Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2017 y. 219-son "Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.04.2017 y.

N 219




FUQAROLAR YIINI

TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 oktyabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 41-son, 549-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yiini toʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 14 apreldagi

219-son qaroriga

ILOVA



Fuqarolar yiini toʻrisidagi namunaviy nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 11-bandning yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"har chorakda fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, fuqarolar yiini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yiinining diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, shuningdek hudud profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlari hisobotlarini eshitadi".

3. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Fuqarolar yiinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yiinlari oraliidagi davrda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yiinining raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, mas’ul kotib, fuqarolar yiinining diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasining rahbari, shuningdek hudud profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlaridan iborat fuqarolar yiinining kengashi shakllantiriladi".


4. VI boʻlimning nomidagi "(oqsoqoli)" soʻzidan keyin "uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)" soʻzlari qoʻshilsin.


5. 39-banddagi "(oqsoqoli)" soʻzidan keyin "uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)" soʻzlari qoʻshilsin.


6. Ilovada:

"Fuqarolar yiini raisining maslahatchilari" blokida "raisining" soʻzidan keyin "(oqsoqolining) oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va" soʻzlari qoʻshilsin;

"Fuqarolar yiinining raisi" blokida "raisi" soʻzidan keyin "(oqsoqoli)" soʻzi qoʻshilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 24 aprel, 16-son, 276-modda