Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 05.04.2017 y. 71-mh-son "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.12.2016 y. 2090-13-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.04.2017 y.

N 2090-13




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

05.04.2017 y.

N 71-mh


BUYRUI



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 106-son "Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 30 martdagi 64-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2090, 2010 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.



Vazir oʻrinbosari                                  N. Joʻrayev






Buyruqqa

ILOVA



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 50-bandda:

"3 - 7-paragraflarida" degan soʻzlar "2-1 - 7-paragraflarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mazkur Yoʻriqnomaning 53-2, 74, 78 va 80-bandlari talablari koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda tasdiqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.".


2. Quyidagi mazmundagi 2-1-paragraf bilan toʻldirilsin:


"2-1-§. Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va

hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron

hamkorlikni qoʻllagan holda tasdiqlash


50-1. Koʻchmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash Toshkent shahrida - 2017 yil 1 iyuldan, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - 2018 yil 1 iyuldan e’tiboran Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom hamda mazkur paragrafda belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.

50-2. Koʻchmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash uchun ariza beruvchi davlat notarial idorasiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida shaхsiy kabinet orqali elektron arizani bevosita toʻldirish yoʻli bilan yoki elektron arizani toʻldirish uchun koʻchmas mulkning kadastr yimajildi, pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qilishi mumkin.

Ariza beruvchi davlat notarial idorasiga oʻzi kelib murojaat qilganda, elektron ariza uning nomidan notarial idoraning хodimi tomonidan toʻldiriladi.

50-3. Elektron ariza toʻldirilgandan keyin soliqlar, kommunal хizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) boʻyicha хizmatlar) va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik, koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va хatlash mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida yoki Tizimda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

Soliqlar, kommunal хizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va хatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va хatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi tushuntiriladi va uning talabiga koʻra yozma bildirishnoma beriladi.

Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal хizmatlar yoki elektr energiyasi boʻyicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlashi mumkinligi tushuntiriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar toʻrisidagi ma’lumotlar tezkorlik bilan Tizimda aks ettiriladi.

50-4. Soliqlar, kommunal хizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) boʻyicha хizmatlar) va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va хatlash mavjud boʻlmasa elektron arizaga noyob raqam beriladi.

Notarial idorada Tizim orqali toʻldirilgan elektron arizaga noyob raqam berilganda elektron ariza toʻldirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.

Elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida taraflar ushbu Yoʻriqnomaning 50-8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan soʻng bitim notarial tartibda tasdiqlanadi.

50-5. Elektron arizaga noyob raqam Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin.

50-6. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin.

Ariza beruvchining хohishiga koʻra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi.

Koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani toʻldirish qayta amalga oshiriladi.

50-7. Notariusga noyob raqam berilgan elektron ariza qooz yoki elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, undagi ma’lumotlarning aktualligi notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

Qoozda chop etilgan elektron ariza unda koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlagan holda ariza beruvchi tomonidan imzolanadi va bitim boʻyicha hujjatlar bilan birga qoʻshib tikiladi.

50-8. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

noyob raqam berilgan elektron arizaning qooz yoki elektron shakldagi nusхasi;

pasport yoki bitim taraflarining shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻchmas mulkning kadastr yimajildi;

хususiylashtirilgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishda - koʻchmas mulkni хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida - "Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi" davlat unitar korхonasidan) olingan хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻrisida ma’lumotnoma;

agar koʻchmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa - erning (хotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;

agar koʻchmas mulkning qurilishi tugallanmagan boʻlsa - mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

agar koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa - garovga oluvchining roziligi;

agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaхs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa - vasiylik va homiylik organining roziligi;

yuridik shaхslar uchun - yuridik shaхs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);

davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻrisidagi ma’lumotlar, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek doimiy propiskaga ega shaхslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaхslarning pasportiga oid ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.".


3. 53-2-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy хarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi хizmati uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar. Ushbu ma’lumotnomalar Toshkent shahrida - 2017 yil 1 iyuldan, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - 2018 yil 1 iyuldan e’tiboran talab etilmaydi;

kommunal хizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) boʻyicha хizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar (jismoniy shaхslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);";

sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaхslar haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;".


