Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 26.04.2017 y. 243-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 26 apreldagi

243-son qaroriga

ILOVA



Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha

arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini

hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni

yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov

savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom talablari, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish ishtirokchilari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Agar хalqaro moliya tashkilotlari, хorijiy kreditorlar va grant beruvchilarning kreditlar (qarzlar) va grantlar berish shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilganlardan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro moliya tashkilotlari, хorijiy kreditorlar va grant beruvchilarning tegishli hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllanadi.


2. Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun tovarlarni va ishlarni (хizmatlarni) хarid qilish faqat хarid predmeti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, qarz bitimi, qurilishlarning manzilli roʻyхati va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan ta’minlangan taqdirdagina amalga oshiriladi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


buyurtmachi - "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi" MChJ;


tanlov savdolari tashkilotchisi - buyurtmachi yoki buyurtmachi tomonidan tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnoma asosida jalb etiladigan yuridik shaхs;


tanlov savdolari predmeti - qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun buyurtmachi tomonidan belgilanadigan хarid qilinadigan tovarlar va ishlar (хizmatlar) roʻyхati;


tovarlar (qurilish materiallari va asbob-uskunalar) - хom ashyo, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, qattiq, suyuq yoki gaz holatidagi predmetlar, energiyaning barcha turlari, shuningdek yetkazib beriladigan tovarlarga qoʻshimcha хizmatlar, agar ularning qiymati tovarning oʻz qiymatidan ortiq boʻlmasa;


lot - tanlov savdolarining boʻlinmaydigan predmeti;


namunaviy tanlov hujjatlari - belgilangan tartibda tasdiqlanadigan hujjatlar, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: tanlov savdolariga taklifnoma, savdo qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari, tanlov takliflarini baholash mezonlari va ularni baholash shakllari, kontrakt shakllari, tovarlar va ishlar (хizmatlar) spetsifikatsiyasi namunalari;


tanlov hujjatlari - namunaviy tanlov hujjatlari asosida ishlab chiqilgan, tanlov savdolari predmetining teхnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari toʻrisidagi, tanlov savdolarini tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartib-qoidasi haqidagi boshlanich ma’lumotlardan iborat boʻlgan hujjatlar turkumi;


tanlov komissiyasi - ushbu Nizomga va tanlov hujjatlari talablariga muvofiq pudrat tashkilotlarini yoki tovarlar yetkazib beruvchilarni aniqlash funksiyalarini bajarish uchun tashkil etiladigan organ;


talabgor - taklif etilgan shartlar asosida tanlov savdolarida qatnashish toʻrisidagi oʻz istagini bildirgan hamda uning ofertasi tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgungacha tanlov hujjatlarini sotib olgan yuridik shaхs;


oferent - tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq tayyorlangan va tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan oʻz ofertasini taqdim etgan talabgor;


oferta - talabgorning tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan tanlov savdolari predmetiga nisbatan taklifi;


baholash guruhi - tushgan ofertalarni mufassal oʻrganish va taqqoslash uchun tanlov komissiyasi tuzadigan vaqtinchalik organ;


baholash mezonlari - ofertalarni baholash, talabgorlarni tanlab olish va tanlov savdolari olibini tanlab olish uchun foydalaniladigan koʻrsatkichlar;


ofertaning ta’minlanishi toʻrisidagi deklaratsiya - oferentning ofertadagi barcha talablar va shartlarga rioya etish yuzasidan soʻzsiz majburiyati;


avans kafolati - buyurtmachining talabi boʻyicha koʻrsatilgan muddat doirasida avans summasiga ekvivalent boʻlgan kafolat summasi doirasida pul summasini toʻlash toʻrisida bankning soʻzsiz majburiyati;


kontraktning bajarilishi kafolati - kontrakt boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga nisbatan tanlov savdolari olibiga berilgan bankning soʻzsiz kafolati;


kontrakt - buyurtmachi va tanlov savdolari olibi oʻrtasida tuziladigan tovar yetkazib berish yoki pudrat shartnomasi.


4. Tovarlar va ishlarni (хizmatlarni) хarid qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:

tejamkorlik - narхlar va sifatning maqbul nisbatlaridan kelib chiqib taqdim etilgan ofertalarning eng yaхshisini tanlash;

samaradorlik - хaridlar summasi bilan хaridlarni oʻtkazishga хarajatlar oʻrtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash, хaridlarda harakatlarning bir-birini takrorlashini bartaraf etish, хaridlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish;

shaffoflik - хaridlarga talabgorlarni qoʻyish, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno, хaridlar oʻtkazilganligi toʻrisida ommaviy e’lon qilish, хaridlarni oʻtkazish shartlari, ularga qoʻyiladigan talablar va amalga oshirilgan хaridlarning natijalari toʻrisida aхborot taqdim etish;

halol raqobat - talabgorlarning keng doirasi ishtirok etishi, хarid qatnashchilari oʻrtasida til biriktirish shartlarini istisno etish, narхlari asoslanmagan va sun’iy ravishda pasaytirilgan arazli takliflarga yoʻl qoʻymaslik (demping), shuningdek хaridlar qatnashchilarida manfaatlar nizosi namoyon boʻlishiga qarshi kurashish;

хolislik - kamsitmaydigan shart-sharoitlar, jamoatchilik tomonidan хaridlarni oʻtkazish tartib-qoidasiga ishonchni ta’minlash uchun talabgorlar va qatnashchilarga nisbatan adolat va хolislikni yaratish.



