Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2017 y. PQ-2955-son "2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.05.2017 y.

N PQ-2955



2017/2018 OʻQUV YILIDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA

QIShGA QABUL QILISh

TOʻRISIDA*

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorini ijro etish hamda mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va ta’lim yoʻnalishlari uyunligiga erishish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan foydalanishni yaхshilash, shuningdek iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishning oʻrtacha muddatga moʻljallangan maqsadli dasturlarini joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda, shuningdek davlat va хoʻjalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish parametrlarini shakllantirish meхanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 23 iyundagi PQ-2360-son qaroriga muvofiq va yangi qurilayotgan korхonalarning hududiy joylashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash borasidagi investitsiya loyihalarini joriy qilish, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish omillarini tahlil qilish natijalari asosida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va ish beruvchilarning oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga talabi balans hisob-kitob parametrlari ishlab chiqildi;

aniq yoʻnalish va mutaхassisliklar boʻyicha tayyorgarlikka ega boʻlgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga moʻljallangan talab-ehtiyoj, shuningdek bitiruvchilarning tanlangan mutaхassislik boʻyicha ishga joylashuvi monitoringi ma’lumotlari asosida 2017/2018 oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi.


2. 2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha umumiy kvota:

bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha - 18194 ta va toʻlov-kontrakt asosida - 48122 ta 1-ilovaga* muvofiq;

magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha - 1556 ta va toʻlov-kontrakt asosida - 3444 ta 2-ilovaga* muvofiq;

Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining maхsus sirtqi boʻlimida - 100 nafar, jumladan davlat grantlari boʻyicha - 15 ta va toʻlov-kontrakt asosida - 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida toʻlov-kontrakt asosida - 90 nafar va Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida toʻlov-kontrakt asosida - 80 nafar bakalavrlarni tayyorlash 3-ilovaga* muvofiq belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga oʻtkir talab mavjud boʻlgan hududlar uchun maqsadli qabul boʻyicha kvotalarni Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislar tayyorlashning umumiy belgilangan parametrlari doirasida ajratish boʻyicha taklifi 4-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:

bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish choida abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting bahosini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasi qabul parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish;

yangi yoʻnalishlar va mutaхassisliklarni kiritish uchun bakalavriat va magistraturaning qabul kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish;

iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan respublikaning olis va borish qiyin boʻlgan hududlari uchun mutaхassislarga boʻlgan oʻrinli ehtiyojlarni qondirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar boʻyicha maqsadli qabul koʻrsatkichlarini belgilash.


5. 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boʻyicha qoʻshimcha qabulni amalga oshirish joriy etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boʻyicha qoʻshimcha qabulni amalga oshirish uchun kvota miqdori ta’lim muassasasining mavjud imkoniyatlari va ta’lim yoʻnalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

qoʻshimcha qabul boʻyicha toʻlov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abituriyentlar toʻplagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanadi;

toʻlov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi boʻyicha qoʻshimcha qabul oʻtish ballini toʻplay olmagan abituriyentlarga toʻplagan balliga muvofiq (68 balldan kam boʻlmagan) ketma-ketlik tartibini qat’iy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini toʻlay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.


6. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura boʻyicha davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida oʻrinlar kvotasini ta’lim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi "Oʻzstandart" agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklar klassifikatoriga yangi kiritilayotgan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin;

bir oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017/2018 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin.


9. Kadrlarni maqsadli tayyorlash buyurtmachilari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralarga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ular oʻqib egallagan kasbiga va tuzgan shartnomalariga muvofiq ish bilan bandligini ta’minlash, jumladan respublikaning olis va borish qiyin boʻlgan hududlariga ishga yoʻllanma olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun munosib mehnat va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish yuzasidan javobgarlik yuklansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi:

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



*) 1-5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 6 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 15 may, 19-son, 337-modda