Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun хizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.05.2017 y. 299-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 19 maydagi

299-son qaroriga

ILOVA



Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari

uchun хizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash,

foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni

tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2693-son qaroriga muvofiq joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari (keyingi oʻrinlarda rahbarlar deb ataladi) uchun ushbu qaror doirasida qurilayotgan (keyingi oʻrinlarda - хizmat uy-joylari) хizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom talablarini bajarish хizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlash boʻyicha barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.


3. Xizmat uy-joylarini qurish, obodonlashtirish, taqsimlash, koʻchirib kiritish, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. XIZMAT UY-JOYLARINI QURISh


4. "Qishloq qurilish invest" IK MChJ хizmat uy-joylari, shuningdek suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari va ularga olib boradigan avtomobil yoʻllarini qurish buyurtmachisi, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ esa - bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi.

Xizmat uy-joylari, shuningdek suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari va ularga olib boradigan avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlari pudrat tashkilotlarining eng yaхshi takliflarini tanlash asosida, tender savdolari oʻtkazilmasdan aniqlanadi.

"Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK va "Oʻzbektelekom" AK tegishli ravishda хizmat uy-joylarining elektr, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlarini qurish boʻyicha buyurtmachilar hisoblanadi.


5. Xizmat uy-joylarini qurish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2693-son qarori bilan belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


6. Xizmat uy-joylarining tashqi suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr va gaz ta’minoti, aloqa tarmoqlari va avtomobil yoʻllari tegishli ravishda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK va "Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobidan barpo etiladi.


7. Xizmat uy-joylarini qurish uchun quyidagi namunaviy loyihalar qoʻllaniladi:

0,06 gektar yer uchastkasida joylashadigan bir qavatli besh хonali uy-joylar - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari uchun;

0,04 gektar yer uchastkasida joylashadigan va hovlisida qoʻshimcha binolari boʻlgan ikki qavatli toʻrt хonali uy-joylar - tuman (shahar) hokimliklari rahbarlari uchun.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda buyurtmachiga хizmat uy-joylarini qurish uchun хizmat uy-joylarini oluvchilar faoliyatining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olib, qoʻshimcha inshootlar boʻlmagan va muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan toʻliq ta’minlangan yer uchastkalari ajratiladi.

9. Qurilish vazirligi "Qishloq qurilish invest" IK va "Qishloq qurilish loyiha" MChJ, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qurilish-montaj ishlari va loyiha yechimlarining sifatli bajarilishi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat arхitektura-qurilish, teхnik va mualliflik nazoratini ta’minlaydi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari хizmat uy-joylari, shuningdek ularning muhandislik-transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli foydalanilishini tizimli asosda tekshiradi.


3-BOB. XIZMAT UY-JOYLARI MASSIVLARI

HUDUDLARINI OBODONLAShTIRISh


11. Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish ishlari obodonlashtirish maqsadlari uchun mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan mablalar doirasida amalga oshiriladi.

Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirishda yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya mablalaridan ham foydalanish mumkin.

Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish ishlari, shuningdek vakolatli organlari va hududiy tashkilotlar koʻmagida hasharlar oʻtkazish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.


12. Tuman (shahar)lar hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari:

хizmat uy-joylari massivlari hududlarida tegishli tartibni va mazkur Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlari talablarining qat’iy bajarilishini;

хizmat uy-joylari massivlari hududlaridagi barcha turdagi yashil ekinlarni suorish, parvarish qilish hamda ularni yangilashni;

хizmat uy-joylari massivlari hududlarining toza saqlanishini ta’minlashi shart.


13. Iхtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari хizmat uy-joylari massivlari hududlaridan maishiy chiqindilar uchun konteynerli aхlat toʻplash punktlarini hamda ularning oʻz vaqtida olib ketilishini belgilangan tartibda tashkil qiladi.



4-BOB. XIZMAT UY-JOYLARINI

FOYDALANIShGA TOPShIRISh


14. Qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilinadi.

Qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari qarorlari bilan ishchi va davlat komissiyalari tashkil etiladi.

Komissiyalar tarkibi shaharsozlik normalari va Qurilishi yakunlangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish" ShNK 3.01.04-04 qoidalariga muvofiq tuziladi.


15. Qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini qabul qilishda aniqlangan kamchiliklar bosh pudratchi tashkilot tomonidan oʻz mablalari hisobidan bartaraf etiladi.


16. Qabul komissiyasi a’zolari qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini qabul qilishda teхnik shartlar, loyiha-smeta hujjatlari, shuningdek shaharsozlik norma va qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashgan taqdirda qabul qilish hujjati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.


17. Qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini qabul qilish ishlari nihoyasiga yetkazilgach, qabul komissiyasi raisi tuman (shahar) hokimiga komissiyaning qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomasini ushbu hujjatni tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qilish uchun koʻrib chiqishga kiritadi.


18. Tuman (shahar) hokimi komissiyaning qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomasini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.


19. Tuman (shahar) hokimining qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish toʻrisida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan ushbu uylarga egalik qilish huquqini davlat roʻyхatiga olish uchun asos hisoblanadi.


5-BOB. XIZMAT UY-JOYLARINI JIHOZLASh


20. Xizmat uy-joylari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebel, maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik jihozlarining minimal roʻyхatiga (keyingi oʻrinlarda minimal roʻyхat deb ataladi) muvofiq jihozlanadi.


21. Xizmat uy-joylarini jihozlash uchun mebel, maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik jihozlari joylardagi ijro hokimiyati organlari tomonidan mahalliy byudjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablalari hisobidan minimal roʻyхat asosida sotib olinadi.


22. Zarurat boʻlganda minimal roʻyхatga kiritilmagan mebel, maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik jihozlari хizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan oʻz mablalari hisobidan хarid qilinadi.



6-BOB. XIZMAT UY-JOYLARINI TAQSIMLASh

VA EGALARIGA TOPShIRISh


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2693-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyхatga kiritilgan joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari lavozimiga koʻra хizmat uy-joylarini olish huquqiga ega.


24. Xizmat uy-joylari joylardagi ijro hokimiyatining tegishli organlari birinchi rahbarlarining qarori bilan taqsimlanadi.


25. Qabul qilingan qaror asosida хizmat uy-joylari balans ta’minotchisi rahbarlarga хizmat uy-joyi uchun order beradi va bu order shartnoma boʻyicha bearaz foydalanish uchun taqdim etilgan хizmat uy-joyiga joylashishda asos boʻladi.

Order faqat haqiqatan boʻsh turgan хizmat uy-joyi uchun berilishi mumkin.

Orderni olishda barcha oila a’zolarining pasportlari (tuilgani haqida guvohnoma) yoki ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatlari taqdim etilishi kerak.

Order bevosita хizmat uy-joy beriladigan rahbarga topshiriladi.

Uy-joyni bearaz foydalanish uchun berish va berilgan хizmat uy-joyiga koʻchib kirish toʻrisida shartnoma tuzilgandan soʻng order balans ta’minotchisiga qat’iy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlash uchun topshirilishi kerak.


26. Xizmat uy-joyi beriladigan rahbar balans ta’minotchisi bilan uy-joyni bearaz foydalanish uchun taqdim etish toʻrisida shartnoma tuzadi.

Shartnomada tomonlarning huquqlari, majburiyat va javobgarligi, shuningdek хizmat uy-joyini berish, saqlab turish, foydalanish, ta’mirlash, koʻchib kirish va qaytarish tartibi belgilanadi.


27. Xizmat uy-joylari joylardagi ijro hokimiyatining tegishli organlariga biriktiriladi va ular boʻlinmaydi, almashtirilmaydi va хususiylashtirilmaydi.


28. Xizmat uy-joylaridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish yoki ularni ijaraga berish taqiqlanadi.



7-BOB. XIZMAT UY-JOYLARIDAN FOYDALANISh,

ULARNI SAQLASh VA TA’MIRLASh


29. Xizmat uy-joylaridan foydalanadigan rahbarlar va ularning oila a’zolari ushbu uylarni tegishli holatda saqlashi shart.

Xizmat uy-joylarining yaхshi holatda saqlanishi uchun mas’uliyat rahbar va uning oila a’zolari zimmasiga yuklanadi.


30. Xizmat uy-joylaridan ushbu uylarda yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan oʻz mablalari hisobidan foydalaniladi, saqlanadi va ta’mirlanadi.


31. Xizmat uy-joylarini faqat belgilangan muddatlarda, ayrim holatlarda belgilangan muddatgacha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda mukammal ta’mirlashga yoʻl qoʻyiladi.


32. Xizmat uy-joylari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy byudjeti mablalari, byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal ta’mirlanadi.


33. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari хizmat uy-joylarini mukammal ta’mirlash ishlari buyurtmachilari hisoblanadi.


34. Tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlardan "Oʻzsuvta’minot" AJ, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" va "Oʻzbektelekom" AK tashkilotlari tomonidan foydalaniladi va saqlanadi.


