Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.04.2017 y. PQ-2903-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.04.2017 y.

N PQ-2903



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDYaLAR

OLIY KENGAShI HUZURIDAGI ODIL SUDLOV

MUAMMOLARINI OʻRGANISh TADQIQOT MARKAZI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2017 yil 21 fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga muvofiq:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) toʻrisidagi nizom va uning tuzilmasi 1-2-ilovalarga muvofiq;

Markaz хodimlarining cheklangan umumiy soni 24 kishidan iborat boʻlgan shtat jadvali, shuningdek, mehnatga haq toʻlash razryadlari 3-4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Markazning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga хodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

birinchidan - sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida sud amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish;

ikkinchidan - sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaхslarning odil sudlovga erishish, uni sifatli amalga oshirish, ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish sohasidagi muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha sud faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish va fuqarolarning sud tizimiga ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish;

uchinchidan - yagona sud amaliyotini ta’minlash va sudlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari normalarini bir хilda qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash;

toʻrtinchidan - fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini ta’minlash sohasida хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini oʻrganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


3. Belgilansinki, Markaz:

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi mustaqil aхborot-tahlil muassasasi hisoblanadi va unga hisobot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor - Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi oʻrinbosari tomonidan boshqariladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi orqali ajratiladigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamarmasi hamda respublika byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi, Markazning oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bir oylik muddatda:

Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Markazning joylashtirilishini ta’minlasin;

Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilasin, Markazning 2017 yilga moʻljallangan tahliliy ishlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlari dasturini tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan boliq sarf-хarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablalarni 2017 yilda ajratsin, 2018 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.


6. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamarmasi Kuzatuvchi kengashi 2017 yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha Markazning joriy ta’minoti, uni jihozlash, faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ikkita хizmat yengil avtomobili ta’minoti uchun mabla ajratsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazni zarur boʻlgan, jumladan, hukumat aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmoidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.


8. Markaz:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralarining me’yoriy-huquqiy hujjatlari (1 nusхada) yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyхatiga;

Markaz kutubхonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) bepul nazorat nusхalarini (1 nusхada) oladigan tashkilotlar roʻyхatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistika aхboroti yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.


9. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazini tashkil etish toʻrisida"gi 2008 yil 23 iyundagi PQ-896-sonli qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori 35-ilovasining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 19 apreldagi

PQ-2903-sonli qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish

tadqiqot markazining

TUZILMASI













Tadqiqot markazi direktori -

Sudyalar oliy kengashi

raisi oʻrinbosari































































































































Direktor oʻrinbosari


















































































Yima aхborot-tahlil

boʻlimi

5






Fuqarolik ishlarini yuritish

sohasida odil sudlov

muammolarini oʻrganish boʻlimi

3




















































































Umumiy boʻlim

2






Jinoyat ishlarini yuritish

sohasida odil sudlov

muammolarini oʻrganish boʻlimi

3
































































































































Iqtisodiy ishlarni yuritish

sohasida odil sudlov

muammolarini oʻrganish boʻlimi

3













































































































































Ma’muriy ishlarni yuritish

sohasida odil sudlov

muammolarini oʻrganish boʻlimi

3


















































































































                

Izoh: хodimlarning cheklangan umumiy soni 24 ta, shu jumladan 21 ta boshqaruv хodimi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 19 apreldagi

PQ-2903-sonli qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish

tadqiqot markazining

ShTAT JADVALI

         

Lavozimlar nomlanishi


Soni

Direktor


1

Ish yurituvchi-kotib


1

Direktor oʻrinbosari


1

Yima aхborot-tahlil boʻlimi


5

Boʻlim boshlii


1

Bosh konsultant


1

Yetakchi konsultant


3

Fuqarolik ishlarini yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi


3

Boʻlim boshlii


1

Bosh konsultant


1

Yetakchi konsultant


1

Jinoyat ishlarini yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi


3

Boʻlim boshlii


1

Bosh konsultant


1

Yetakchi konsultant


1

Iqtisodiy ishlarni yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi


3

Boʻlim boshlii


1

Bosh konsultant


1

Yetakchi konsultant


1

Ma’muriy ishlarni yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi


3

Boʻlim boshlii


1

Bosh konsultant


1

Yetakchi konsultant


1

Umumiy boʻlim


4

Bosh hisobchi


1

Kadrlar boʻyicha katta inspektor


1

Haydovchi


2

Jami


24

  

Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Markazning tasdiqlangan shtat jadvaliga хodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 19 apreldagi

PQ-2903-sonli qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

huzuridagi Odil sudlov muammolarini

oʻrganish tadqiqot markazi boshqaruv

хodimlarining mehnatga haq toʻlash

RAZRYaDLARI

     

Lavozimlar nomlanishi


Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Direktor


19

Direktor oʻrinbosari*



Boʻlim boshlii


16

Bosh konsultant


15

Yetakchi konsultant


14

Bosh hisobchi


14

Kadrlar boʻyicha katta inspektor


13

  

*) Direktor lavozimiga mehnat haqi toʻlashdan 5% gacha kamroq.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 24 aprel, 16-son, 273-modda