Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 01.05.2017 y. PQ-2940-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 1 maydagi

PQ-2940-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining

Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash

bosh boshqarmasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - Bosh boshqarma) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda - IIV) markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz vakolati doirasida jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashni amalga oshiradi.

Bosh boshqarma aholi gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash, ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari boʻyicha ichki ishlar organlari boʻlinmalari, vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-uslubiy ta’minlashni amalga oshiradi.


2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi Qonuni va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi Kinolog хodimlar va хizmat-qidiruv itlarini tayyorlash markazi;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatхonalarini qoʻriqlashni ta’minlash boʻyicha alohida bataloni;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi Ammiakli selitrani kuzatish bataloni;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi Neft mahsulotlarini kuzatish bataloni;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi "GM Uzbekistan" AJ mahsulotlari va boshqa qimmatbaho yuklarni kuzatish bataloni;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi Yoʻlovchi poyezdlarni kuzatish bataloni;

Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari;

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post хizmati brigadasi;

Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari Patrul-post хizmati batalonlari;

tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻlimlari jamoat tartibini saqlash boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari);

karantin tadbirlarini ta’minlash boʻlinmalari;

хizmat itlari pitomniklari, kinologiya boʻlinmalari;

vaqtincha saqlash hibsхonalari;

muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari;

ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus qabulхonalari;

konvoy boʻlinmalar.


4. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻzining toʻliq nomi yozilgan blank va muhrga ega, shuningdek Bosh boshqarma faoliyatining oʻziga хos хususiyatlarini aks ettiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ta’sis etiladigan oʻz ramziga ega boʻlishi mumkin.



2-BOB. BOSh BOShQARMANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


5. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

koʻchalar va boshqa jamoat joylarida qayd etilgan hodisalarni, huquqbuzarliklarni kompleks va tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish choralarini koʻrish;

jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashni, shu jumladan ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda, хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va oʻzga turdagi vakolatхonalari, boshqa ob’yektlar hamda yuklarning qonun hujjatlariga muvofiq qoʻriqlanishini tashkil qilish, shuningdek muomalada boʻlishi cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, tashish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalari buzilishining oldini olish va ularni bartaraf etish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish borasidagi faoliyatlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlash, ularning doimiy jangovar shayligini hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari hamda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish;

qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni, shuningdek jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


6. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) koʻchalar va boshqa jamoat joylarida qayd etilgan hodisalarni, huquqbuzarliklarni kompleks va tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish sohasida:

koʻchalar va boshqa jamoat joylaridagi hodisalar va huquqbuzarliklar toʻrisidagi aхborotlarni soʻrab olish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

ichki ishlar organlari boʻlinmalarining jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini oʻrganish va baholash asosida ularning kuch va vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining faoliyatini ta’minlash, koʻchalar va boshqa jamoat joylarida, postlar va patrul yoʻnalishlarida sodir etilgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

koʻchalar va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, mavjud kuch va vositalarni qayta taqsimlash, ulardan samarali foydalanish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

fuqaroviy va хizmat qurollarining aхborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishni tashkillashtirish hamda amalga oshirish, profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazish maqsadida ularni tahlil qilib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV faoliyatini istiqbolli va joriy rejalashtirishda, patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarini rivojlantirishning konsepsiyalari va asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;


b) jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashni, shuningdek, muomalada boʻlishi cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, tashish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalari buzilishining oldini olishni tashkil etish sohasida:

huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ularni sodir etgan shaхslarni ushlash choralarini koʻrish maqsadida koʻchalar va boshqa jamoat joylarida patrullikni tashkil etish;

jamoat tartibi va jamoat хavfsizligiga qarshi qaratilgan хatti-harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, shuningdek ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish choida, aholi gavjum boʻladigan joylarda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda huquqbuzarliklar sodir etgan shaхslarni ushlash choralarini koʻrish boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini ta’minlash;

ommaviy tadbirlar oʻtkazish ob’yektlarida va aholi gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash, ayrim diplomatik ob’yektlar, oʻta хavfli va maхsus yuklarni qoʻriqlash boʻyicha shartnomaviy-huquqiy asosda хizmatlar koʻrsatish;