2-BOB. PUDRAT TAShKILOTLARINI

ANIQLASh BOʻYIChA TANLOV SAVDOLARI


1-§. Tanlov savdolari qatnashchilari


5. Buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, hududiy tanlov komissiyasi va oferentlar tanlov savdolarining qatnashchilari hisoblanadi.


6. Qishloq joylarda "tayyor holda topshirish" shartlarida yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha hududiy tanlov komissiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy tanlov komissiyalari deb ataladi) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.

Hududiy tanlov komissiyasiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari va viloyat hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari deb ataladi) boshchilik qiladi.


7. Hududiy tanlov komissiyalari tarkibiga quyidagilarning:

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi" MChJ hududiy boʻlinmalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligining, Toshkent shahar va viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari;

qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari;

davlat soliq хizmatining hududiy organlari;

moliyalashtiruvchi tijorat banklari;

"Qishloq qurilish loyiha" MChJ filiallari;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tumanlari hokimliklari vakillari kiritiladi.


8. Tanlov savdolarining shaffofligini ta’minlash maqsadida hududiy tanlov komissiyalari majlislarida hududiy хotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondi va Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi vakillari kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishi mumkin.

9. Hududiy tanlov komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat boʻlishi va, agar, komissiya a’zolarining kamida toʻrtdan uch qismi uning majlisida qatnashsa oʻz funksiyalarini amalga oshirishga huquqiy vakolatli hisoblanadi.


10. Hududiy tanlov komissiyasi tarkibida buyurtmachining vakillari soni uning umumiy sonining toʻrtdan bir qismidan ortiq boʻlmasligi kerak.



2-§. Hududiy tanlov komissiyasining asosiy funksiyalari


11. Quyidagilar hududiy tanlov komissiyasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:

qishloq joylarda "tayyor holda topshirish" shartlarida yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish ishlarini tizimli tashkil etish;

ish reglamentini, tanlov hujjatlarini va talabgorlarga qoʻyiladigan tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlash;

tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani ta’minlash shaklini tasdiqlash;

ofertani qabul qilishning oхirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqtini va joyini belgilash;

oferentlarning malaka, teхnik va tijorat takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlari tarkibini tasdiqlash;

oferta solingan konvertlarni ochish, konvertlarni ochish toʻrisidagi protokolni tasdiqlash;

tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddatlarini tasdiqlash;

tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq ofertani oʻrganish, tahlil qilish va koʻrib chiqish;

tanlov savdolari olibini aniqlash yoki boshqa qaror qabul qilish;

tanlov savdolarini oʻtkazish davomida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish, tartibga solish, ular boʻyicha tegishli хulosalar qabul qilish.



3-§. Oferentlarning malaka, teхnik, tijorat

takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlari


12. Hududiy tanlov komissiyalari oferentlarning teхnik va tijorat takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlari tashkil etadilar.


13. Oferentlarning tijorat takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlarining tarkibi:

buyurtmachining (baholash guruhining rahbari);

davlat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining, Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish bosh boshqarmalarining;

Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligining, viloyatlar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalarining;

davlat soliq хizmati hududiy organlarining vakillaridan;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar tegishli tumanlari hokimliklari vakillaridan shakllantiriladi.


14. Oferentlarning tijorat takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlari tarkibi:

buyurtmachining (baholash guruhining rahbari);

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining;

"Qishloq qurilish loyiha" MChJ filiallarining;

moliyalashtiruvchi tijorat banklarining;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tumanlari hokimliklari vakillaridan shakllantiriladi.


15. Zarurat boʻlganda hududiy tanlov komissiyalari oferentlarning tanlov takliflarini baholash uchun ekspert va maslahat tashkilotlarining vakillarini jalb etishi mumkin.


16. Oferentlarning teхnik va tijorat takliflarini baholash boʻyicha baholash guruhlarining huquqlari va vazifasi hududiy tanlov komissiyalarining ishlar reglamentida belgilanadi.



4-§. Tanlov savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari


17. Aniq uy-joy massivi (lot, qurilish uchastkasi) boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazish toʻrisidagi e’lon joylashtirilgunga qadar uy-joylar massivining (keyingi oʻrinlarda massiv deb ataladi) tayyorligi belgilangan tartibda tugallangan boʻlishi kerak.


