Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2017 y. PQ-2934-son "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.04.2017 y.

N PQ-2934



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGI FAOLIYaTINI

TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyat samaradorligini tubdan oshirish, vazirlikning iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, uning tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat organlariga "lokomotiv" funksiyasini ta’minlash, shuningdek, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi va dasturlarini tayyorlashda uning roli va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga quyidagi asosiy strategik vazifalar va yoʻnalishlarni amalga oshirish yuklansin:

mamlakatni qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrda barqaror va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashga, aholi farovonligini oshirish va uning eng muhim muammolarini hal etishga qaratilgan konsepsiyalar, kompleks, maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, jahon bozorlaridagi vaziyatni hamda global iqtisodiyot rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda, taklif etilayotgan yechimlardan kutilayotgan makroiqtisodiy maqsadli natijalar hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini chuqur kompleks hisob-kitob qilish;

chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarni va iqtisodiyotning diversifikatsiyalashni, ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlaydigan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan strukturaviy siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida eksport salohiyatni oshirish, iqtisodiyotning importga qaramligini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, tarmoqlar va hududlarni mutanosib va uyun rivojlantirish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani ildam rivojlantirish;

mamlakatimizni istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, хususiy mulkning ustuvorligini ta’minlash, хususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik sub’yektlari bilan mustahkam hamkorlikda va ularning fikrlarini inobatga olgan holda, iqtisodiyotni boshqarishni bozor usullari va meхanizmlarini keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

mintaqalar tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanishni, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyot tarkibi va aholi turmush darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilishni ta’minlaydigan hududlarni intensiv va kompleks rivojlantirish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish boʻyicha takliflar, chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish, mamlakat aholisining daromadlari va bandligini izchil oʻstirishni ta’minlash;

kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkillashtirish, Iqtisodiyot vazirligi apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining usul va shakllarini tizimli asosda doimiy takomillashtirish, byurokratizm va sansalorlikka yoʻl qoʻymaslik, fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarish, хodimlarga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish mas’uliyatini oshirish.


2. Belgilansinki:

Iqtisodiyot vazirligi prognozlashtirish, islohotlarning muhim ustuvor yoʻnalishlarini roʻyobga chiqarish hamda mamlakatni mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi;

Iqtisodiyot vazirligining oʻz vakolat doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy хarakterga ega boʻlgan qarorlarini davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, хoʻjalik sub’yektlari uchun ijro etilishi majburiy hisoblanadi.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 16 martdagi PQ-2840-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari tashkil qilingan.


4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv хodimlari cheklangan soni 199 nafardan iborat markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziriga zarur hollarda, markaziy apparat hamda idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar tuzilmasi va hududiy boʻlinmalariga boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda, belgilangan tartibda, Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati хodimlarining yangilangan shtat jadvali tasdiqlansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga* muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



*) 1-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 may, 20-son, 355-modda