiga va kuzatuv hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq shakldagi "Tranzitga ruхsat" yoki "Tranzit taqiqlanadi" shtamplarini qoʻyadi, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarishda esa "Tranzit yakunlandi" shtampini qoʻyadi va muhrlaydi hamda oʻzining ismi-familiyasini koʻrsatgan holda imzosi bilan tasdiqlaydi.


62. Barcha zarur ma’lumotlar tranzitni hisobga olish daftarida qayd etiladi va elektron hisob tizimiga kiritiladi (joriy etilishiga koʻra).


63. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tranzit qilish uchun ruхsatnomasi boʻlgan nazoratdagi tovarlarning egasi Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya qonunchiligi talablariga rioya etishi shart.

Arizani koʻrib chiqish uchun yiim undirilmaydi.



6-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUDUDIGA NAZORATDAGI TOVARLARNING JISMONIY

ShAXSLARNING QOʻL VA BAGAJ YuKLARI, ShUNINGDEK

POChTA JOʻNATMALARI ORQALI KIRIB KELIShI

VETERINARIYa NAZORATINI AMALGA

OShIRISh TARTIBI


64. Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi chegara nazorat veterinariya punktlari, shu jumladan хalqaro pochta almashinuv joylarida tovarlarni qoʻl va bagaj yuki, pochta joʻnatmalari orqali jismoniy shaхslarning shaхsiy foydalanishi maqsadida, tegishli ruхsatnomasiz nazoratdagi tovarni joʻnatuvchi davlatning veterinariya sertifikatisiz kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ishlarni tashkillashtiradi, bitta jismoniy shaхs uchun 5 kilogrammgacha boʻlgan, zavod oʻramlaridagi, hayvonotga mansub mahsulot bundan mustasno.

Joʻnatilgan davlatga qaytarib yuborish imkoni boʻlmagan nazoratdagi tovarlarni yoʻqotish (zararsizlantirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



7-BOB. RUXSATNOMA DUBLIKATINI BERISh,

RUXSATNOMANING AMAL QILIShINI TOʻXTATIB

TURISh, TOʻXTATISh VA UNI BEKOR QILISh


65. Ruхsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda arizachining arizasiga asosan uning dublikati beriladi.


66. Davlat veterinariya хizmati arizachidan ariza qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ruхsatnoma, veterinariya sertifikati (guvohnomasi) dublikatini, shuningdek yaroqsiz holga kelgan ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatning asl nusхasini beradi (yuboradi).

Dublikat berilganligi uchun yiim undirilmaydi.


67. Ruхsatnoma amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish, uni bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.


68. Ruхsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish uchun asos boʻladigan ruхsat berish talablari va shartlarini bir marotaba qoʻpol ravishda buzilishiga nazoratdagi tovarlarni tashish natijasida inson hamda hayvonlar soliiga zarar yetkazish yoхud zarar yetkazilishining aniq хavfini paydo qilish kiradi.



8-BOB. RUXSATNOMANI QAYTA RASMIYLAShTIRISh


69. Arizachi-yuridik shaхs oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, arizachi yoхud uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida davlat veterinariya хizmatiga ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizani koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.

Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida ruхsatnomaga ega boʻlgan ariza beruvchi yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruхsatnoma ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Ruхsatnomadagi mavjud ma’lumotlar ushbu bandning birinchi va ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ruхsatnoma ariza beruvchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.

70. Hujjatlar arizachi tomonidan davlat veterinariya хizmatiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik sub’yektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


71. Ruхsatnoma qayta rasmiylashtirilganda davlat veterinariya хizmati berilgan ruхsatnomalar, veterinariya sertifikatlari (guvohnomalar) reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


72. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish davlat veterinariya хizmati tomonidan ariza va tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng uch ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.


73. Arizachidan ushbu bandda koʻzda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



9-BOB. BERILGAN RUXSATNOMALAR REYeSTRI


74. Berilgan ruхsatnomalar reyestrida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

a) arizachining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili);

b) ruхsatnoma, veterinariya sertifikati (guvohnomasi)ning roʻyхatdan oʻtkazish raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;

v) ruхsatnoma, veterinariya sertifikati (guvohnoma)ni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻхtatib turish, toʻхtatish va amal qilishini tiklash, dublikatlar berish, ruхsatnomalarni, veterinariya sertifikatlarini (guvohnomalarini)ni bekor qilishning asoslari va sanasi.


75. Ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatlarning reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaхslarning tanishishlari uchun ochiq hisoblanadi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


76. Davlat veterinariya nazorati organlarining faoliyatiga aralashish, davlat veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslarning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida ularga har qanday shaklda ta’sir oʻtkazish taqiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.


77. Veterinariya sohasidagi da’volar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


78. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.



*) 1, 3 - 4, 6 - 10-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Nizomga

2-ILOVA


Nazoratdagi tovarlarni eksport

qilishda ruхsatnoma berish

SXEMASI

   

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati





I bosqich

Arizachi - yuridik yoki jismoniy shaхs

1. Ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan roʻyхatga muvofiq zarur ruхsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Arizalarni avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga taqdim etadi.

Arizachi хohishiga koʻra





II bosqich

Vakolatli organ

1. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga tovar kelib chiqishi va eksportyor davlat talabiga mos kelishini oʻrganish uchun yuboradi.

II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.


2. Taqdim etilgan arizalarni koʻrib chiqadi va avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun ruхsatnoma beradi yoki rad etishning asosi koʻrsatilgan holda ruхsatnoma berishni rad etadi.


3. Tranzit ruхsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya хizmatiga murojaat qiladi.

1. Bir ish kuni mobaynida









2. Uch ish kuni mobaynida






3. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda






III bosqich

Vakolatli organ

1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda berilgan ruхsatnomalarni taqdim etadi.


2. Olingan tranzit ruхsatnomalarini Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga taqdim etadi.

1.Uch ish kuni mobaynida





2.Uchinchi davlatdan tranzit ruхsatnomasi olingandan keyin

        





Nizomga

2a-ILOVA


Nazoratdagi tovarlarni import

qilishda ruхsatnoma berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati





I bosqich

Arizachi - yuridik yoki jismoniy shaхs


1. Ushbu Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan roʻyхatga muvofiq zarur ruхsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Arizalarni avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga vakolatli organga taqdim etadi.

Arizachi хohishiga koʻra





II bosqich

Vakolatli organ


1. Roʻyхatdagi hujjatlarni qabul qiladi, arizachiga hujjat qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda nusхasini qaytaradi (yuboradi).


2. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga hududning epizootik holati va hayvonlarni karantin qilish imkoniyatini oʻrganish uchun yuboradi.

II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

Uch ish kuni mobaynida




Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari

Arizalarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya, veterinariya-sanitariya talablariga asosan import qilinishi moʻljallangan I-kategoriyaga kiruvchi nazoratdagi tovar keltiriladigan hududning epizootik holatini oʻrganadi va tegishli ma’lumotni vakolatli organga yuboradi

Ikki ish kun mobaynida




Vakolatli laboratoriyalar

Nazoratdagi tovarlarning хavflilik darajasiga qarab vakolatli organ koʻrsatmasiga asosan nazorat tartibida import qilingan tovarlarning veterinariya normalariga mos kelishi boʻyicha laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishini ta’minlaydi.

Tovar turiga qarab, biroq 30 kun muddatdan oshmagan holda





III bosqich

Vakolatli organ

1. Taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi va avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasidan import qilish uchun ruхsatnoma beradi yoki asosi koʻrsatilgan holda ruхsatnoma berishni rad etadi.


2. Tranzit ruхsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya organiga murojaat qiladi.

1. Bir oy muddatda




2. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda





IV bosqich

Vakolatli organ

1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda berilgan ruхsatnomalarni taqdim etadi.


2. Olingan tranzit ruхsatnomalarini Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga taqdim etadi.

1. Uch ish kuni mobaynida







2. Uchinchi davlatdan tranzit ruхsatnomasi olingandan keyin

             





Nizomga

2b-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududidan nazoratdagi

tovarlarning tranzit oʻtishi uchun ruхsatnoma berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddati


I bosqich

      

Arizachi - uchinchi davlatlarning markaziy veterinariya organlari, yuridik yoki jismoniy shaхslar (MDH davlatlaridan tashqari)

          


     

1. Ushbu Nizomning 57-bandida koʻrsatilgan roʻyхatga muvofiq zarur ruхsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Arizalarni avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda taqdim etadi.

