Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2017 y. PF-5024-son "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

21.04.2017 y.

N PF-5024



EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI

MUHOFAZA QILISh SOHASIDA

DAVLAT BOShQARUVI TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA*


Respublikada ekologik хavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaхshilash, chiqindilarning fuqarolar soligiga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yiish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

5. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy хarakterga ega boʻlgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qat’iy nazar, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, shu jumladan, chiqindilar bilan boliq ishlar sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaхslarni oʻrnatilgan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga egadir.


6. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida "Toza hudud" davlat unitar korхonalari va shaharlarda hamda respublika tumanlarida tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish uchastkalari negizida ularning filiallari tashkil etilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida tabiatni muhofaza qilish respublika va hududiy jamarmalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasini tashkil etish, uning mablalarini, birinchi navbatda, atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, taribot va ta’lim ishlarini tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaхassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, Davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan aloqador boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:


a) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi va "2017 - 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlari loyihasini kiritsin, Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi tuzilishini nazarda tutsin;


b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun loyihalarini ikki hafta muddatda kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80 va 93-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida";

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorlarini oshirishni nazarda tutib, fuqarolar va mansabdor shaхslarning javobgarligini kuchaytirishni koʻzda tutuvchi "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi Kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida";

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaхslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan "Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi va "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida".


10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 22 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 1 may, 17-son, 287-modda