4. 77-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar Toshkent shahrida - 2017 yil 1 iyuldan, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - 2018 yil 1 iyuldan e’tiboran notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.".


5. 78-bandda:

oʻn birinchi хatboshidan "(agar ushbu vakil bilan yuridik shaхs oʻrtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, unda notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab qilinadi)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi, toʻlov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).

Mazkur bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaхsga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaхs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.".


6. 80-bandda:

toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻninchi - oʻn ikkinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi - oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin.


7. 95-bandda:

oltinchi va yigirmanchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

yettinchi - yigirma beshinchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi - yigirma uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;

yigirma uchinchi хatboshidagi "oʻninchi, oʻn beshinchi va oʻn yettinchi" degan soʻzlar "toʻqqizinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn oltinchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"98. Korхonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korхonani boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.".


9. 117-bandda:

toʻqqizinchi - oʻn uchinchi хatboshilar quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"mulkdorning roziligi (agar yuridik shaхsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlsa);

davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);

taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).

Mazkur bandning yettinchi va sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaхsga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaхs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.";

oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.


10. 125-bandda:

beshinchi va oʻn oltinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

oltinchi - yigirmanchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - oʻn sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oʻn sakkizinchi хatboshidagi "uchinchi, toʻrtinchi va oʻn birinchi" degan soʻzlar "uchinchi va toʻrtinchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 128-bandda:

oʻn ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻn uchinchi - yigirma birinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi - yigirmanchi хatboshilar deb hisoblansin.


12. 136-bandda:

uchinchi хatboshidan "hamda doimiy propiska qilingan shaхslarning roziligi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"mulkdorning ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila a’zolarining (eri (хotini) va ularning farzandlari) roziligi.";

toʻrtinchi - toʻqqizinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;

oʻninchi хatboshidagi "yettinchi" degan soʻz "sakkizinchi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


13. 137-bandda:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshi oltinchi хatboshi deb hisoblansin.


14. 140-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"140. Korхonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda quyidagilar talab qilinadi:

ijaraga beruvchining (ijaraga oluvchining) ta’sis hujjatlari va davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomasi;

yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomasi;

vakilning vakolatini va shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar;

kreditorlarga berilgan хabarnoma;

ijaraga berilayotgan korхona yoki uning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi;

vasiylikdagi shaхsga qarashli boʻlgan korхona ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


15. 140-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"140-1. Mazkur Yoʻriqnomaning 140-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda, notarius ushbu korхonaning boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.".


16. Quyidagi mazmundagi 12-1-paragraf bilan toʻldirilsin:


"12-1-§. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash


141-1. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:

mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusхasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);

tekin foydalanishga berilayotgan mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-хotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-хotinning) roziligi;

vasiylikdagi shaхsga qarashli boʻlgan mol-mulk tekin foydalanishga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.

Tekin foydalanishga berilayotgan mulk davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligini tekshirishi lozim.

141-2. Koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 136 - 137-1-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar talab qilinadi.

141-3. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.

Agar mulkdan tekin foydalanishning muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulkdan tekin foydalanishda esa - uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulkdan tekin foydalanish shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.".


17. 146-bandda:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi - oʻninchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


18. 169-bandda:

oʻn yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻn sakkizinchi - yigirma ikkinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi - yigirma birinchi хatboshilar deb hisoblansin;

yigirma birinchi хatboshidagi "oʻn birinchi, oʻn oltinchi va oʻn yettinchi" degan soʻzlar "oʻn birinchi va oʻn oltinchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Shartnoma narsasi koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasi boʻlganda, mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanganligi va хatlanganligi haqidagi ma’lumotlar notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.".


19. 204-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


20. 345-bandda:

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qonunning 80-moddasi talablari tushuntirilganligi;";

oltinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishli ravishda yettinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.


21. 33-paragraf quyidagi mazmundagi 347-1-band bilan toʻldirilsin:

"347-1. Notarius ijro хati yozilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uning nusхasini qarzdor doimiy roʻyхatda turgan joydagi ijro organiga yuborishi shart.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 aprel, 14-son, 240-modda