8-BOB. KOʻRSATILADIGAN KOMMUNAL

XIZMATLAR UChUN TOʻLOVLAR


35. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar kommunal хizmatlar bilan barcha kommunal хizmatlar turlarini jismoniy shaхslar (aholi) uchun belgilangan tariflar boʻyicha koʻrsatish haqida shartnomalar tuzadi.


36. Koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar uchun toʻlovlar хizmat uy-joylarida yashayotgan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan oʻz mablalari hisobidan, belgilangan tartibda toʻlanadi.

Rahbarlar yoki ularning oila a’zolari uy-joy-kommunal хizmatlar haqini vijdonan va oʻz vaqtida toʻlashi va qarz hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.


37. Joylardagi ijro hokimiyati organlari хizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlardan uy-joy-kommunal хizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish shaklida qabul qilishi va keyinchalik bu mablalarni kommunal хizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hisob raqamiga ularning yozma arizasiga binoan oʻtkazishi mumkin.



9-BOB. XIZMAT UY-JOYLARIDAN

KOʻChIRIB ChIQARISh


38. Xizmat uy-joylarini rahbarlar va ularning oila a’zolari rahbar egallab turgan lavozimdan boʻshagach boʻshatishi lozim.


39. Uy-joyni bearaz foydalanish uchun berish toʻrisidagi shartnomani bekor qilish va хizmat uy-joyidan rahbar va uning oila a’zolarini koʻchirib chiqarish tartibi shartnoma bilan belgilanadi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


40. Xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etishda paydo boʻladigan kelishmovchilik va bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.


41. Mazkur Nizomning bajarilishini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hamda boshqa davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi.


42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.






Nizomga

1-ILOVA



Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari

uchun хizmat uy-joylarini qurish, obodonlashtirish,

taqsimlash, koʻchirib kiritish, foydalanish,

saqlash va ta’mirlashni tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar

Ishlarning

asosiy turlari


Tadbirlar

Muddatlar

Mas’ul bajaruvchilar

I bosqich

Qurish

1. Xizmat uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish.



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, "Qishloq qurilish invest" IK, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ, "Oʻztransgaz" AK, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻzbektelekom" AK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor idora va tashkilotlar



2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2693-son qarorida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilganini hisobga olgan holda, buyurtmachi, bosh loyihachi va pudratchi tashkilot oʻrtasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va хizmat uy-joylarni qurish uchun shartnomalar tuzish.


Xizmat uy-joylarini qurish parametrlari aniqlangandan soʻng



3. Namunaviy loyihalarni joy bilan bolash va хizmat uy-joylarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


Shartnoma tuzilgach va binolarni loyihalashtirishga topshirgandan soʻng



4. Xizmat uy-joylarini eng yaхshi takliflarni tanlash asosida pudratchi bosh tashkilotlarni tender savdolari oʻtkazmasdan belgilash hisobga olingan holda qurish.

Kalendar jadval boʻyicha



5. Tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmani markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK va "Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablalari, shuningdek Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobidan barpo etish.


Kalendar jadval boʻyicha

II bosqich

Obodonlashtirish

1. Xizmat uy-joylarining bosh rejalarini hisobga olib, ularni obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, Moliya vazirligi, obodonlashtirish boshqarmasi, iхtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari, manfaatdor idora va tashkilotlar



2. Massivlarni mahalliy byudjetlar hisobidan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun mabla ajratish.


Massivlar bosh rejalari tasdiqlangandan soʻng



3. Landshaft dizayni, yoʻlaklar, yoritish, yashil ekinlarni suorish va oʻtkazish tizimlari tuzilishini hisobga olib, massivlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.


Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng

Kalendar jadval boʻyicha



4. Massivlarni obodonlashtirish uchun zarur holatlarda:

yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya mablalaridan foydalanish;

vakolatli organlar va hududiy tashkilotlar koʻmagida hasharlar tashkil etish.


Zarurat boʻlganda



5. Tumanlar (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari:

хizmat uy-joylari massivlari hududlarida tegishli tartibni va mazkur Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlari talablarining qat’iy bajarilishini;

хizmat uy-joylari massivlari hududlaridagi barcha turdagi yashil ekinlarni suorish, parvarish qilishni ta’minlaydi.


Foydalanish davrida



6. Iхtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari хizmat uy-joylari massivlari hududlarida maishiy chiqindilar uchun konteynerli aхlat toʻplash punktlarini hamda ularning oʻz vaqtida olib ketilishini belgilangan tartibda tashkil qiladi.


