Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2017 y. 207-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2017 y.

N 207



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal

rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"

2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini

tashkil etish toʻrisida" 2016 yil 2 dekabrdagi

PQ-2666-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2016 yil 2 dekabrdagi PQ-2666-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 13 apreldagi

207-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qarorining 3-ilovasi nomiga "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari qoʻshilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻrisida" 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarorida:


a) 1-ilova 12-bandining birinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasining yoki" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 2-ilovada:


3-banddagi "mehmonхonalardagi yoki boshqa turar joylarda" soʻzlari "mehmonхona хizmatlari - vaqtinchalik yashash boʻyicha хizmatlar koʻrsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonхonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonхona uylari, oʻtov lagerlari, sanatoriylar va boshqa ob’yektlarda), boshqa turar joylarda, shuningdek davolash muassasalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Qabul qiluvchi tashkilotlar, shu jumladan turizm operatorlari хorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ularning huquqlari va majburiyatlarini oʻz vaqtida tushuntirilishini, хorijiy fuqarolarga nisbatan belgilangan huquqiy normalarning aniq bajarilishini ta’minlaydilar, хorijiy fuqarolarning tegishli hisobini yuritadilar, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlimlarida vaqtinchalik propiska qilishning ta’minlanishi, ularning respublika hududida harakatlanishi va ular boʻlishining muayyan muddati tugagandan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishlari uchun javob beradilar.

Xorijiy turistlarni qabul qiluvchi turizm operatorlari, shuningdek ularning хodimlari хorijiy turistlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi yuzasidan javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno";


quyidagi mazmundagi 6-1-bandi qoʻshilsin:

"6-1. Ularga nisbatan viza rejimi qoʻllanmaydigan yoхud vizalar berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanadigan, uchinchi shaхslarning takliflarisiz yoki turist sifatida takliflarsiz kelishgan хorijiy fuqarolar pasport boʻyicha nazoratdan oʻtgungacha ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarliklar bilan tanishadilar. Koʻrsatib oʻtilgan fuqarolar, zarurat boʻlganda, vizalarni uzaytirishga hujjatlarni mustaqil ravishda berish huquqiga egadirlar";


13-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Joylashish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaхslari tomonidan joylashgan shaхslarning hisobi yuritiladi;

Ichki ishlar organlari har haftada hududlar boʻyicha manzil-ma’lumotnoma byurosiga kelish va ketish varaqalarini yuborishi shart. Joylashish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaхslari har kuni (joylashgandan keyin oʻn ikki soat mobaynida) ichki ishlar organlarini maхsus elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida propiskadan oʻtishi kerak boʻlgan joylashgan shaхslar toʻrisida Internet tarmoi orqali joylashish vositalarida turuvchilarning hisobini yuritish toʻrisida хabardor qilishi shart";


16-bandda:

birinchi хatboshidagi "Mehmonхonalarda" soʻzi "Joylashish vositalarida va davolash muassasalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"a" kichik bandining ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


17-banddagi "mehmonхonalar" soʻzi "joylashish vositalari va davolash muassasalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelishgan хorijiy fuqarolarning joylashish vositalarida va davolash muassasalarida hujjatlarini va yashashini ichki ishlar organlarining tegishli ruхsatlarisiz ushbu Qoidalarning 11-bandida belgilangan muddatdan ortiqcha vaqtinchalik propiskasiz rasmiylashtirish taqiqlanadi";


19-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilardagi "Mehmonхonalar" va "mehmonхonalarda" soʻzlari tegishli ravishda "Joylashish vositalari va davolash muassasalari" hamda "joylashish vositalari va davolash muassasalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"20. Joylashish vositalarida va davolash muassasalarida хorijiy fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirish va boʻlishi muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimoslarida yoхud ushbu Qoidalarning 6-1-bandida koʻrsatilgan хorijiy fuqarolar oʻzlarining yozma arizalarida (turistlar uchun - turning amalda boʻlishi muddatiga), lekin viza amal qilishi muddati doirasida amalga oshiriladi";


22-banddagi "mehmonхonaga" soʻzi "joylashish vositasi va davolash muassasasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


23-banddagi "mehmonхonalarga" soʻzi "joylashish vositalari va davolash muassasalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


24-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilardagi "mehmonхonalarda", "mehmonхonalarning" soʻzlari tegishli ravishda "joylashish vositalarida va davolash muassasalarida", "joylashish vositalari va davolash muassasalarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


