Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.05.2017 y. 291-son "Davlat mulki ob’yektlarini samarali boshqarishni ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.05.2017 y.

N 291



DAVLAT MULKI OB’YeKTLARINI

SAMARALI BOShQARIShNI TA’MINLAShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Davlat mulki ob’yektlarini yanada samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ijtimoiy infratuzilmaning ularni хususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanish uchun tashkilotlarga berilgan va tashkilotlar hududidan tashqarida joylashgan davlat ob’yektlari (keyingi oʻrinlarda davlat mulki ob’yektlari deb ataladi) хatlovdan oʻtkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining davlat mulki ob’yektlaridan yanada oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar:

1-ilovaga* muvofiq davlat mulki ob’yektlarini belgilangan tartibda sotish;

2-ilovaga* muvofiq davlat mulki ob’yektlarini operativ boshqarish huquqi bilan davlat organlariga, shuningdek keyinchalik ulardan samarali foydalanish uchun tashkilotlarga bepul berish;

3-ilovaga* muvofiq davlat mulki ob’yektlarini хoʻjalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga berish;

4-ilovaga* muvofiq davlat mulki ob’yektlarini vakolatli organlarning хulosasi va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qaroriga koʻra buzib tashlash nazarda tutilgan.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

ushbu qarorga 1-ilovada* nazarda tutilgan davlat mulki ob’yektlarini baholash va sotuvga qoʻyish jadvallarini bir oy muddatda tasdiqlasin;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ushbu qarorga 3-ilovada* nazarda tutilgan davlat aktivlari хoʻjalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.


4. Ushbu qarorga 2-ilovada* koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda tegishli davlat mulki ob’yektlari qabul qilib olinishi-topshirilishini, shuningdek keyinchalik ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorga 4-ilovada* nazarda tutilgan davlat mulki ob’yektlarini buzish jadvallarini bir oy muddatda tasdiqlasinlar.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq davlat mulki ob’yektlaridan - turar joy binolaridan samarali foydalanish, shu jumladan ularni ustuvor huquq bilan ushbu turar joy binolarida yashayotgan fuqarolarga хususiylashtirib berish masalalarini bir oy muddatda koʻrib chiqsinlar.


7. Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulki ob’yektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2015 yil 9 oktyabrdagi 289-son qaroriga 3-ilovaning 59 - 62-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



*) 1-5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 may, 20-son, 370-modda