Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2017 y. 243-son "Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.04.2017 y.

N 243



QIShLOQ JOYLARDA YaNGILANGAN NAMUNAVIY

LOYIHALAR BOʻYIChA ARZON UY-JOYLAR QURISh

UChUN PUDRAT TAShKILOTLARINI HAMDA QURILISh

MATERIALLARI VA ASBOB-USKUNALARNI YeTKAZIB

BERUVChILARNI ANIQLASh YuZASIDAN TANLOV

SAVDOLARI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Tanlov savdolarini oʻtkazish meхanizmini yanada takomillashtirish, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarini yetkazib beruvchilarni aniqlashda raqobat muhitini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi" MChJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, boshqa vazirliklar, idoralar va moliyalashtiruvchi tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq bir oy muddatda:

qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha "tayyor holda topshirish" shartlari asosida arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan namunaviy tanlov hujjatlarini;

qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan namunaviy tanlov hujjatlarini ishlab chiqsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi va "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi" MChJ bilan birgalikda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha "tayyor holda topshirish" shartlari asosida arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan bir oy muddatda hududiy tanlov komissiyalarini tashkil etsinlar.

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi" MChJ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan bir oy muddatda tanlov komissiyasi tashkil etsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha "tayyor holda topshirish" shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 13 fevraldagi 37-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 2-son, 9-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 1 may, 17-son, 302-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 4-son, 53-modda