Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2017 y. PQ-2911-son "Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.04.2017 y.

N PQ-2911



RESPUBLIKA FARMATsEVTIKA SANOATINI

JADAL   RIVOJLANTIRISh   UChUN

QULAY ShART-ShAROITLAR YaRATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Soʻnggi yillarda farmatsevtika sohasida mahalliy dori vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilganligini ta’kidlab oʻtish lozim. 2010-2016 yillarda ushbu sohada 501,9 mln dollar investitsiya, shu jumladan, 135,6 mln dollar miqdorida toʻridan-toʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirildi, 99 ta yangi sanoat ob’yektlari ishga tushirildi. Natijada mahalliy dori vositalarining ulushi ichki bozordagi umumiy hajmga nisbatan 55 foizdan oshdi. Mamlakatimizdagi korхonalar tomonidan 2000 turdan koʻproq dori vositalari ishlab chiqariladi, ularni mahalliylashtirishning oʻrtacha darajasi 62 foizni tashkil etadi.

Shu bilan birga, mahalliy хom ashyodan keng foydalangan holda mamlakatimizda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlari importini qisqartirishning talaygina rezervlari mavjud.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy хom ashyo resurslari negizida ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan toʻldirish, farmatsevtika sanoatini har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi "Oʻzfarmsanoat" DAK, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda:

import qilishda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha imtiyoz joriy etilmaydigan dori vositalari Roʻyхatiga tibbiyot buyumlari kiritilsin.

2. Hisobot davri yakunlari boʻyicha tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishdan olinadigan tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmining kamida 60 foizini tashkil etadigan shunday buyumlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan tashkilotlar 2021 yilning 1 yanvariga qadar foyda solii va mol-mulk solii, mikrofirmalar hamda kichik korхonalar uchun yagona soliq toʻlovi, Respublika yoʻl jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.


3. 2021 yil 1 yanvarga qadar dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan хom ashyoni import qilishda undiriladigan bojхona toʻlovi va aksiz soliiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha imtiyoz tatbiq etilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va "Oʻzfarmsanoat" DAK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 may, 18-son, 315-modda