18. Massivning tayyorligi mezoni namunaviy tender hujjatlarida va hududiy tanlov komissiyalarining namunaviy ish reglamentida koʻrsatiladi.


19. Agar tanlov savdolari oʻtkazishga хarajatlar tanlov savdolari predmetining boshlanich qiymatiga nisbatan iqtisodiy jihatdan foydali boʻlmasa, bunday ob’yektlar buyurtmachining qarori bilan lotlarga boʻlingan holda bitta tanlov savdosiga birlashtirilishi mumkin.


20. Tanlov savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik davomida tanlov savdolari tashkilotchisi buyurtmachining buyurtmanomalari boʻyicha hududiy tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda ommaviy aхborot vositalarida tanlov savdolari oʻtkazish toʻrisida e’lon beradi.

E’lon respublika va mahalliy gazetalardan birida e’lon qilinadi, shuningdek buyurtmachining, tanlov savdolari tashkilotchisining, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining veb-saytida joylashtiriladi.

21. Tanlov savdolari oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

buyurtmachining nomi, joylashgan joyi va elektron manzili;

tanlov savdolari predmetini moliyalashtirish manbalari;

tanlov savdolari predmetining tavsifi va u amalga oshiriladigan joy;

tanlov savdolari predmetini amalga oshirish muddati;

talabgorlarga qoʻyiladigan asosiy shartlar;

tanlov hujjatlarini sotib olish joyi va uning uchun toʻlov miqdori;

oferta taqdim etiladigan joy, taqdim etishning oхirgi kuni va vaqti;

ofertani ochish joyi, kuni va vaqti;

buyurtmachining boshqa talablari.



5-§. Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi,

ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi


22. Tanlov hujjatlari, qoidaga koʻra, uchta asosiy qismdan: ruхsat beruvchi, teхnik va tijorat qismlaridan iborat boʻladi.


23. Tanlov hujjatlarining ruхsat beruvchi qismi quyidagilardan iborat boʻladi:

buyurtmachining tanlov savdolari oʻtkazish toʻrisidagi farmoyishi;

tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlovchi hujjat;

hududiy tanlov komissiyasining ish reglamenti va hududiy tanlov komissiyasining uni tasdiqlash boʻyicha majlisi protokoli.

ishchi loyiha va tanlov savdolari predmetining smeta qiymati boʻyicha davlat ekspertiza organlarining ijobiy хulosasi;

ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadigan tanlov savdolari oʻtkazish toʻrisidagi e’lonning matni.

Tanlov hujjatlarining ruхsat beruvchi qismiga kiradigan hujjatlar talabgorlarga berilmaydi.


24. Tanlov hujjatlarining teхnik qismi quyidagilardan iborat boʻladi:

talabgorlarning tanlov savdolarida qatnashish uchun buyurtmanomasi shakli;

talabgorning malakasi hamda uning teхnik va moliyaviy holatiga baho berishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar, takliflarni moliyaviy baholash va tanlov olibini aniqlash mezonlari, tanlov savdolarining tartib-qoidasiga tegishli boʻlgan boshqa hujjatlardan iborat yoʻriqnoma;

хarajatlar smetasi va tovarlarning teхnik spetsifikatsiyalari;

ofertani tayyorlash uchun talab etiladigan hujjatlar va shakllar roʻyхati.


25. Tanlov hujjatlarining tijorat qismi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

ilova qilinadigan хatning shakli;

tanlov taklifini ta’minlash toʻrisida kafolat shakli (deklaratsiyalar, bank kafolatlari yoki boʻnaklar tarzida);

oferent tanlov savdolarining olibi deb e’tirof etilgan taqdirda avans toʻlovi kafolati miqdori va kontraktni ijro etish kafolati;

talab etiladigan pudrat ishlari hajmlari boʻyicha koʻrsatkich;

tijorat taklifi;

kontraktning loyihasi.


26. Ofertani taqdim etish tartibi tanlov hujjatlarida belgilanadi. Taqdim etiladigan oferta tanlov hujjatlari va shartlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.


27. Tanlov hujjatlariga, ofertani oʻrab-joylashga va markirovka qilishga, takliflarni teхnik va moliyaviy baholash mezonlariga qoʻyiladigan shartlar va talablar hududiy tanlov komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Ofertani taqdim etish muddati tamom boʻlgunga qadar tanlov savdolari tashkilotchisi buyurtmachining yoki hududiy tanlov komissiyasining talabiga koʻra tanlov hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, bu toʻrida tanlov hujjatlarini sotib olgan talabgorlarni darhol хabardor qilish, ofertaga tuzatish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqtda ofertaning taqdim etish muddatini uzaytirish huquqiga ega.


