Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2017 y. 159-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.03.2017 y.

N 159



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI OROLBOʻYI

MINTAQASINI RIVOJLANTIRISh JAMARMASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻrisida" 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitlarini yaхshilashga va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar, tadbirlar va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga doir ishlarni muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Komissiya tashkil etilsin.

Komissiya (A.J. Ramatov):

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining takliflari boʻyicha 2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida, ob’yektlarning amaldagi holatini va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda har yili Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlarini tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining asoslangan takliflari boʻyicha moliyaviy yil uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlari parametrlariga oʻzgartirishlar kiritsin;

Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlarining bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan 2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan buyurtmachilar etib belgilansin.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



*) 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 aprel, 13-son, 208-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 34-modda