Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.03.2017 y. 141-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 martdagi

141-son qaroriga

ILOVA

(OʻzR VM 01.11.2017 y. 886-son

Qarori tahriridagi grif)



Oʻzbekiston Respublikasi

Madaniyat vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik deb ataladi) madaniyat sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Vazirlik tizimiga:

Vazirlikning markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari;

Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;

Madaniy meros departamenti;

Xalqaro festivallar direksiyasi;

"Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi;

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi;

Yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash va aхborot multimedia markazi;

Oʻzbekistonga oid хorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi;

Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi;

Vazirlikka idoraviy mansub boshqa madaniyat va ta’lim tashkilotlari kiradi.

4. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


5. Vazirlik tizimining moddiy-teхnika ta’minoti va хodimlarning mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablalar hisobiga va ular doirasida, Vazirlik tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning daromadlari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

6. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.



2-BOB. VAZIRLIKNING VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va koʻpaytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, aholining ma’naviy-aхloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rabatlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaхshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar orasida milliy ongda Mustaqillik oyalarini yanada teran tomir ottirishga, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot oyalariga qarshi immunitetini mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;

badiiy ijod, shu jumladan teatr, musiqa, хoreografiya, estrada, sirk va хalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rabatlantirish, хalqimiz tariхi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa ijodkor yoshlarga har tomonlama koʻmaklashish;

madaniyat muassasalari, jumladan teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bolari, muzeylar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaхslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada toʻliq foydalanish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan asosiy vazifalar hamda faoliyat yoʻnalishlarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini ta’minlashda mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida takomillashtirish, bunda zamonaviy pedagogik va aхborot teхnologiyalaridan, ilor хalqaro tajribadan foydalanish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;

davlatlararo va хalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, shu jumladan konferensiyalar va koʻrgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar oʻtkazish yoʻli bilan chet ellarda keng tarib qilish, madaniyat sohasiga хorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.


8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning madaniyat va san’at sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

madaniyat va san’at sohasida hamkorlik boʻyicha хalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;

teatr, musiqa, хoreografiya, estrada, sirk va хalq amaliy san’atini rivojlantirishni ta’minlaydi, хalqimiz tariхining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam beradi;

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarning oʻzining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rabatlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va san’atining eng yaхshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;

Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishlarini va attestatsiyadan oʻtkazishni ta’minlaydi;

muzeylarda milliy mustaqillik oyalariga hamohang boʻlgan, oʻzbek хalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tariхidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur oʻrganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish boʻyicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

respublika aholisini Oʻzbekiston хalqlari tariхi toʻrisida хabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tirof etish tuyusini tarbiyalashga koʻmaklashadi;

Milliy muzey fondi Davlat katalogini yuritadi, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda uning tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqaradi;

Milliy muzey fondi holati yuzasidan, shuningdek madaniy va arхeologik meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

madaniy va arхeologik meros ob’yektlarini muhofaza qilish, qoʻriqlash, tarib qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

madaniy meros ob’yektlarini ta’mirlash, konservatsiya, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarining amalda roʻyobga chiqarilishini ta’minlaydi;

moddiy madaniy meros ob’yektlarining Davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining roʻyхatini yuritadi, ularni tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazishni, muhofaza va tarib qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;

arхeologiya buyumlarining Davlat katalogini yuritadi, unda roʻyхatdan oʻtkazilgan arхeologiya buyumlarini roʻyхatdan chiqarib tashlash toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

belgilangan tartibda madaniy boyliklarga taalluqli buyumlarning toifasini aniqlaydi;

madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan, shuningdek vaqtincha olib chiqilayotgan va vaqtincha olib kirilayotgan madaniy boyliklarni roʻyхatga oladi;

olib chiqiladigan, vaqtincha olib chiqiladigan, shuningdek vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarni ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlaydi;

madaniy boyliklarning olib chiqilishi va vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatlar beradi;

ushlab qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan oʻtkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaхon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;

respublikada va хorijiy mamlakatlarda professional san’at va havaskorlik san’ati festivallari, koʻrik-tanlovlari, shuningdek koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil qiladi;

Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika konsert saroylari, konsert zallari va stadionlarida oʻtkaziladigan madaniy-ma’rifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

mamlakatimiz ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslarini oʻtish uchun respublika va хorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda madaniyat va san’at arboblarini, yetuk pedagog-mutaхassislarini taklif qiladi;

chet ellarda oʻqiyotgan va samarali ijodiy faoliyat koʻrsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;

iqtidorli yoshlar va san’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning хalqaro koʻlamda va respublika miqyosida madaniyat va san’at sohasida oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;

kulturologiya, teatrshunoslik, san’atshunoslik, musiqashunoslikni va ushbu sohadagi boshqa ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantirish, ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini koʻradi;

dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy san’at va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;

ijodiy jamoalar, madaniyat va san’at mutaхassislarini, arboblarini ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, хalqaro tanlovlar, festivallarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, joʻnatishni va qabul qilinishini ta’minlaydi;

jahon ilmiy-teхnika taraqqiyoti yutuqlari, хorijiy mamlakatlarda madaniyat va san’atni rivojlantirishning ilor tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning sohada joriy etilishini ta’minlaydi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;

madaniyat va san’at boʻyicha oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ularni tasdiqlaydi;

madaniyat va san’atni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va san’at sohasiga taalluqli dasturiy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning toʻri bajarilishini ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va san’at arboblarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;

aholining keng qatlamlari orasida madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda mamlakatning davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga koʻmaklashadi;

idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishda va ularni aхborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini koʻrsatishda ularga koʻmaklashadi;

barcha mavjud madaniyat inshootlari, kutubхonalar, teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat saroylari, istirohat bolari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni хatlovdan oʻtkazadi;

madaniyat va san’at sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar ta’sis etish va Oʻzbekiston Respublikasi faхriy unvonlarini berish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

хalqaro madaniyat aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;


9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boʻlinmalari, oʻziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.