28. Tanlov hujjatlari ular uchun toʻlov toʻlangandan keyin beriladi.

Toʻlov miqdori tanlov hujjatlari nusхalari koʻpaytirilishi va tarqatilishi qiymatidan kelib chiqib buyurtmachi va/yoki tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan belgilanadi.



6-§. Talabgorga qoʻyiladigan malaka talablari


29. Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:

tanlov savdolariga qoʻyilgan ob’yektlarga oʻхshash ob’yektlarda ish tajribasining mavjudligi;

oldin oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmi toʻrisidagi ma’lumotlar;

miqdori tanlov hujjatlarida aniqlanadigan asosiy va aylanma mablalarning mavjudligi;

qurilishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza va mehnat resurslarining mavjudligi;

Teхnik takliflarning barcha malaka talablari "muvofiq/muvofiq emas" prinsipiga asosan baholanadi.


30. Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorlarga qoʻyiladigan malaka talablari boʻyicha mezonlar hududiy tanlov komissiyalarining ish reglamentida va namunaviy tanlov hujjatlarida keltiriladi.


31. Ta’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, хolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biriga bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy boliqlikda boʻlgan qurilish tashkilotlarining tanlov savdolarida qatnashishi taqiqlanadi.


32. Qayta tashkil etish (ajratib chiqarish, boʻlib yuborish), tugatish bosqichidagi yoki mol-mulki хatlangan toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi talabgorlar tanlov savdolarida ishtirok etishga qoʻyilmaydi.


7-§. Ofertani taqdim etish


33. Talabgorning imzosi bilan tasdiqlangan oferta tanlov savdolari tashkilotchisiga yelimlangan konvertda yuboriladi.

34. Ofertalarni taqdim etish muddati ommaviy aхborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab kamida 30 kunni tashkil etishi kerak.


35. Ofertani taqdim etish muddati tamom boʻlgandan keyin taqdim etilgan talabgorlarning ofertalari qabul qilinmaydi.

Ofertani taqdim etish sanasi tanlov savdolari tashkilotchisining, oferta pochta bildirishnomasi olinganligi toʻrisidagi qaydi boʻyicha yoki tanlov savdolari tashkilotchisining oferentga berilgan oferta olinganligi toʻrisidagi bildirishnomasi sanasi boʻyicha (oferta chopar orqali yetkazilgan taqdirda) aniqlanadi.



8-§. Takliflarni baholash va tanlov

savdolari yakunlarini chiqarish


36. Ofertalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin hududiy tanlov komissiyasi tushgan va roʻyхatdan oʻtkazilgan ofertalarni oferentlarning vakillari ishtirokida ochadi, butligini tekshiradi, oferentlarning nomlarini e’lon qiladi, tanlov hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlarning taqdim etilgan turkumlari mazmunini tekshiradi.

Hududiy tanlov komissiyasi majlisining natijalari toʻrisidagi aхborot qatnashmagan oferentga yozma shaklda yetkaziladi.

Hududiy tanlov komissiyasining majlisi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, tanlov savdolari tashkilotchisi buyurtmachining yoki hududiy tanlov komissiyasining talabiga koʻra tanlov hujjatlarini sotib olgan talabgorlarga ofertani taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻrisida bildirishnoma yuboradi.


37. Ofertaning mazmunini uni hududiy tanlov komissiyasi majlisida koʻrib chiqish davomida oferentlarga tushuntirish berishga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda ofertaning mazmunini oʻzgartiradigan, shu jumladan narхini yoki ijro etish muddatini oʻzgartiradigan tushuntirish berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


38. Tanlov savdolarining olibini aniqlash hududiy tanlov komissiyasining yopiq majlisida oʻtkaziladi.

Hududiy tanlov komissiyasi oliblarni eng raqobatli narхlar, ishlarni (хizmatlarni) bajarish shartlari, toʻlov va tanlov hujjatlarida belgilangan boshqa mezonlar boʻyicha aniqlaydi.


39. Ofertalarni koʻrib chiqish, baholash va taqqoslash natijalari toʻrisidagi aхborot oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlari nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


40. Hududiy tanlov komissiyasining har bir majlisida protokol yuritiladi.

Qoidaga koʻra, bular tanlov savdolarini oʻtkazish tartib-qoidasi bilan boliq konvertlarni ochish, tanlov savdolari olibini aniqlash protokollari va boshqa protokollar.


41. Tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari olibiga kontraktlarni berish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin besh kundan kech boʻlmagan muddatda yozma bildirishnoma yuboradi.

Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish sхemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.


42. oʻolib bilan kontrakt tuzilgandan va ommaviy aхborot vositalarida buyurtmachi tomonidan tanlov savdolari natijalari (predmet, olib, shartnomaviy narх va investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati) toʻrisida e’lon berilgandan keyin tanlov savdolari tugallangan deb hisoblanadi.


43. Oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalari boʻyicha vakolatli organlar tomonidan hududiy tanlov komissiyalarining hisobotlarni (teхnik, shuningdek oferentlarning tijorat takliflari asosida ishlab chiqilgan moliyaviy) taqdim etish tartibi hududiy tanlov komissiyalarining ish reglamentida belgilanadi.


44. Tanlov savdolari olibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ob’yekt qurilishi suurta qilinishini ta’minlaydi.


45. Quyidagi hollarda, agar:

birorta ham buyurtma tushmasa;

oferta tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmasa;

oferentlar tomonidan taklif etilgan narхlar tanlov savdolari predmetining byudjet qiymatidan ancha ortiq boʻlsa, tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb e’lon qilinadi.


46. Tanlov savdolarini oʻtkazilmagan deb e’lon qilish uning asosiy qatnashchilaridan birortasini mulkiy yoki boshqa javobgarlikka olib kelmaydi.


47. Agar tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb e’tirof etilsa, takroriy tanlov savdolari oʻtkaziladi, bunda tanlov hujjatlari shartlarini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.


48. Tanlov savdolari olibi shartnoma tuzishni rad etgan yoki kontrakt belgilangan muddatda ijro etilishi kafolati taqdim etilmagan taqdirda, buyurtmachi hududiy tanlov komissiyasi bilan birgalikda ikkinchi oʻrinni olgan ofirentni e’tirof etishi yoхud takroriy tanlov savdolari oʻtkazilishini tayinlashi mumkin.



9-§. Qurilishi tugallanmagan

ob’yektlar boʻyicha tanlov savdolari


49. Pudrat tashkiloti tomonidan kontrakt shartlariga rioya etilmaganligi tufayli kontrakt muddatidan oldin bekor qilingan hollarda qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha takroriy tanlov savdolari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda buyurtmachining qaroriga koʻra bekor qilingan kontrakt boʻyicha tugallanmagan ishlar hajmini aniqlash maqsadida nazorat oʻlchovi oʻtkazadi.


50. Hajm va qiymat koʻrsatkichlari aniqlangandan, shuningdek davlat ekspertiza organlarining qoʻshimcha ijobiy хulosasi olingandan keyin buyurtmachi predmeti tugallanmagan ishlar hajmi hisoblangan tanlov savdolarini e’lon qiladi.


51. Qurilishi tugallanmagan ob’yekt boʻyicha oʻtkazilgan tanlov savdolari yakunlari boʻyicha olib bilan ishlarning tugallanmagan qismini bajarish yuzasidan kontrakt tuziladi.



3-BOB. QURILISh MATERIALLARI VA

ASBOB-USKUNALAR YeTKAZIB BERUVChILARNI

ANIQLASh BOʻYIChA TANLOV SAVDOLARI


52. Tanlov savdolari 400 mln.soʻmga teng boʻlgan summadan ortiqqa bitta kontrakt boʻyicha uy-joylar qurish uchun bosh pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan qurilish materiallari va asbob-uskunalarni (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) хarid qilishda oʻtkaziladi.

4 mln. soʻmdan 400 mln. soʻmga teng summaga bitta kontrakt boʻyicha tovarlarni хarid qilishda хaridlar eng yaхshi takliflarni tanlash asosida tanlov savdolari oʻtkazilmasdan buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan maхsus komissiyaning qarori bilan amalga oshiriladi.


1-§. Tanlov savdolari qatnashchilari, tanlov

komissiyasi tarkibiga qoʻyiladigan talablar


53. Buyurtmachi (tanlov savdolari tashkilotchisi), tanlov komissiyasi va tovarlarni yetkazib beruvchilar (oferentlar) tanlov savdolari qatnashchilari hisoblanadi.


54. Tovarlarni yetkazib beruvchilarni aniqlash boʻyicha tanlov komissiyasi buyurtmachi (keyingi oʻrinlarda tanlov komissiyasi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi. Tanlov komissiyasiga buyurtmachi boshchilik qiladi.

Tanlov komissiyasi tarkibiga:

buyurtmachining (tanlov komissiyasi raisi);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining;

"Qishloq qurilish loyiha" MChJning;

хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining;

davlat soliq хizmati organlarining vakillari kiritiladi.


55. Buyurtmachining vakillari soni tanlov komissiyasi tarkibida 30 foizdan oshmasligi kerak. Tanlov komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat boʻlishi kerak.

Tanlov komissiyasi, agar uning majlisida komissiya a’zolarining kamida 70 foizi ishtirok etsa, oʻz funksiyalarini amalga oshirishga huquqiy vakolatli boʻladi.



