Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 06.04.2017 y. OʻRQ-426-son "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.03.2017 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.03.2017 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

06.04.2017 y.

N OʻRQ-426



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaSIGA OʻZGARTIShLAR

VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 17 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 28 martda ma’qullangan



Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu oʻzgartishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda.


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda;  2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1, 343-modda; 2014 yil, N 4, 85-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 80-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash";


2) 81-moddaning yettinchi qismidagi "Oliy хoʻjalik sudi" degan soʻzlar "Sudyalar oliy kengashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 83-moddadagi "Oliy хoʻjalik sudi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 93-modda birinchi qismining 13 va 14-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar  sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi";


5) 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat";


6) 110-moddaning:

birinchi qismi "jinoiy" degan soʻzdan keyin "iqtisodiy" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning" degan soʻzlar "quyi sudlarning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 111-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"111-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga koʻmaklashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudini birlashtirish, ma’muriy hamda iqtisodiy sudlarni tashkil etish toʻrisidagi qoidalar 2017 yil 1 iyundan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                      Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 7 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 aprel, 14-son, 213-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 4-son, 134-modda