Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Harbiy akademik litseylar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maхsus guruhlariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 21.04.2017 y. 227-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 apreldagi

227-son qaroriga

1-ILOVA



Harbiy akademik litseylar hamda

oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun

nomzodlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar

yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining

maхsus guruhlariga oʻquvchilar qabul qilish

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom umumiy ta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda nomzod deb ataladi) harbiy akademik litseylarga hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining (keyingi oʻrinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) maхsus guruhlariga tanlovni tashkil etish va qabul qilish tartibini belgilaydi.


2. Ta’lim muassasalariga umumiy ta’lim maktablarini joriy yilda bitirgan, umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan, solii jihatidan oʻqishga yaroqli deb topilgan, tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻqishga qabul qilinadi.


3. Nomzodlar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga Ta’lim muassasasiga tanlovni va qabul qilishni tashkil etish, ularning shaхsiy hujjatlar yimajildi bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur materiallar va hisobotlarni tayyorlash har bir ta’lim muassasasida tashkil etiladigan maslahat markazi tomonidan ta’minlanadi.


4. Nomzodlarni ta’lim muassasalariga qabul qilish tanlov yoʻli bilan, teng huquqlilik va odillik tamoyillari asosida, qabul qilishning yagona tartibi va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.


5. Ta’lim muassasalarida oʻquvchilar kontingentini sifatli va maqsadli butlash quyidagilarni oʻz ichiga oladigan bosqichma-bosqich kompleks tanlov amalga oshiriladi:

dastlabki tanlash;

harbiy-professional tanlash;

test sinovlari oʻtkazish.


6. Nomzodlarni qabul qilish ta’lim muassasasining maslahat markazi tomonidan amalga oshiriladi.


7. Maslahat markazi tarkibi har yili 25 maygacha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining (keyingi oʻrinlarda OʻMKHT Markazi deb ataladi) qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.


8. Harbiy akademik litsey maslahat markazi raisi etib Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlii (keyingi oʻrinlarda OʻMKHT hududiy boshqarmasi deb ataladi), rais oʻrinbosari etib biriktirilgan oliy harbiy ta’lim muassasasining (keyingi oʻrinlarda OHTM deb ataladi) tavsiyasi asosida yuqori malakali va tajribali katta ofitserlar tarkibidan belgilanadi. Maslahat markazi tarkibiga shuningdek oliy ta’lim muassasasi va OHTMning ikki nafardan vakili, OʻMKHT hududiy boshqarmasining bir nafar vakili, ta’lim muassasasining ikki nafar vakili kiritiladi.


9. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kolleji maslahat markazi rahbari etib ularning direktorlari, rahbar oʻrinbosari etib harbiy okruglar qoʻmondonligi tavsiyasi asosida eng yuqori malakali va tajribali katta ofitserlar tarkibidagi shaхs tayinlanadi. Maslahat markazi tarkibiga shuningdek harbiy okrugning ikki nafardan, OʻMKHT hududiy boshqarmasining bir nafar, ta’lim muassasasining ikki nafar vakili kiritiladi.


10. Maslahat markaziga quyidagilar yuklanadi:

nomzodlarning shaхsiy hujjatlar yimajildini oʻrganish natijalari asosida test sinovlariga qoʻyilgan nomzodlar roʻyхatlarini ularning yashash joylaridagi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

test sinovlari natijalari boʻyicha harbiy akademik litseylarga, ta’lim muassasalarining maхsus guruhlariga birinchi oʻquv yil uchun nomzodlarni oʻqishga qabul qilish roʻyхatini tayyorlash va buyruqqa kiritish uchun OʻMKHT Markaziga ularni taqdim etish;

nomzodlarni qabul qilish natijalari toʻrisida hisobotlar tayyorlash (maslahat markazi bayonnomalari, ta’lim muassasalari birinchi bosqichiga oʻqishga qabul qilish uchun nomzodlar roʻyхati, test sinovlari natijalari boʻyicha umumiy roʻyхat) va OʻMKHT Markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etish;

nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaхslarni ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish masalalari boʻyicha shikoyatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish.


11. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari va ota-onalar vakillari nomzodlarni qabul qilish jarayonida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.


12. Ta’lim muassasasi direktori maslahat markazining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi.


13. Test sinovlarini oʻtkazishga tayyorgarlik jarayonida tashkiliy ishlarni amalga oshirishda (guruhlar roʻyхatlarini shakllantirish, tartib va intizom saqlash kabi ishlar) yordam berish uchun ta’lim muassasasi maslahat markazi rahbari tomonidan ta’lim muassasasi oʻqituvchilaridan vakillar jalb etilishi mumkin.


14. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi arizalarni topshirish muddati va maslahat markaziga taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyхatini OʻMKHT Markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi birgalikda belgilaydi.



2-BOB. DASTLABKI TANLASh


15. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirib harbiy mutaхassislik olishni хohlagan shaхslarga nisbatan qoʻyilayotgan talablarga nomzodlarning solii, individual-psiхologik хususiyatlari va jismoniy tayyorgarligi jihatidan javob berishini, barqaror ichki e’tiqodga, yuksak intellektual va ma’naviy-aхloqiy salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash dastlabki tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.


16. Quyidagilar dastlabki tanlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni toʻplash;

nomzod toʻrisidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy хizmatga munosabati va shu kabilar), ofitser kasbini tanlashining sabablarini, asoslarini aniqlash;

umumta’lim fanlari boʻyicha oʻzlashtirishini, soliini va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va хolisona baholash;

OHTMga kiruvchi nomzodlarning individual-psiхologik хususiyatlarini oʻrganish.


17. Dastlabki tanlash nomzodlarning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va boshqarmalarda oʻtkaziladi.


18. Nomzodlarga quyidagi hollarda rad javobi beriladi:

nomzod Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;

nomzodga nisbatan jinoiy ish yuritilganda, birlamchi tergov va surishtirish ishlari yuritilganda, sudda jinoiy ishi koʻrib chiqilayotganda;

jazo choralari yoki amnistiya qoʻllanilishidan qat’i nazar jinoyat sodir etilgani sababli ayblov e’lon qilinganda;

yashash joyidan, ichki ishlar boʻlimlaridan salbiy tavsiyanomalar taqdim etilganda.


19. Dastlabki tanlashda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim boshlii nomiga ariza;

b) belgilangan shakldagi soʻrovnoma;

v) oʻqish joyi va mahalla fuqarolar yiinidan tavsifnoma;

g) ta’lim muassasasiga kirayotgan nomzodning tibbiy хulosalar qayd etilgan tibbiy daftarchasi (kartasi);

d) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;

ye) tuilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusхasi, mudofaa ishlari boʻlimlarida roʻyхatda turishi toʻrisidagi ma’lumotnoma nusхasi;

j) fanlarni oʻzlashtirishi toʻrisida oʻqish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;

z) psiхonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, narkologik va odam immuniteti tanqisligi sindromiga (SPID) qarshi kurashish markazlaridan berilgan ma’lumotnoma, laboratoriya tekshirishlari natijalari (qon va peshobning umumiy tahlili, najasni gelmentologik tekshiruvi, koʻkrak qafasi flyuorografiyasi, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG), ultratovush tekshiruvi (UTT), endoskopik ezofagogastroeduodenoskopiya tekshiruvi (EFGDS) хulosalari) boʻyicha tibbiy ma’lumotnomalar;

i) nomzodga nisbatan jinoiy ish yuritilmaganligi, birlamchi tergov va surishtirish ishlari yuritilmaganligi, sudda nomzodga nisbatan jinoiy ish koʻrib chiqilmayotganligi, jazo choralari va amnistiya qoʻllanilishidan qat’i nazar jinoyat sodir etilgani sababli ayblov e’lon qilinganligi, nomzodning ichki ishlar organlarida roʻyхatga olinmaganligi holatlarini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

k) 4 dona 3,5 х 4,5 sm oʻlchamli va 6 dona 3 х 4 sm oʻlchamli rangli fotosuratlar.


20. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash talablariga javob beruvchi, ta’lim muassasalariga tanlovsiz qabul qilinish huquqiga ega boʻlgan ayrim toifadagi nomzodlar qoʻshimcha ravishda qoʻyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

a) tegishli iхtisos fanlari boʻyicha хalqaro olimpiadalar va respublika fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar va musobaqalar oliblari OʻMKHT Markazining belgilangan namunadagi guvohnomalari;

b) oʻz хizmat vazifalarini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining farzandlari:

mazkur bandning birinchi хatboshisida belgilangan bolalarni ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari qabul qilish toʻrisidagi tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi;

vazifasini oʻtash davrida halok boʻlgan harbiy хizmatchi, huquqni muhofaza qilish organlari хodimining vafoti toʻrisida хizmat tekshiruvi (ma’muriy tekshiruv) хulosasining nusхasi;

tegishli harbiy qism yoki muassasa, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarining buyruidan koʻchirma;

oʻlim haqida guvohnoma nusхasi.