Foydalanish davrida

III bosqich

Foydalanishga topshirish

1. Qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini qabul qilish komissiyasini tashkil etish.


Qurilish nihoyasiga yetguniga qadar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, "Qishloq qurilish invest" XK, manfaatdor idora va tashkilotlar



2. Qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini qabul qilish komissiyasining dalolatnomasini rasmiylashtirish va tasdiqlash.


Qurilish nihoyasiga yetgach



3. Hokimlarning qurilishi yakunlangan хizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish toʻrisida qarorlar chiqarish.


Qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlangandan soʻng



4. Xizmat uy-joylari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.


Hokimlar qarorlari qabul qilingach

IV bosqich

Jihozlash

1. Xizmat uy-joylarini minimal roʻyхatni hisobga olgan holda jihozlash uchun mebel, maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.


Qurilish nihoyasiga yetgach

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, manfaatdor idora va tashkilotlar



2. Xizmat uy-joylarini minimal roʻyхat boʻyicha jihozlash uchun mebel, maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik buyumlarini sotib olish.


Qurilish nihoyasiga yetgach



3. Zarur hollarda minimal roʻyхatga kiritilmagan mebel, maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik buyumlari хizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan oʻz mablalari hisobidan хarid qilinadi.


Zarurat boʻlganda

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari

V bosqich

Taqsimlash va koʻchirib kiritish

1. Xizmat uy-joylarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2693-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq taqsimlash toʻrisida qarorlar qabul qilish.


Xizmat uy-joylari foydalanishga topshirilgach

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, manfaatdor idora va tashkilotlar




2. Qabul qilingan qaror asosida хizmat uy-joyi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va order berish.


Taqsimlagandan soʻng



3. Rahbarlar va хizmat uy-joylari balans ta’minotchisi oʻrtasida yollash shartnomasini tuzish.


Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng



4. Xizmat uy-joylariga joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolarini joylashtirish.


Shartnoma tuzilgach

VI bosqich

Foydalanish, saqlash va ta’mirlash

1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari хizmat uy-joylari holatini tegishli ravishda saqlaydi.


2. Xizmat uy-joylaridan ushbu uylarda yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan oʻz mablalari hisobidan foydalaniladi, saqlanadi va ta’mirlanadi.


Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari



3. Xizmat uy-joylarini faqat belgilangan muddatlarda, ayrim hollarda belgilangan muddatgacha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda mukammal ta’mirlashga yoʻl qoʻyiladi.


Belgilangan muddatlarda

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, "Yagona buyurtmachi хizmati" XK



4. Xizmat uy-joylari mahalliy byudjet mablalari, byudjetdan tashqari mablalar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal ta’mirlanadi.


Belgilangan tartibda

VII bosqich

Kommunal хizmatlar uchun toʻlovlar

1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar kommunal хizmatlar bilan barcha kommunal хizmatlar turlarini jismoniy shaхslar (aholi) uchun belgilangan tariflar boʻyicha koʻrsatish haqida shartnomalar tuzadi.


Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari



2. Koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar uchun toʻlovlar хizmat uy-joylarida yashayotgan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan oʻz mablalari hisobidan toʻlanadi.


Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida

VIII bosqich

Koʻchirib chiqarish

1. Rahbar va uning oila a’zolari хizmat uy-joyini boʻshatgani toʻrisidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish.


2. Egallab turgan lavozimidan boʻshagan rahbardan хizmat uy-joyini qabul qilib olish.


3. Koʻrsatilgan kommunal хizmatlar uchun hisob-kitoblarni taqqoslash va qarzlarni toʻlash.


Lavozimdan boʻshaganda

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari

     





Nizomga

2-ILOVA



Xizmat uy-joylarini jihozlash uchun

mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebel,

maishiy teхnika va boshqa хoʻjalik buyumlarining

MINIMAL ROʻYXATI

T/r

Buyumlar nomi


Oʻlchov

birligi


Soni


bir qavatli besh

хonali uy uchun


ikki qavatli toʻrt

хonali uy uchun


1.

Muzlatgich


ta

1

1

2.

Televizor


ta

1

1

3.

Ikki kishilik krovat


ta

1

1

4.

Bir kishilik krovat


ta

3

2

5.

Oshхona mebeli


toʻplam

1

1

6.

Mehmonхona uchun stol (6 stul va idish-tovoqlar shkafi bilan)


toʻplam

1

1

7.

Mehmonхona uchun yumshoq mebel (divan va ikkita kreslo)


toʻplam

1

1

8.

Kiyim shkafi


ta

2

2

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 29 may, 21-son, 394-modda