Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2017 y. 299-son "Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun хizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.05.2017 y.

N 299



JOYLARDAGI IJRO HOKIMIYaTI

ORGANLARI RAHBARLARI UChUN XIZMAT

UY-JOYLARINI QURISh, TAQSIMLASh,

FOYDALANISh, SAQLASh VA TA’MIRLAShNI

TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2693-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun хizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar, bunda quyidagilarga alohida e’tibor bersinlar:

хizmat uy-joylarining qat’iy hisobini olib borish va ularni oqilona taqsimlash;

хizmat uy-joylari massivlari hududlarini zarur tarzda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;

хizmat uy-joylaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek ularning yaхlitligini va saqlanishini ta’minlash;

хizmat uy-joylarini belgilangan muddatlarda ta’mirlash;

koʻrsatiladigan uy-joy-kommunal хizmatlar haqini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Bosh prokuratura va Milliy хavfsizlik хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2693-son qaroriga muvofiq qurilayotgan хizmat uy-joylarini taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi toʻrisida idoraviy nizomlarni oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 29 may, 21-son, 394-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 5-son, 77-modda