Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 y. 100-son "Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.02.2017 y.

N 100



ALKOGOLLI MAHSULOTLARGA VA TAMAKI

MAHSULOTLARIGA YaNGI NAMUNADAGI

AKSIZ MARKALARINI JORIY

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 7 noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2017 yil 1 apreldan boshlab alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga dizayni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi va "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, himoyaning qoʻshimcha darajalariga ega boʻlgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin.


2. Belgilansinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmoidagi alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasi 2018 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmoida sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻrisidagi aхborotni alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar e’tiboriga yetkazsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻrisidagi aхborotni alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlari e’tiboriga yetkazsinlar;

yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 mart, 9-son, 127-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 2-son, 17-modda