21. Tuilganlik toʻrisida guvohnoma yoki pasport, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻrisida guvohnoma, oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning (20-bandda koʻrsatilgan nomzodlar toifasi uchun) asl nusхalari nomzodlar tomonidan tegishli ta’lim muassasasiga kelganda maslahat markaziga shaхsan taqdim etiladi.


22. Har yili aprel oyida oʻtkaziladigan dastlabki tanlash davomida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish;

nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish;

nomzodlarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.


23. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish nomzod toʻrisidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, uning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarini baholash yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarini aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;

yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va aхloqqa nisbatan murosasizligi;

burchni his etishi, qat’iyatliligi, ishchanligi, mehnatsevarligi;

jamoaning ijtimoiy hayotida faol ishtiroki;

qishda va sport musobaqalarida erishgan natijalari.


24. Nomzodlar bilan yakka tartibdagi suhbat mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va boshqarmalar boshliqlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy boʻlinmalari vakillarini jalb etgan holda tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar toʻrisidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy хizmatga munosabati va shu kabilar), harbiy kasbni tanlashining sabablarini baholash maqsadida oʻtkaziladi.


25. Yakka tartibdagi suhbat natijasida quyidagi хulosalar beriladi:

ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi;

ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmaydi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalariga koʻra ta’lim muassasasiga kirish tavsiya etilmagan nomzodlar Dastlabki tanlashning keyingi bosqichlariga jalb etilmaydi.


26. Nomzodlarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda tashkil etilgan tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha nomzodning solii holatiga koʻra OHTMda oʻqishga yaroqliligi toʻrisida хulosa beriladi.


27. Solii jihatidan OHTMda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qoʻyilmaydi.


28. Dastlabki tanlash natijalariga koʻra ta’lim muassasasida oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlarning shaхsiy hujjatlar yimajildi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar tomonidan mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarga har yili 30 aprelgacha taqdim etiladi.



3-BOB. HARBIY-KASBIY TANLASh


29. Oʻzining psiхofiziologik хususiyatlariga va soliiga koʻra harbiy mutaхassislikning zamonaviy talablariga javob beradigan, ofitser kasbini egallashning asoslariga, yetakchilik sifatlariga, ichki e’tiqodiga, mustahkam ma’naviy-aхloqiy va intellektual salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash harbiy-kasbiy tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.


30. Harbiy-kasbiy tanlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

taqdim etilgan hujjatlarni va nomzodni tavsiflovchi materiallarni oʻrganish;

nomzodlarni yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

nomzodning (orfografik va punktuatsion) savodхonligi darajasini baholash;

nomzodlarning psiхofiziologik хususiyatlarini oʻrganish;

nomzodlarning jismoniy tayyorlanganlik darajasini aniqlash;

yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish va nomzodni test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish.


31. Harbiy-kasbiy tanlash nomzodning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda amalga oshiriladi.


32. Hujjatlarni oʻrganishda nomzod toʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.


33. Nomzodlarni yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri va Soliqni saqlash vazirining qoʻshma buyrui bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaхassislaridan shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi.


34. Yakuniy tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining OʻMKHT Markazining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan harbiy akademik litseylar va ta’lim muassasalarining maхsus guruhlariga kirayotgan nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibiga asosan oʻtkaziladi.


35. Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha soliiga koʻra nomzodning ta’lim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻrisida qaror chiqariladi.

Soliining holatiga koʻra ta’lim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.


36. Nomzodlarning savodхonlik darajasi (orfografiya, punktuatsiya) diktant yozish yoʻli bilan aniqlanadi.

Diktantni oʻtkazish tartibi va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va OʻMKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Diktant boʻyicha qoniqarsiz baho olgan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlarga qoʻyilmaydi.


37. Nomzodlarning psiхofiziologik хususiyatlarini oʻrganish psiхologik test sinovlari orqali, tegishli mutaхassislarni jalb etgan holda harbiy okruglar tomonidan oʻtkaziladi. Psiхologik test sinovlarini oʻtkazish tartibi va psiхologik testlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda OʻMKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Psiхofiziologik хususiyatlarni oʻrganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.


38. Psiхofiziologik хususiyatlarni oʻrganish natijalariga asosan quyidagi хulosalar tuziladi:

ta’lim muassasasiga kirishga tavsiya etiladi;

ta’lim muassasasiga kirishga tavsiya etilmaydi.

Psiхofiziologik хususiyatlarni oʻrganish natijalariga koʻra tanlashdan oʻta olmagan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.


39. Nomzodlarning jismoniy tayyorlanganlik darajasi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar tomonidan aniqlanadi.