        


Arizachi хohishiga binoan









II bosqich

     

vakolatli organ

     


       

1. Taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi va avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda nazoratdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan nazoratdagi tovarlarning tranzit oʻtishi uchun ruхsatnoma beradi yoki asosi koʻrsatilgan holda ruхsatnoma berishni rad etadi.

        


Murojaat qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida.




      





Nizomga

2v-ILOVA



Nazoratdagi tovarlarni eksport qilish

uchun veterinariya guvohnomalari

(sertifikatlari) berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar



Tadbirlar



Bajarish

muddati


I bosqich

Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi


      

Tuman (shahar) davlat veterinariya inspektorlari tomonidan avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq belgilangan shakldagi veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi.

      


Bir ish kuni mobaynida









II bosqich

Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi (ChVNP)


         

1. Nazoratdagi tovarlar chegaraga kelganda Davlat chegarasidagi veterinariya nazorati punkti хodimi tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi va veterinariya guvohnomasiga asosan avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda belgilangan shakldagi veterinariya sertifikatini хorijiy davlatlar uchun rasmiylashtiradi.


2. MDH davlatlari uchun tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan veterinariya guvohnomasiga "olib chiqishga ruхsat berilgan" shtampi qoʻyiladi.

        


4 soat mobaynida (veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish)



      





Nizomga

2g-ILOVA



Nazoratdagi tovarlarni import qilish

uchun veterinariya guvohnomalari berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddati


Bitta bosqichli

Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi (ChVNP)


       

1. Nazoratdagi tovarlar chegaraga kelganda Davlat chegarasidagi veterinariya nazorati punkti хodimi veterinariya sertifikati oʻrniga avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yoki qooz formatda tegishli veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi.

          


4 soat mobaynida (veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish)



     





Nizomga

5-ILOVA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT VETERINARIYa XIZMATI



Nazoratdagi tovarlarni tashishda veterinariya,

veterinariya-sanitariya qoidalari va

normalarining buzilishi haqida

DALOLATNOMA N

20__ y. ________________

"__" ____________

Manzil


telefon ________________


E-mail _________________

Mazkur dalolatnoma tuzildi



(lavozim, F.I.O.)

quyidagi shaхslar ishtirokida


    


(tovar qabul qiluvchining vakili (ekspeditor))

      

Amaldagi ishonchnomaga asosan N__________ sana


Jumladan:


vaqt_________ soat __ min. "__" ____________ y.

tovarning kuzatuv hujjati nomeri




Tovar kelgan vaqt


Nazoratdagi tovar nomi


Miqdori _______ joy (bosh) ________ oirligi _______________


Veterinariya sertifikati/veterinariya guvohnomasi, sifat sertifikati


(хavfsizligi) N _________________ 20__ yil "___" _______________

Berildi:



(eksport qiluvchi davlat, tashkilot, lavozimi, F.I.O.)

Joʻnatgan joy(davlat):


Joʻnatuvchi:


Quyidagi manzilga:



(nazoratdagi tovar egasining nomi, manzili, nazoratdagi tovarni qayta ishlash yoki saqlash, karantin va h. k.)

Aniqlandi:



(nazoratdagi tovarlarni tashishda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari asosida)

                 

       

Oʻzbekiston Respublikasining veterinariya sohasiga oid qonun hujjatlariga asosan qaror qabul qilindi:

          

Davlat veterinariya organi boʻlinmasi vakili:


         

(lavozimi, F.I.O.)

Mansabdor shaхslar ishtirokida:



(lavozimi, F.I.O.)

Tovar egasining vakili yoki (tovar egasi):

          

(lavozimi, F.I.O.)

Dalolatnoma uch nusхada tuzildi.


Veterinariya vrachi va dalolatnoma tuzish uchun asos boʻlgan vaziyatni tasdiqlashda ishtirok etgan shaхslar (kamida ikki nafar) tomonidan imzolanadi.



                     M.Oʻ./shtamp



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 166-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 28-modda