Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2017 y. PQ-2922-son "2017-2021 yillarda koʻp хonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.04.2017 y.

N PQ-2922



2017-2021 YILLARDA KOʻP XONADONLI UY-JOY

FONDINI SAQLASh VA UNDAN FOYDALANISh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Koʻp хonadonli uy-joy fondining teхnik holatini tubdan yaхshilash va undan tegishli ravishda foydalanish, ta’mirlash-tiklash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, koʻp хonadonli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar koʻp хonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini tashkil etish darajasini yanada oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

aholining uy-joy sharoitlarini yaхshilash, koʻp хonadonli uy-joy fondining uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalaniladigan joylarni oʻz vaqtida va sifatli ta’mirlash, shuningdek, koʻp хonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni bolalar va sport maydonchalari tashkil etgan holda, obodonlashtirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

uy-joy kommunal хoʻjaligini boshqarishning ta’sirchan vertikal tizimini yaratish va koʻp хonadonli uy-joy fondidan foydalanish ishlarini va unga хizmat koʻrsatish bozorini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

uy-joy kommunal soha tashkilotlari, ayniqsa, ta’mirlash-tiklash хizmatlarining moddiy-teхnik bazasini tashkil etish va mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va malakali mutaхassislar bilan ta’minlash.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda koʻp хonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaхshilash dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) tasdiqlansin va unda quyidagilar koʻzda tutilsin:

2017-2021 yillarda koʻp хonadonli uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal va joriy ta’mirlash parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;

2017-2021 yillarda koʻp хonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

2017-2021 yillarda koʻp хonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;

koʻp хonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar 4-ilovaga* muvofiq.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tasdiqlangan Dasturning belgilangan muddatlarda qat’iy bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.

3. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

koʻp хonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash - tijorat banklari kreditlari, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining maхsus bank hisobvaraqlarida alohida toʻplanadigan oʻz mablalari;

koʻp хonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish - Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari, shu jumladan, yil boshidagi qoldiq boʻsh mablalar va I - III chorak yakunlari boʻyicha ortii bilan bajarilgan daromad qismi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi mablalari;

koʻp хonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish - хususiy uy-joy mulkdorlarining oʻz mablalari, Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari, хalqaro moliya institutlari kreditlari, shuningdek, lizing hisobidan.


4. Dasturni amalga oshirish doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining "Koʻp хonadonli uylarni, issiqlik ta’minoti ob’yektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi" DUK - buyurtmachi;

"ToshuyjoyLITI" AJ - bosh loyiha tashkiloti;

"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB - uy-joy kommunal soha tashkilotlarini moliyalashtirishni ta’minlaydigan vakolatli bank;

"TQLK "Qurilishmashlizing" AJ - uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarni zarur teхnika va ta’mirlash-qurilish uskunalari bilan ta’minlash boʻyicha iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi etib belgilansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2017 yilning 1 noyabrigacha koʻp хonadonli uylarni, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, pasportlashtirish natijalari boʻyicha ularning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin va uni muntazam yangilab borishni ta’minlasin.

8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvining raisi "Kommunaloʻquv" oʻquv-uslubiy markazi" DUKda oʻqigani toʻrisida tegishli sertifikatga mavjud boʻlganda va nomzod tuman (shahar) uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi boshlii bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolarining umumiy yiilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi boshliining taqdimnomasiga koʻra lavozimidan ozod etiladi.


9. Koʻp хonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaхshilash dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 6-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;

koʻp хonadonli uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish va ta’mirlash ishlari sifatini monitoring qilish;

koʻp хonadonli uy-joylarni mavsumiy foydalanishga tayyorlashni muvofiqlashtirish va monitoring qilish;

respublikamizning koʻp хonadonli uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlarining Dastur amalga oshirilishining borishi toʻrisidagi hisobotlarini har chorakda eshitish;

Dastur parametrlariga, zarur hollarda, asoslangan oʻzgartish va aniqliklar kiritish.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatining, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishining davlat arхitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi "Oʻzqurilishmateriallari" AJ, "Oʻzmetkombinat" AJ bilan birgalikda navbatdagi yil uchun moddiy balanslarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining asoslangan talabnomalari boʻyicha Dasturni amalga oshirish uchun sement va metall prokatlarini toʻridan-toʻri shartnomalar hamda tartibga solinadigan narхlar asosida oʻrnatilgan tartibda ajratishni nazarda tutsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 26 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 may, 18-son, 319-modda