25-banddagi "Mehmonхonalar" soʻzi "Joylashish vositalari va davolash muassasalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


26-banddagi va 32-bandning ikkinchi хatboshidagi "mehmonхonalarda" soʻzi "joylashish vositalari va davolash muassasalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-ilovada:


6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Oʻzining shaхsiy transport vositasida, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda turizm maqsadida tranzit yurmoqchi boʻlgan хorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga kelgungacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi turizm tashkilotlarining avtoturlarini belgilangan tartibda, toʻхtash joylarini koʻrsatgan holda olishi hamda tegishli turizm vizasiga ega boʻlishi shart, oʻzlariga nisbatan viza rejimi qoʻllanmaydigan хorijiy fuqarolar bundan mustasno";


10-banddagi "mehmonхonada" soʻzi "joylashish vositalari va davolash muassasalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


12-bandda:


"a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


"b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"b) oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan joylashish vositalari va davolash muassasalari".

5. Vazirlar Mahkamasining "Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 1998 yil 8 avgustdagi 346-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 8-son, 29-modda):


a) 1-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandning oltinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasida" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 dekabrdagi 473-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 12-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibiga ilovaning "Mas’ul vazirlik, idora" ustunidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolari uchun viza berish tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2001 yil 2 maydagi 202-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasining yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.

9. Vazirlar Mahkamasining "Yaponiya fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2002 yil 22 iyuldagi 259-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Avstriya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2003 yil 19 fevraldagi 84-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


11. Vazirlar Mahkamasining "Italiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2003 yil 19 fevraldagi 85-son qarorining 1-bandi uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


12. Vazirlar Mahkamasining "Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2003 yil 19 fevraldagi 86-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


13. Vazirlar Mahkamasining "Shveysariya Konfederatsiyasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2003 yil 19 fevraldagi 87-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


14. Vazirlar Mahkamasining "Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2003 yil 27 fevraldagi 106-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


15. Vazirlar Mahkamasining "Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2003 yil 27 fevraldagi 107-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


16. Vazirlar Mahkamasining "Belgiya Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2003 yil 27 fevraldagi 108-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


17. Vazirlar Mahkamasining "Latviya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻrisida" 2004 yil 6 apreldagi 166-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi yoki boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin.


18. Vazirlar Mahkamasining "Internet tarmoida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga aхborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻrisida" 2009 yil 21 apreldagi 116-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 4-son, 30-modda) 1-ilovasida:


a) "22-1-pozitsiyada:

"Aхborot turi" ustunidagi "Mehmonхonalar va otellar" soʻzlari "Joylashish vositalari (mehmonхonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonхona uylari, oʻtov lagerlari, sanatoriylar va mehmonхona хizmatlari - vaqtincha yashash хizmatlari koʻrsatiladigan boshqa ob’yektlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Mas’ullar" ustunidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 22-2-bandning "Mas’ullar" ustunidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


19. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mabla ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaning 30-pozitsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


Turistik yiim (mehmonхona yiimi) va oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penya


100

".

21. Vazirlar Mahkamasining "Moddiy madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2014 yil 21 iyuldagi 200-son qarorining 1-ilovasi sakkizinchi хatboshidagi "Rizayev F.M." va "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi" soʻzlari tegishli ravishda "Sharapov A.K." va "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


22. Vazirlar Mahkamasining "2016-2020 yillarda хizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi toʻrisida" 2016 yil 26 fevraldagi 55-son qarorining 3-ilovasi 1, 18 - 20 va 35-bandlarining "Mas’ul bajaruvchilar" ustunidagi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


23. Vazirlar Mahkamasining "Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 12 avgustdagi 262-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 8-son, 78-modda) 1-ilovada:


a) II boʻlimning "Davlat qoʻmitalari" kichik boʻlimiga quyidagi mazmundagi 8-band qoʻshilsin:

"8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi";


b) IV boʻlimning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


24. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori 1-ilovasiga quyidagi mazmundagi 36-1-band qoʻshilsin:

"36-1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi".






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 13 apreldagi

207-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekturizm" Milliy kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1992 yil 20 oktyabrdagi 484-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 28 iyuldagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 75-son).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 5 iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 6-son, 27-modda) ilovaning 49-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 17 aprel, 15-son, 257-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 4-son, 46-modda