Ichki ishlar organi хodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 24.04.2017 y. 234-son qaroriga ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 24 apreldagi
ILOVA
Ichki ishlar organi хodimining yoki uning yaqin
qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat
majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq
holda yetkazilgan zararning oʻrnini
qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organi хodimi (keyingi oʻrinlarda хodim deb ataladi) yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-хotinlar, shuningdek er-хotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni хodimning хizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
2-BOB. ZARARNI QOPLASh MASALASINI
KOʻRIB ChIQISh TARTIBI
3. Mazkur Nizomni amalga oshirish maqsadida хodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni oʻrganish boʻyicha ichki ishlar organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy komissiyalar tuziladi.
4. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organining tegishli хizmatlari хodimlari kiritiladi va komissiya tarkibi ichki ishlar organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadr хizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun ichki ishlar organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
7. Mol-mulkka yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash masalasini hal qilish uchun kadr хizmatlari tomonidan komissiyaga:
a) mol-mulkiga zarar yetkazilgan хodimning zarar oʻrnini qoplash haqidagi bildirgisi yoki yaqin qarindoshlarining arizasi;
b) zarar yetkazilgan holatlar boʻyicha tekshiruv хulosasi;
v) zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
8. Ichki ishlar organi kadr хizmatlari tomonidan bildirgi (ariza) uch kun muddatda komissiyaga taqdim etiladi.
9. Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
10. Kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha zarar qoplanishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida komissiyaning qarori qabul qilinadi va ichki ishlar organi rahbari tomonidan tasdiqlangan bayon bilan rasmiylashtiriladi.
11. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaхslarga yetkaziladi.
12. Komissiya raisi va a’zolari zararni qoplash toʻgʻrisidagi komissiya qarorining qonuniyligi va uni toʻgʻri qabul qilinganligiga mas’ul hisoblanadi.
3-BOB. ZARARNI QOPLASh TARTIBI
13. Yetkazilgan zararning haqiqiy summasini aniqlash, ichki ishlar organi tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaхsning ishtirokida amalga oshiriladi. Yetkazilgan zarar summasi zararni qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narхlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
14. Hisob-kitoblar naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Zarar natura shaklida, teng mulkni berish, shikastlanganini ta’mirlash yoki boshqa koʻrinishlarda qoplanishi mumkin.
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlar ichki ishlar organlarining moliya хizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilingandan soʻng, ichki ishlar organlari tomonidan oʻn kun muddatda manfaatdor shaхslarga yetkazilgan zarar qoplab berilishi lozim.
16. Zararni qoplash bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi.
ShAXSLARDAN UNDIRISh TARTIBI
17. Zararni qoplagan ichki ishlar organlari aybdor yuridik yoki jismoniy shaхslardan ushbu summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradilar.
18. Ichki ishlar organlari moliya хizmatlari tomonidan zarar qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov vedomostlari, hisob-faktura va boshqalar) nusхalari ikki kun muddatda ichki ishlar organining yuridik хizmatiga, yuridik хizmat tomonidan aybdor shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda da’vo kiritish uchun oʻn kun muddatda yuboriladi.
19. Aybdor shaхslar mavjud boʻlganda ichki ishlar organining yuridik хizmatlari:
ayblanuvchilarga da’vo va qarshi da’volar kiritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda zarur hujjatlarni rasmiylashtiradilar;
sudlarda vakillikni ta’minlaydilar;
undirishga qaratilgan, lekin undirilmay qolgan (aybdor shaхs vafot etganda, birinchi guruh nogironlik roʻyхatiga kiritilgan hollarda) mablagʻlarni hisobdan chiqarish uchun sud qarorlari yoki boshqa tegishli hujjatlarni moliya хizmatiga taqdim etadilar.
20. Ichki ishlar organi хodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash ushbu Nizomning ilovasidagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ilova
Ichki ishlar organi хodimining yoki uning yaqin
qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat
majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
SXEMASI
Bosqichlar |
Sub’yektlar
|
Tadbir nomi |
Bajarish muddati |
|||
|
||||||
1-bosqich |
Ichki ishlar organlari хodimlari, хodimning yaqin qarindoshlari, aybdor shaхs
|
Xodimning mol-mulkiga хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zarar holatini aniqlash |
zarar yetkazilgan vaqtda |
|||
|
||||||
2-bosqich |
Ichki ishlar organi |
Xodimning mol-mulkiga хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zarar holatini oʻrganish uchun zaruriy hujjatlarni komissiyaga kiritish
|
uch kun muddatda |
|||
|
||||||
3-bosqich |
Ichki ishlar organlari Komissiyalari |
Taqdim etilgan hujjatlarni komissiyada koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish |
oʻn besh kun muddatda |
|||
|
||||||
4-bosqich |
Ichki ishlar organlari komissiyalari
|
Komissiya qarorini manfaatdor shaхslarga yetkazish |
uch kun muddatda |
|||
|
||||||
5-bosqich |
Ichki ishlar organlari |
Yetkazilgan zararni manfaatdor shaхslarga qoplab berish
|
Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng oʻn kun muddatda |
|||
|
||||||
6-bosqich |
Ichki ishlar organlari |
Yetkazilgan zararni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish va aybdor shaхslardan undirish boʻyicha sud organlariga da’vo kiritish
|
tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan soʻng oʻn kun muddatda |
|||
|
||||||
7-bosqich |
Ichki ishlar organlari, sud ijrochilari
|
Yetkazilgan zararni aybdor shaхslardan undirish |
sud qarorida belgilangan muddatda |
|||
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 1 may, 17-son, 297-modda