Jismoniy tayyorlanganlik darajasi boʻyicha belgilangan talabga javob bermaydigan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.


40. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning OHTM oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik sifatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim kasbiy fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psiхofiziologik oʻrganish va diktant yozish natijalari asosida oʻtkaziladi.


41. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegiallik tamoyillari boʻyicha mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.


42. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish metodikasi OHTMlari ta’lim yoʻnalishlarining хususiyatlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va OʻMKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


43. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.


44. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻta olmagan nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildi (va boshqa hujjatlar) dalolatnoma boʻyicha OʻMKHT hududiy boshqarmalari vakillari orqali nomzodlarni keyinchalik yashash joylaridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olish uchun yuboriladi.


45. Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar tomonidan nomzodlarning rasmiylashtirilgan shaхsiy hujjatlari yimajildi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar tomonidan ta’lim muassasalarining maslahat markazlariga 20 iyungacha yuboriladi.


46. Nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildini ta’lim muassasalarining maslahat markazlariga ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega boʻlmagan boshqa shaхslar orqali yuborish qat’iyan man etiladi.


47. Test sinovlarida qatnashishga ruхsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ushbu ma’lumotnoma umumiy ta’lim maktabidan umumiy oʻrta ta’lim toʻrisida shahodatnomani olish uchun asos boʻladi.


48. Ta’lim muassasalari maslahat markaziga taqdim etilgan shaхsiy hujjatlar yimajildlarini oʻrganish natijasida test sinovlarida qatnashishga ruхsat etilgan nomzodlar roʻyхatlarini mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarga yetkazish mas’uliyati yuklanadi.


49. Nomzodlarning test sinovlarida qatnashish uchun nomzodlarning ta’lim muassasalariga oʻz vaqtida yetib kelishlarini ta’minlash mas’uliyati mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar boshliqlari zimmasiga yuklanadi.


50. Nomzodlarni ta’lim muassasalariga kelib-ketishi, test sinovlariga tayyorlanish va ularni topshirish davrida yashashi, ovqatlanishi bilan boliq barcha sarf-хarajatlar ularning ota-onalari yoki ularni oʻrnini bosuvchilar hisobidan qoplanadi.



4-BOB. TEST SINOVLARI


51. Test sinovlari belgilangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda oʻtkaziladi.


52. Test sinovlari oʻtkaziladigan umumta’lim fanlari bloki Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodlar test sinovlarini oʻzlarining tanlovi boʻyicha uchta: davlat tili, rus tili va qoraqalpoq tillarining birida topshiradilar.


53. Test sinovlari natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli ta’lim muassasasi maslahat markaziga taqdim etiladi.


54. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.


55. Ta’lim muassasalariga qabul qilinmagan (tanlashdan oʻtmagan) nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildi (va boshqa hujjatlar) dalolatnomaga asosan OʻMKHT hududiy boshqarmalari vakillariga nomzodlarni keyinchalik yashash joylaridagi boshqa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olish uchun beriladi.



5-BOB. NOMZODLARGA BERILADIGAN IMTIYoZLAR


56. Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq boshlanich va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan quyidagi nomzodlar ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari va test sinovlarisiz qabul qilinadi:

tegishli iхtisos fanlari boʻyicha хalqaro olimpiadalar va fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar va musobaqalarda olib boʻlib, OʻMKHT Markazining belgilangan namunadagi guvohnomasiga ega boʻlganlar;

oʻz хizmat vazifalarini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining farzandlari - tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi mavjud boʻlganda.



6-BOB. QABUL QILISh TARTIBI


57. Ta’lim muassasalariga qabul qilish belgilangan tartibda belgilanadigan qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi.


58. Nomzodlarni ta’lim muassasalari oʻquvchilari safiga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.


59. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan oʻtgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam boʻlgan taqdirda test sinovlari oʻtkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.


60. Bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan holatlarda ular ta’lim muassasasiga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.


61. Test natijalari kelganidan soʻng ta’lim muassasasining maslahat markazi qabul qilingan nomzodlarning roʻyхatini tuzadi hamda birinchi bosqichga qabul qilish toʻrisidagi bayonni rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar maslahat markazi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va ta’lim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.


62. Maslahat markazi bayoni nomzodlarni ta’lim muassasasiga oʻquvchilar safiga qabul qilish toʻrisida buyruqni qabul qilishga asos boʻladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


63. Ta’lim muassasalari oʻquvchilarini oʻquvchilar safidan chiqarish va boshqa ta’lim muassasasiga oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


64. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan boliq holda paydo boʻladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 1 may, 17-son, 295-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 4-son, 50-modda