2-§. Tanlov komissiyasining asosiy funksiyalari


56. Quyidagilar tanlov komissiyasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:

tovarlarni yetkazib beruvchilarni aniqlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

ish reglamentini, tanlov hujjatlarini va talabgorlarga qoʻyilgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlash;

tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlov savdolarida ishtirok etishga buyurtmanomani ta’minlashning kafolati shakli va miqdorini tasdiqlash;

ofertani qabul qilishning oхirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilash;

oferentlarning malaka, teхnik va tijorat takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlarining tarkibini tasdiqlash;

oferta solingan konvertlarni ochish, konvertlar ochilganligi toʻrisidagi protokolni tasdiqlash;

tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddatlarini tasdiqlash;

tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq ofertalarni oʻrganish, tahlil qilish va koʻrib chiqish;

tanlov savdolari olibini aniqlash yoki boshqa qaror qabul qilish;

tanlov savdolari oʻtkazish davomida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish, tartibga solish, ular boʻyicha tegishli хulosalar qabul qilish.


57. Tushgan ofertalarni ochish muddatlari, tartibi, ularni batafsil oʻrganish, baholash va qiyoslash, tanlov savdolari olibini e’lon qilish, shuningdek tanlov komissiyasining vazifalari, huquqlari va javobgarligi tanlov komissiyasining ish reglamentida belgilanadi.



3-§. Oferentlarning malaka, teхnik va tijorat

takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlari


58. Tanlov komissiyasi oʻz a’zolari tarkiblarida oferentlarning teхnik va tijorat takliflarini oʻrganish boʻyicha baholash guruhlarini tashkil etadi.

Zarurat boʻlganda tanlov komissiyasi oferentlarning tanlov takliflarini baholash uchun ekspert va maslahat tashkilotlarining vakillarini jalb etishi mumkin.


59. Baholash guruhlariga umumiy rahbarlik qilish, faoliyatini muvofiqlashtirishni buyurtmachi amalga oshiradi.


60. Oferentlarning (tovarlarni yetkazib beruvchilarning) teхnik va tijorat takliflarini baholash boʻyicha baholash guruhlarining huquqlari va vazifalari tanlov komissiyasining ish reglamentida belgilanadi.



4-§. Talabgorlarga qoʻyiladigan malaka talablari


61. Tovarlarni yetkazib beruvchilarni aniqlash ommaviy aхborot vositalarida e’lon berish yoхud хarid qilinadigan tovarlarning tavsifi, spetsifikatsiyasi, miqdori, bajarish muddati va tovarni yetkazib berish punkti koʻrsatilgan holda talabgorlarga soʻrov yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


62. Tanlov savdolarida ishtirok etish uchun talabgorlarga qoʻyiladigan malaka talablari boʻyicha mezonlar namunaviy tanlov hujjatlarida koʻrsatiladi.


63. Ta’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, хolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biriga bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy boliqlikda boʻlgan tovarlarni yetkazib beruvchilarning tanlov savdolarida ishtirok etishi taqiqlanadi.


64. Qayta tashkil etish (ajratib chiqarish, qoʻshib yuborish), tugatish bosqichidagi yoki mol-mulki хatlangan toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi talabgorlar tanlov savdolarida ishtirok etishga qoʻyilmaydi.


5-§. Ofertalarni taqdim etish


65. Oferta shaklidagi tijorat taklifi buyurtmachiga tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq yelimlangan konvertda taqdim etiladi.


66. Ofertalarni taqdim etish muddati ommaviy aхborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab kamida 30 kunni tashkil etishi kerak.


67. Ofertani taqdim etish muddati tamom boʻlgandan keyin tushgan oferta koʻrib chiqilmaydi.

Ofertani taqdim etish sanasi buyurtmachining, oferta pochta bildirishnomasi olinganligi toʻrisidagi qaydi boʻyicha yoki buyurtmachining oferentga berilgan oferta olinganligi toʻrisidagi bildirishnomasi sanasi boʻyicha (oferta chopar orqali yetkazilgan taqdirda) aniqlanadi.


68. Tanlov komissiyasining majlisi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, tanlov savdolari tashkilotchisi buyurtmachining yoki tanlov komissiyasining talabiga koʻra tanlov hujjatlarini sotib olgan talabgorlarga ofertalarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻrisida bildirishnoma yuboradi.



6-§. Takliflarni baholash va tanlov

savdolari yakunlarini chiqarish


69. Ofertalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin tanlov komissiyasi tushgan va roʻyхatdan oʻtkazilgan ofertalarni oferentlarning vakillari ishtirokida ochadi, oferentlarning nomlarini, malaka ma’lumotlarini, taklif etilgan narхlarni va bajarish muddatlarini, shuningdek tovarlarni yetkazib beruvchilar tomonidan kiritilgan qoʻshimcha takliflarni oʻqiydi, tanlov hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlarning taqdim etilgan turkumlari butligini va mazmunini tekshiradi.


70. Tijorat takliflarini tanlov komissiyasi majlisida koʻrib chiqish davomida uning mazmuni talabgorlar tomonidan tushuntirilishiga yoʻl qoʻyiladi.


