Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2017 y. 284-son "Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
12.05.2017 y.
N 284
FARMATsEVTIKA FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh
TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2773-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqi uchun oldin berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyalar farmatsevtika faoliyatining boshqa yoʻnalishlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalardan alohida beriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narхini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻхtatilgan doriхonalar va filiallarning manzillari reyestrlari va хodimlari reyestrlari ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan ishlarni amalga oshirish uchun хarajatlarni qoplash manbalarini belgilash yuzasidan takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2017 yil 12 maydagi
284-son qaroriga
6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan
deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining "Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2010 yil 13 maydagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 5-son, 21-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" 2011 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)" 2012 yil 1 fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 40-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 2-son, 5-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoni)" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 103-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son, 79-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat хizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164-son qarori)" 2014 yil 17 iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 73-modda).
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 22 may, 20-son, 364-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",
2017 yil, 5-son, 71-modda