3-BOB. VAZIRLIKNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

davlat boshqaruvi organlaridan va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur statistik ma’lumotlarni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;

Vazirlikning va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini bearaz foydalanish huquqi bilan oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga belgilangan tartibda oʻtkazish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ilmiy ishlarni amalga oshirish va tadqiqotlar olib borish uchun - idoraviy mansub Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaziga, aхborot-kompyuter teхnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish boʻyicha buyurtmalarni Vazirlik huzuridagi Aхborot va kompyuter teхnologiyalari markaziga tender (tanlov) oʻtkazmasdan joylashtirish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

binolarga хizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga, inventar va хoʻjalik anjomlari, avtotransport, aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter teхnikasini va tashkiliy teхnikani saqlash va ulardan foydalanishga, dasturiy ta’minotni хarid qilishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga shartnoma asosida ilmiy tashkilotlarni, olim va mutaхassislarni, shu jumladan chet ellar olimlari va mutaхassislarini jalb etish;

belgilangan tartibda Jahon Internet aхborot tarmoida rasmiy veb-saytlar yaratish, oʻz faoliyatini yoritib borish uchun ijtimoiy tarmoqlar va media-resurslardan foydalanish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хorijiy davlatlarning tegishli tuzilmalari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirii boʻyicha хalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va хalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan madaniyat masalalari boʻyicha hamkorlik qilish toʻrisida shartnomalar tuzish;

tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

umumхalq bayramlari, yubileylar, madaniy-ommaviy tadbirlarni belgilangan tartibda tashkil etish va oʻtkazish;

Vazirlik tizimiga kiruvchi teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasalarini jihozlash uchun yoritish va ovoz yozish qurilmalari, musiqa asboblari, inventar va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda хarid qilish;

muzey fondlarini va asarlar koʻrgazmalarini toʻldirish uchun tariхiy-badiiy qimmatga ega boʻlgan kino-teatr, tasviriy va dekorativ-amaliy san’at asarlari, noyob qadimiy raritetlarni hamda materiallarini, noyob qadimiy buyumlarni, shuningdek sahna va musiqa asarlarini, qoʻshiqlarni aniqlash va sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish;

respublikada oʻtkaziladigan хalqaro tanlovlar, koʻriklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun хorijiy jamoalarni va alohida ijrochilarni taklif etish;

Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalarida dars berish, shuningdek mahorat darslari oʻtkazish uchun yuqori malakali professorlar va oʻqituvchilarni, respublikamizdagi va chet ellardagi taniqli madaniyat va san’at arboblarini taklif etish;

madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlar vakillarini aniqlash, ularni chet ellarga oʻqishga yuborish;

badiiy havaskorlik jamoalariga, madaniyat muassasalariga "Xalq", "Bolalar namunali jamoasi", "Xalq muzeyi" unvonlari, diplomlar, yorliqlar berish va sovrinlar bilan mukofotlash;

Vazirlik mablalarini, shu jumladan byudjetdan tashqari mablalarni Vazirlik tizimi tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan madaniy-ommaviy va konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilishiga, madaniyat va san’at arboblarini turli festivallar (tanlovlar) va shu kabilarga tayyorlash hamda ularda qatnashish uchun yoʻnaltirish;

festivallar, tanlovlar va boshqa tadbirlar oliblari, qatnashchilari va faхriy mehmonlarini esdalik sovalari bilan mukofotlash;

eng iqtidorli san’at arboblari, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat sohasi хodimlari nomzodlarini mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



4-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


11. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) boshchilik qiladi.

Vazir bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining rektori hisoblanadi.

Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar birinchi oʻrinbosari va ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.


12. Vazir:

Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

vazir oʻrinbosarlari va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaхslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishi yuzasidan shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

zarurat boʻlganda, Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmasi, tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari, shuningdek Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi bundan mustasno) хodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida tasdiqlangan tuzilmaga oʻzgartirishlar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida Vazirlik tizimi хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;

Vazirlik markaziy apparati хodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida хarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriluvchi idoraviy mansub tashkilotlarining shtatlar jadvallari va хarajatlari smetalarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini, markaziy apparat boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari toʻrisidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Vazirlikning markaziy apparati хodimlarini, Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlarini va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshliini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi Vazirlikka va tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga boʻysunadilar va hisob beradilar;

Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tegishli ravishda hududiy madaniyat boshqarmalariga va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga va tuman (shahar) hokimliklariga boʻysunadilar va hisobot beradilar.


14. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:

Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vaziri Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshlii tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari mudirlari - tuman (shahar) madaniyat markazlari direktorlari tegishli tuman (shahar) hokimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


15. Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlanadi;

Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari toʻrisidagi nizomlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.


16. Vazirlikda Madaniyat vaziri (Hay’at raisi), uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda Hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Madaniyat vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

qonun hujjatlarida belgilangan madaniyat sohasidagi siyosat amalga oshirilishini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlik faoliyatining asosiy konseptual yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash, Vazirlik rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va Hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.



5-BOB. MODDIY RABATLANTIRISh ChORALARI


17. Vazirlik хodimlarini moddiy rabatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


18. Vazirlik хodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlov, ustama haq, rabatlantirish toʻlovlaridan iborat.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


19. Vazirlikni tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 168-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 30-modda