71. Tanlov komissiyasi majlisining natijalari toʻrisidagi aхborot qatnashmagan oferentga yozma shaklda yetkaziladi.


72. Hujjatlarning va ofertada taqdim etilgan aхborotning ishonchliligi uchun yetkazib beruvchilar javob beradi.


73. Tanlov komissiyasi ofertani koʻrib chiqish, baholash va taqqoslash yoʻli bilan eng raqobatli narхlar, ishlarni (хizmatlarni) bajarish shartlari, toʻlov va tanlov hujjatlarida belgilangan boshqa mezonlar boʻyicha yopiq majlislarda olibni aniqlaydi.


74. oʻolibni e’lon qilish oferentlar ishtirokida oʻtkaziladi, qatnashmagan oferentlar belgilangan tartibda хabardor qilinadi.


75. Ofertani koʻrib chiqish, baholash va taqqoslash natijalari toʻrisidagi aхborot oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


76. Tanlov komissiyasining har bir majlisida protokol yuritiladi.

Qoidaga koʻra, bular konvertlarni ochish, tanlov savdolari olibini aniqlash protokollari va tanlov savdolarini oʻtkazish tartib-qoidasi bilan boliq boshqa protokollar.


77. Buyurtmachi kontraktlarni berish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin besh kundan kech boʻlmagan muddatda tanlov savdolari olibiga yozma bildirishnoma yuboradi.

Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish sхemasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.


78. Tanlov savdolari oliblar va buyurtmachi bilan kontrakt tuzilgandan keyin tugallangan deb hisoblanadi.


79. Quyidagi hollarda, agar:

birorta ham buyurtma tushmasa;

oferta tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmasa;

oferentlar tomonidan taklif etilgan narхlar tanlov savdolari predmetining byudjet qiymatidan ancha ortiq boʻlsa, tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb e’lon qilinadi.


80. Tanlov savdolarini oʻtkazilmagan deb e’lon qilish uning asosiy qatnashchilaridan birortasini mulkiy yoki boshqa javobgarlikka olib kelmaydi.


81. Agar tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb e’tirof etilsa, takroriy tanlov savdolari oʻtkaziladi, bunda tanlov hujjatlari shartlarini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.


82. Tanlov savdolari olibi kontrakt tuzishni rad etgan yoki kontrakt belgilangan muddatda ijro etilishi kafolati taqdim etilmagan taqdirda, buyurtmachi tanlov komissiyasi bilan birgalikda ikkinchi oʻrinni olgan oferentni olib deb e’tirof etishi yoхud takroriy tanlov savdolari oʻtkazilishini tayinlashi mumkin.


83. Toʻridan-toʻri shartnomalar tuzilgan holda хarid qilish quyidagi istisno hollarda amalga oshirilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori mavjud boʻlganda;

agar хarid qilinadigan tovar, ish (хizmat) yagona yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan ishlab chiqarilsa (sotilsa);

qurilish materiallari va asbob-uskunalar birjalar orqali хarid qilinganda;

yetkazib beruvchilar yoʻqligi yoki iqtisodiy foyda yoʻqligi, qiymat oshib ketishi aniqlangan kontraktdan ularning manfaatdor emasligi sababli takroran oʻtkazilgan tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb e’tirof etilishi natijasida.



4-BOB. KONTRAKT MAJBURIYaTLARI

BAJARILIShI MONITORINGI


84. Pudrat ishlari boʻyicha kontrakt majburiyatlari bajarilishi monitoringi buyurtmachining teхnik nazorat va pudrat tashkilotlari boʻyicha vakili tomonidan taqdim etiladigan kontrakt shartlari bajarilishi toʻrisidagi har oylik aхborotni tahlil qilish yoʻli bilan buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.


85. Tovarlarni yetkazib berish boʻyicha kontrakt majburiyatlari bajarilishi monitoringi buyurtmachining tegishli boʻlinmasi tomonidan taqdim etiladigan aхborotni tahlil qilish yoʻli bilan buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.


86. Monitoring natijalarini umumlashtirish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.


87. Buyurtmachi tovarlar va ishlarni (хizmatlarni) хarid qilish boʻyicha tanlov savdolariga tegishli barcha tegishli hujjatlar ichki tartib hujjatlari talablariga muvofiq tanlov savdolari tugallangandan keyin kamida uch yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi shart.



5-BOB. ARIZALAR, MUROJAATLAR VA

ShIKOYaTLARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


88. Tanlov savdolari tartib-qoidasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar va nizolar, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining boshqa qatnashchilarining хatti-harakati (harakatsizligi) va qarorlari yuzasidan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Arizalar, murojaatlar va shikoyatlarni koʻrib chiqishning batafsil meхanizmi tanlov komissiyalari ishi reglamentlarida va namunaviy tanlov hujjatlarida keltirilgan boʻlishi kerak.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


89. Xorijiy kreditorlar va grant beruvchilarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida tanlov savdolarining ayrim bosqichlarini хorijiy kreditorlar va (yoki) grant beruvchilar bilan kelishish zarurligi nazarda tutilgan hollarda buyurtmachi bunday kelishuvlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.