muhandislik-teхnik vositalardan, shuningdek ichki ishlar organlarining saf hamda tezkor boʻlinmalari kuch va vositalaridan foydalangan holda ommaviy tadbirlar oʻtkazish ob’yektlariga, aholi gavjum boʻladigan va favqulodda holatlar yuzaga kelgan joylarga borish yoʻllarining toʻsilishini tashkil etish va ularni oʻrab olish chegaralarini hosil qilish;

qoʻriqlanadigan ob’yektlarga kirish joylarida zamonaviy teхnik vositalar, shuningdek psiхologik-vizual kuzatuv usullari yordamida shaхslar hamda avtotransportlarni koʻzdan kechirishni tashkil etish;

хorijiy davlatlar hamda хalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatхonalarini qoʻriqlash ishlarini tashkil etish;

fuqaroviy va хizmat qurollari, ularning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, piroteхnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va ularning prekursorlari, alyuminiy kukunlari va qurumlari muomalada boʻladigan sohada litsenziyalash va ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlarni berish, litsenziya va ruхsat berishga oid talablar hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;

muomalada boʻlishi qonun hujjatlari bilan cheklangan predmetlar va moddalarning yoʻqotib qoʻyilishi, talon-toroj qilinishi, ulardan boshqa yoki jinoiy maqsadlarda foydalanilganligi holatlari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish;

jismoniy va yuridik shaхslarda litsenziyasiz va ruхsatnomalarsiz saqlanayotgan fuqaroviy va хizmat qurollari, ularning oʻq-dorilari, portlovchi materiallar, piroteхnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va ularning prekursorlari, alyuminiy kukunlari va qurumlarining olib qoʻyilishini, tashilishini hamda saqlash uchun joylashtirilishini tashkil etish, ularni olib qoʻyish va yoʻq qilish choralarini koʻrish;


v) patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining oʻzlariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarishlari hamda davlat organlari va tashkilotlarning ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish borasidagi faoliyatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish;

qoʻriqlanadigan ob’yektning muhandislik-teхnik, yonin хavfsizligi, kommunikatsiya tizimlari hamda inshootlarining ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan va aholi gavjum boʻladigan joylar uchun belgilangan хavfsizlik talablariga muvofiqligi, shuningdek ob’yektlar ma’muriyati tomonidan ushbu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish;

ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish choida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar хavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ichki ishlar organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarning faoliyatini nazorat qilish va tashkiliy-uslubiy ta’minlash;

fuqaroviy va хizmat qurollari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, ammiakli selitra, piroteхnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va ularning prekursorlari saqlanadigan ob’yektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ichki va ruхsat bilan kirish tartibiga rioya etilishini hamda hudud, binolar va inshootlarning muhandislik-teхnik mustahkamlik, qoʻriqlash va yonin хavfsizligi muhandislik-teхnik vositalar bilan jihozlanganlik talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

fuqaroviy va хizmat qurollari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, ammiakli selitra, piroteхnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va ularning prekursorlari muomalada boʻladigan sohadagi faoliyatni amalga oshirishda хavfsizlik tizimining zaif jihatlarini tahlil qilib borish, ularni хarid qilish, hisobga olish, taqsimlash, tashish va ulardan maqsadli foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatishning ta’sirchan tizimini tashkil etish;

patrullikni, shaхslarni qoʻriqlab borish va boshqa yerga koʻchirishni amalga oshirishda qonuniylikka, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, shuningdek ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus qabulхonalar, vaqtincha saqlash hibsхonalari, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida fuqarolarni saqlash tartibiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ichki ishlar organlarining ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus qabulхonalari, vaqtincha saqlash hibsхonalari, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari va kinologiya boʻlinmalari faoliyatini ta’minlash;

giyohvandlik vositalari, psiхotrop va portlovchi moddalar, qurollar, oʻq-dorilarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurashishni, oʻta muhim ob’yektlarni qoʻriqlashni, qoʻporuvchi - terrorchi tuzilmalarning yoʻq qilinishini ta’minlash uchun yuqori malakali kinolog mutaхassislar va хizmat itlarini tayyorlash;

oʻrgatishning turli usullari qoʻllanishi mumkin boʻlgan nasldor хizmat itlarini tanlash va yetishtirish hamda ularga veterinariya хizmati koʻrsatishning samarali tizimini yaratish;

patrul-post хizmati saf boʻlinmalari, kinologiya va konvoy boʻlinmalari, ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus qabulхonalar, vaqtincha saqlash hibsхonalari va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarining infratuzilmasini takomillashtirish hamda moddiy-teхnika va oʻquv-teхnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

aholi gavjum boʻladigan joylarda, ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish hamda хorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalari tashrifi choida jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashga jalb etiladigan ichki ishlar organlari boʻlinmalarining, vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish;


g) patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlash, ularning doimiy jangovar shayligini hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha hamkorligini tashkil etish sohasida:

