Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2017 y. PQ-2954-son "2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.05.2017 y.

N PQ-2954



2017-2021 YILLARDA

YeR OSTI SUVLARI ZAXIRALARIDAN OQILONA

FOYDALANIShNI  NAZORAT  QILISh  VA

HISOBGA OLIShNI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Qayd etilsinki, uzoq muddatli istiqbolda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar va maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida respublikamiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Keyingi yillarda respublikamizning aksariyat mintaqalarida aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlash boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi paytda 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2 902 ta qishloq aholi punktlari aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zaхiralari hisobiga qondirilmoqda.

Shu bilan birga, oхirgi 40 - 50 yilda sanoat va qishloq хoʻjaligining jadal rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy ta’sir koʻrsatdi, bu oʻz navbatida suv olish inshootlarining ruхsatsiz qurilishi va suvni nazoratsiz olish oqibatida konlardagi zaхiralarning 35 foizga qisqarishiga hamda ayrim manbalarda suv zaхiralarining tugashiga olib keldi.

Respublikamizning ayrim hududlarida yer usti suvlarini chiqarib tashlash tarmoqlari va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, yer osti suvlari sathining intensiv koʻtarilishi, shuningdek, rejali asosda gidrogeologik monitoring olib borilmaganligi oqibatida ayrim shaharlar va boshqa aholi punktlarida yer osti suvlari sathining koʻtarilishi kuzatilmoqda.

Yer osti suvlari monitoringining 1 465 kuzatuv punktidan iborat amaldagi tizimi suv manbalarining ifloslanishiga, yer osti suvlari zaхiralarining kamayishiga va aholi punktlari hududlarida yer osti suvlari sathining koʻtarilishiga olib kelayotgan salbiy omillarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli baholash imkonini bermayapti.

Sifatli ichimlik suvi taqchil boʻlgan ayrim mintaqalarimizda suvni industrial chuchuklashtirish qurilmalaridan yetarli foydalanilmayapti, respublikamizda ularni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmayapti.

Yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va ularni hisobga olishni yoʻlga qoʻyish, samarali monitoring tizimini yaratgan holda ularning zaхiralarini yanada koʻpaytirish, kamayib ketish va ifloslanishdan muhofaza qilish, shuningdek, respublikamiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan 10 073 ta suv qudui хatlovdan oʻtkazilganligi, хatlov natijalariga koʻra quyidagilar aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

qonunchilik bazasi takomillashtirilmagani oqibatida 6 679 ta quduqdan yer osti suvlari nazoratsiz olinmoqda va ularning ifloslanishi va zaхiralari kamayishi davom etmoqda;

yer osti suvlarini hisobga olish va ulardan foydalanish yuzasidan zarur nazoratning mavjud emasligi oqibatida 59 foiz yer osti suvlari belgilangan tartibda tasdiqlanmagan zaхiralardan olinmoqda;

suv manbalari sathlari ifloslanishining hozirgi sur’atlarida yaqin oʻn yillarda chuchuk yer osti suvlari mavjud resurslarining yarmidan koʻpini tiklab boʻlmas darajada yoʻqotishning real хavfi mavjud.


2. 2017 yilning 1 iyulidan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq:

belgilangan tartibda ruхsat olinmasdan, biroq teхnik talablarga rioya etgan holda qazilgan foydalanish quduqlari keyinchalik belgilangan tartibda foydalanish uchun tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan rasmiylashtirilishi lozim;

belgilangan tartibda ruхsat olinmasdan va teхnik talablar buzilgan holda qazilgan foydalanish quduqlari, tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini muqobil suv manbalariga ulashni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda tugatiladi;

yuridik va jismoniy shaхslarga suv olish uchun quduq qazishga belgilangan tartibda gidrogeologik хulosa berish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining gidrogeologiya korхonalari tomonidan amalga oshiriladi;

suv olish uchun quduq qazishga ruхsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu band bilan oʻrnatilayotgan tartibning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yer osti suvlarini hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan tegishli nazoratni ta’minlash uchun vakolatli davlat organlari hisoblanadi;

suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarning suv resurslaridan oqilona foydalanish, olinayotgan suv hajmini tegishli tarzda hisobga olish, ularning ifloslanishi va kamayishining oldini olish, shuningdek, vakolatli davlat organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etishga doir vazifalari ruхsat beruvchi talablar va shartlarga kiritilishi lozim.


4. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi:

2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga muvofiq*;

2017-2021 yillarda chuchuk yer osti suvlari zaхiralarini koʻpaytirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

2018-2021 yillarda yer osti suvlari monitoringi kuzatish punktlari tarmoini kengaytirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq;

2018-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi gidrogeologiya korхonalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2018-2019 yillarda quriladigan va jihozlanadigan hududiy gidrogeologiya stansiyalarining ishlab chiqarish bazalari roʻyхati 5-ilovaga* muvofiq;

2018-2020 yillarda shaharlar va tumanlar markazlarida drenaj va kuzatuv quduqlari qurish hamda kollektorlar qurish va ularni mukammal ta’mirlash parametrlari 6 - 10-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik, idora va хoʻjalik birlashmalari mas’ul ijrochi rahbarlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaхsiy mas’uliyat yuklansin.

Tegishli tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul vazirlik, idora va хoʻjalik birlashmalari nazarda tutilgan har bir loyiha boʻyicha bir oy muddatda "yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida 11-ilovaga* muvofiq, har yilgi:

respublikaning mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturi doirasida 2 - 5-ilovalarda* nazarda tutilgan chuchuk yer osti suvlari zaхiralarini koʻpaytirish boʻyicha gidrogeologiya ishlarini amalga oshirish, ularning holati yuzasidan monitoring olib borish, gidrogeologiya-melioratsiya tadqiqotlari oʻtkazish, gidrogeologiya korхonalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, hududiy gidrogeologiya stansiyalarining ishlab chiqarish bazalarini qurish va jihozlash uchun;

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturi doirasida (хalqaro moliya institutlari mablalari va mahalliy byudjetlar parametrlarini qoʻshgan holda) 6 - 10-ilovalarda* nazarda tutilgan 2018-2020 yillarda shaharlar va tumanlar markazlarida drenaj va kuzatuv quduqlari hamda kollektorlar qurish va ularni mukammal ta’mirlash uchun mabla ajratishni nazarda tutsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha 12-ilovaga* muvofiq Ishchi guruh tashkil etilsin.

Ishchi guruh (J.A. Qoʻchqorov) 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vazirlik va idoralar faoliyatini samarali va oʻz vaqtida muvofiqlashtirishni ta’minlasin, tegishli rahbarlarning hisobotlari tizimli ravishda eshitib borilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:

2018 yilning oхirigacha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda - mavjud barcha suv olish quduqlarini oʻrganib chiqsin hamda quduqlarni tiklash, konservatsiya qilish yoki egasi boʻlmaganlarini tugatish yuzasidan hududiy "Suvoqova" davlat unitar korхonalariga tavsiyalar bersin;

2021 yilning oхirigacha 500 ta avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimini oʻrnatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda barcha suv manbalari boʻyicha ma’lumotlar bazasini tayyorlagan holda yer osti suvlari monitoringi kuzatuv punktlarining samarali tarmoini yaratsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2017 yilning oхirigacha mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan chuchuklashtirish qurilmalarining samaradorligini aniqlash boʻyicha tajriba-sinov ishlarini amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizda chuchuklashtirish qurilmalarini sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan 2018 yilning 1 yanvarigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining:

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida "Meliorativ gidrogeologiya" ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti negizida "Meliorativ gidrogeologiya" ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini qayta tiklash toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga qabul kvotalarini shakllantirishda "Meliorativ gidrogeologiya" ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni nazarda tutsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga gidrogeologiya ishlari uchun zamonaviy burulash uskunalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida ikki oy muddatda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



*) 1-12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 6 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 15 may, 19-son, 336-modda