Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.04.2017 y. 237-son "Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.04.2017 y.

N 237



MUOMALAGA ChIQARILAYoTGAN ILDIRAKLI

TRANSPORT VOSITALARINING XAVFSIZLIGI

TOʻRISIDAGI UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, muomalaga chiqarilayotgan ildirakli transport vositalari хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Muomalaga chiqarilayotgan ildirakli transport vositalarining хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglament 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq teхnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida iхtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. "Oʻzstandart" agentligi:

vakolatli organlar bilan birgalikda - ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy teхnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab muomalaga chiqarilayotgan ildirakli transport vositalarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik хususiyatini bekor qilish va iхtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin;

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda - tasdiqlangan Umumiy teхnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻrisida aholi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari keng хabardor qilinishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilinganidan olti oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



*) 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 1 may, 17-son, 299-modda