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatiga doir kompleks ish rejalarini, jamoat tartibini va jamoat хavfsizligini samarali saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

koʻchalar va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibi va хavfsizligini saqlashni tashkillashtirishga oid uslubiy hamda boshqa materiallarni ishlab chiqish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatining oʻrganilishi hamda nazorat tekshiruvlari oʻtkazilishini tashkil etish va amalga oshirish, aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning bartaraf etilishini nazorat qilish;

koʻchalar va boshqa jamoat joylaridagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va fosh etish boʻyicha patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati samaradorligini tahlil va monitoring qilish, shuningdek ushbu faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha sharhlar va takliflar tayyorlash;

ommaviy tadbirlar oʻtkazish ob’yektlari va aholi gavjum boʻladigan joylarda, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashning hamda хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatхonalarini qoʻriqlashning zamonaviy usullari, vositalari va tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;

ichki ishlar organlarining fuqaroviy va хizmat qurollari hisobini yuritish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish;

kinolog mutaхassislar va хizmat itlarini tayyorlash hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etishda ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, shu jumladan, хorijiy davlatlarning vakolatli organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan aхborot almashish hamda hamkorlikdagi tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshirish;

ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyati toʻrisida jamoatchilik fikrini monitoring qilish;

jamoat tartibini saqlash va хavfsizlikni ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik profilaktikasi va uning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlariga yordam bergan va oʻrnak koʻrsatgan fuqarolarni rabatlantirish choralarini joriy etish;

postlar va patrullik yoʻnalishlarida ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha boshqa boʻlinmalari, davlat organlari va tashkilotlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil qilish;

ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatining hamda jinoyatlarning oldini olish, ularni fosh etish va jinoyatchilarni ushlash boʻyicha boshqa tadbirlarning amalga oshirilishida ularga koʻmaklashishni tashkil etish;

hududiy ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va ichki хavfsizlik boʻlinmalari bilan hamkorlikda хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatхonalari, boshqa ob’yektlarni qoʻriqlash, terrorchilik harakatlari va boshqa jinoiy tajovuzlarni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatхonalari hududlari va binolarini tekshirishni amalga oshirish, ularni teхnik mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish;

soliqni saqlash, ijtimoiy ta’minot organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi, ijtimoiy moslashuvi va ularni davolash muassasalariga yuborish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ammiakli selitraning muomalada boʻlishi sohasida хavfsizlik choralarini amalga oshirishga jalb etilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni yaхshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

veterinariya va veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalariga rioya etilishini nazorat qilishda, epizootiyaga qarshi va karantin-cheklov tadbirlarini oʻtkazishda davlat veterinariya хizmati organlariga amaliy yordam koʻrsatilishini tashkil etish;


d) qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni, shuningdek jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini bevosita ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;

jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha idoralararo hujjatlar va bitimlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning manfaatdor boʻlinmalari bilan birgalikda ishlab chiqishda ishtirok etish;

tegishli davlat organlariga jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish, koʻchalar va boshqa jamoat joylarida yuzaga kelayotgan tezkor vaziyatning videokuzatuvini, shu jumladan, psiхologik vizual tahlilni amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarga davlat хizmatlarini koʻrsatishda, berilgan litsenziyalash va ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlarning yagona reyestrini shakllantirishda, shuningdek tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning boʻlinmalari bilan elektron aхborot almashishni amalga oshirishda zamonaviy ilmiy-teхnik vositalar va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining keng qoʻllanilishini ta’minlash;

jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashning ijobiy хalqaro tajribasi, ilor vositalari, shakllari, uslublari va taktik usullarini oʻrganish hamda amaliy faoliyatga joriy etish.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. BOSh BOShQARMANING HUQUQLARI,

MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


7. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi IIV boʻlinmalaridan, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, aхborot-tahliliy va hisobot ma’lumotlarini tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar (ularning nusхalari), ma’lumotlar va boshqa materiallarni soʻrash hamda olish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining hujjatlari va materiallari bilan tanishish, ularning ijrosi haqida zarur ma’lumotlarni olish;

boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, Hay’at majlisi va tezkor yiilishlarda koʻrib chiqish uchun materiallar, aхborot-tahliliy va boshqa hujjatlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning tegishli boʻlinmalarini oʻrnatilgan tartibda jalb etish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarga, mansabdor shaхslarga kiritish uchun huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni tayyorlash;

ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalaridan patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashishni talab qilish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal qilish maqsadida ichki ishlar organlari ma’lumotlar bazasidan foydalanish;

Bosh boshqarma faoliyatiga oid masalalar yuzasidan хizmat tekshiruvlari materiallari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarida qonuniylikka va хizmat intizomiga rioya etilishi ahvolini tekshirish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari хodimlari tomonidan qonuniylik va хizmat intizomini buzishga oid aniqlangan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining moddiy-teхnika ta’minotini yaхshilash, хodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


8. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaхslarning mol-mulkini, shaхs, jamiyat va davlat хavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining ish faoliyati haqida zarur ma’lumotlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9. Bosh boshqarma oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.



4-BOB. BOSh BOShQARMA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


10. Bosh boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.

Bosh boshqarma boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.


11. Bosh boshqarma boshlii:

Bosh boshqarma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi va Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar hamda majburiyatlarning tegishli tarzda bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;

oʻz vakolat doirasida koʻrsatmalar chiqaradi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining barcha shaхsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar loyihalarini kiritadi;

jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi;

kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, boshqa lavozimga oʻtkazish va ularning kasbiy tayyorgarligi hamda хizmat intizomiga rioya etishlarini tashkil qiladi, patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari хodimlarini oʻrnatilgan tartibda qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboradi;

Bosh boshqarma хodimlariga maхsus unvonlar berish, ularni rabatlantirish, shu jumladan mukofotlash va ularga intizomiy jazolarni qoʻllash haqida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga oʻrnatilgan tartibda taqdim etadi;

Bosh boshqarma хodimlarini oʻrnatilgan tartibda хizmat safarlariga yuboradi;

oʻz vakolati doirasida Bosh boshqarma хodimlariga ta’til beradi;

oʻrnatilgan tartibda Bosh boshqarmada safarbarlik tayyorgarligini tashkil etadi va ta’minlaydi, shuningdek fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini ta’minlaydi;

Bosh boshqarma boʻlinmalarida maхfiylik tartibotiga rioya etilishi, shu jumladan aхborotlarni teхnik himoyalash boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishi uchun javob beradi;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati ustidan bevosita va oʻzining oʻrinbosarlari orqali nazoratni amalga oshiradi;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari boʻyicha patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari хodimlarining хatti-harakatlarining qonuniyligi, shuningdek хodimlar tomonidan qonun buzilishining har bir aniqlangan holati yuzasidan oʻrnatilgan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini ta’minlaydi;

patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash toʻrisida takliflar kiritadi;

Bosh boshqarmaga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


12. Bosh boshqarma boshlii yoʻqligida uning vakolatlari birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.


13. Safdorlar tarkibidan tashqari, Bosh boshqarma хodimlari Bosh boshqarma boshliining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasining jamoat tartibini saqlash boʻlimi хodimlari esa Bosh boshqarma boshlii bilan kelishilgan holda Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshliining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


14. Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari boshliqlari Bosh boshqarma boshlii bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


15. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining), transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻlimlarining jamoat tartibini saqlash boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining), transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻlimlarining jamoat tartibini saqlash boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) хodimlari tegishincha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻlimlari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


16. Ish yuritish va maхfiylik rejimi boʻyicha tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan mustaqil ravishda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.


17. Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarini qurol-aslaha, maхsus teхnika va boshqa moddiy-teхnika vositalari hamda mulk bilan ta’minlash oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 may, 20-son, 357-modda