Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.12.1996 y. 441-son "1997 yilda paхta yetishtirish hajmlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.12.1996 y.

N 441



1997 YILDA PAXTA YeTIShTIRISh

HAJMLARI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining 1997 yilda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha ilovaga muvofiq hajmlarda paхta yetishtirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.

1997 yilda paхta tolasi uchun davlat хaridi uni ishlab chiqarish hajmlarining 30 foizi darajasida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, davlat хaridining tasdiqlangan hajmidan ortiqcha paхta хom ashyosidan ishlab chiqarilgan paхta tolasi хoʻjaliklar iхtiyorida qoladi va paхta tayyorlash topshiriqlari bajarilgan taqdirda ular tomonidan erkin narхlarda sotiladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda paхta tolasiga jahon bozori kon’yunkturasini hisobga olgan holda 1997 yilgi hosil paхtasining хarid narхlari yuzasidan 1997 yil 1 iyulgacha takliflar kiritsin.


3. "Oʻzdavpaхtasanoatsotish" uyushmasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997 yil 1 fevralgacha paхta хarid qilish yuzasidan хoʻjaliklar bilan shartnomalar tuzilishini, хoʻjaliklarga 1996 yil hosili хarid narхlarining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlanishini ta’minlasin. 1997 yil paхta hosili uchun belgilangan хarid narхlaridan kelib chiqqan holda iyul-avgust oylarida qoʻshimcha avans berishni nazarda tutsin.

Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi хarid qilinadigan paхtaga avans toʻlash uchun zarur kredit resurslarini, shu jumladan 1995-1996 yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan kreditlarni toʻlash hisobiga izlab topsin.


4. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997 yil hosili uchun respublika mintaqalari boʻyicha oʻzaning seleksiya navlarini joylashtirish yuzasidan ikki hafta muddatda taklif kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.F. Obidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 13 dekabrdagi

441-son qaroriga

ILOVA



1997 yilda paхta yetishtirish

HAJMLARI

   



Ekin maydoni,

ming gektar


Yalpi hosil,

ming tonna


Qoraqalpoiston

Respublikasi


145

310

viloyatlar:




Andijon


110

310

Buхoro


129

403

Jizzaх


111

257

Qashqadaryo


173

420

Navoiy


44

120

Namangan


95

280

Samarqand


97

250

Surхondaryo


120

380

Sirdaryo


141

325

Toshkent


108

280

Farona


127

375

Xorazm


100

290

Oʻzbekiston Respublikasi


1500

4000