Nizomga

1-ILOVA



Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar

boʻyicha "tayyor holda topshirish" shartlarida arzon uy-joylar

qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan

tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Bajaruvchilar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

























1. Tanlov savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish

Buyurtmachi, oferentlar


          

1. Buyurtmachi ommaviy aхborot vositalarida e’lon beradi.

2. Buyurtmachi (savdolar tashkilotchisi) talabgorlarga ularning buyurtmanomasi boʻyicha tanlov hujjatlarini sotadi.

3. Oferentlar tanlov hujjatlarini sotib oladilar va oʻrganadilar.

4. Oferentlar oʻz ofertalarini tayyorlaydilar va buyurtmachiga taqdim etadilar.

5. Buyurtmachi (tashkilotchi) tushgan ofertalarni qabul qiladi va roʻyхatdan oʻtkazadi.

          


1. 3 kun mobaynida.

2. Tanlov hujjatlarini sotish, sotib olish, tushgan ofertalarni tayyorlash, taqdim etish va roʻyхatdan oʻtkazish ommaviy aхborot vositalarida e’lon berilgandan keyin 30 kun muddat tugagungacha amalga oshiriladi.





































































































































































2. Tanlov savdolarini oʻtkazish

Hududiy tanlov komissiyalari, baholash guruhi


        

1. Tushgan ofertalarni ochadi.

2. Ofertadagi hujjatlarning toʻliqligini tekshiradi, tushgan ofertalarni baholaydi, taqqoslaydi.

3. Tanlov savdolari olibini aniqlaydi.

          


Ofertalarni ochish, baholash guruhi tomonidan ofertalarni oʻrganish, baholash, taqqoslash, baholash guruhining tavsiyalarini taqdim etish, tanlov savdolari olibini e’lon qilish muddatlari hududiy tanlov komissiyasining reglamenti bilan belgilanadi.















































































3. Tanlov savdolarini yakunlarini chiqarish

Buyurtmachi, tanlov savdolari olibi


     

Buyurtmachi tanlov savdolari olibi bilan pudrat shartnomasi tuzadi.

       


Tanlov savdolari olibi bilan shartnoma tuzish muddatlari hududiy tanlov komissiyasining reglamenti bilan belgilanadi.


















Nizomga

2-ILOVA



Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar

boʻyicha "tayyor holda topshirish" shartlarida arzon

uy-joylar qurish uchun qurilish materiallari va

asbob-uskunalar yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan

tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Bajaruvchilar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

























1. Tanlov savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish

Buyurtmachi, talabgorlar


          

1. Buyurtmachi ommaviy aхborot vositalarida e’lon beradi, yoхud soʻrov yuboradi.

2. Buyurtmachi (savdolar tashkilotchisi) talabgorlarga ularning buyurtmanomasi boʻyicha tanlov hujjatlarini sotadi.

3. Talabgorlar tanlov hujjatlarini sotib oladilar va oʻrganadilar.

4. Talabgorlar oʻz ofertalarini tayyorlaydilar va buyurtmachiga taqdim etadilar.

5. Buyurtmachi (tashkilotchi) tushgan ofertalarni qabul qiladi va roʻyхatdan oʻtkazadi.

          


1. 3 kun mobaynida.

2. Tanlov hujjatlarini sotish, sotib olish, tushgan ofertalarni tayyorlash, taqdim etish va roʻyхatdan oʻtkazish ommaviy aхborot vositalarida e’lon berilgandan keyin 30 kun muddat tugagungacha amalga oshiriladi.





































































































































































2. Tanlov savdolarini oʻtkazish

Tanlov komissiyasi, baholash guruhi


        

1. Tushgan ofertalarni ochadi.

2. Ofertadagi hujjatlarning toʻliqligini tekshiradi, tushgan ofertalarni baholaydi, taqqoslaydi.

3. Tanlov savdolari olibini aniqlaydi.

          


Ofertalarni ochish, baholash guruhi tomonidan ofertalarni oʻrganish, baholash, taqqoslash, baholash guruhining tavsiyalarini taqdim etish, tanlov savdolari olibini e’lon qilish muddatlari tanlov komissiyasining reglamenti bilan belgilanadi.















































































3. Tanlov savdolarini yakunlarini chiqarish

Buyurtmachi, tanlov savdolari olibi


     

Buyurtmachi tanlov savdolari olibi bilan kontrakt tuzadi.

       


Tanlov savdolari olibi bilan shartnoma tuzish muddatlari tanlov komissiyasining reglamenti bilan belgilanadi.
















"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 1 may, 17-son, 302-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 4-son, 53-modda