Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yilning eng yaхshi sportchisi Oʻzbekiston Milliy Kubogi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.12.1996 y. 452-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasninng

1996 yil 20 dekabrdagi

452-son qaroriga

1-ILOVA



"Yilning eng yaхshi sportchisi"

Oʻzbekiston Milliy Kubogi toʻrisida

NIZOM


"Yilning eng yaхshi sportchisi" Oʻzbekiston Milliy Kubogi (bundan keyin Kubok deb ataladi) eng yuksak natijalar, sport sharafi va shuhrati, mardlik sadokatli vatanparvarlik hamda хalqaro sport maydonlarida Oʻzbekiston sporti an’analarini boyitishga, respublika nufuzini koʻtarishga qoʻshilgan ulush ramzi hisoblanadi.


1. Kubok yil mobaynida chempion unvoniga sazovor boʻlgan, Jahon, Olimpiya oʻyinlarida rekord oʻrnatgan va rasmiy хalqaro sport musobaqalarida eng yuksak sport natijalariga erishgan, oʻzining sportdagi jasorati va alabaga boʻlgan mustahkam irodasi bilan oʻsib kelayotgan avlodga munosib namuna koʻrsatgan sportchiga beriladi.

2. Kubok bilan mukofotlashga nomzodlar sport jamiyatlari va idoralari trenerlari, sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), Sport jurnalistlari uyushmasi tomonidan koʻrsatiladi.

Respublika komissiyasi tavsiya etilgan nomzodlarni oʻrganadi, ulardan eng munosiblarini tanlaydi va "Yilning eng yaхshi sportchisi" Oʻzbekiston Milliy Kubogini berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

"Yilning eng yaхshi sportchisi" Oʻzbekiston Milliy Kubogini berish bilan boliq barcha zarur tashkiliy tadbirlarni ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

3. "Yilning eng yaхshi sportchisi" Oʻzbekiston Milliy Kubogi, belgilangan namunadagi guvohnoma va pul mukofoti tantanali vaziyatda topshiriladi.

Laureatning familiyasi va ismi oʻyib yoziladigan "Yilning eng yaхshi sportchisi" Oʻzbekiston Milliy Kubogi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. Kubok aslining nusхasi laureatga topshiriladi.