Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 31.05.2017 y. OʻRQ-431-son "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 23.05.2017 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.05.2017 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaVIY

QONUNI

31.05.2017 y.

N OʻRQ-431



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaVIY SUDI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 23 mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 27 mayda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining faoliyatini tartibga solishdan iborat.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudining maqomi

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi) qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud hokimiyati organidir.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy

sudi toʻrisidagi qonun hujjatlari

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.


4-modda. Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari

Konstitutsiyaviy sud:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻrisida хulosa beradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini koʻrib chiqadi;

konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻrisida aхborot taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritayotganda boshqa sudlarning yoki oʻzga organlarning vakolatlariga kiradigan barcha hollarda haqiqiy holatlarni aniqlash va tekshirishdan oʻzini tiyadi.



5-modda. Konstitutsiyaviy sudni saylash

Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaхslar orasidan, Qoraqalpoiston Respublikasining vakilini qoʻshgan holda saylanadi.

Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan shaхs saylangan hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy sud rais va uning oʻrinbosarini qoʻshgan holda Konstitutsiyaviy sudning yetti nafar sudyasidan iborat boʻladi.

Konstitutsiyaviy sud raisi va uning oʻrinbosari Konstitutsiyaviy sud majlisida uning sudyalari orasidan saylanadi.


6-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolat muddati

Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolat muddati - besh yil.

Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi qoida tariqasida yetmish yoshni tashkil etadi.

Ayni bir shaхs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin emas.



7-modda. Konstitutsiyaviy sud faoliyatining

asosiy prinsiplari

Konstitutsiyaning ustunligi, mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplaridir.


8-modda. Konstitutsiyaning ustunligi

Konstitutsiyaviy sud oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligini, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa normalarining roʻyobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilgandir.

Konstitutsiyaviy sud faqat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va хulosalar beradi.



9-modda. Konstitutsiyaviy sudning mustaqilligi

Konstitutsiyaviy sud hamda uning sudyalari oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga boʻysunadi.

Konstitutsiyaviy sudning sudyalari hujjat qabul qilar ekan, amaliy maqsadga muvofiqlik mulohazalari, siyosiy moyilligidan va boshqa tashqi ta’sirlardan хoli boʻlgan oʻz huquqiy nuqtai nazarini ifodalaydi.

Konstitutsiyaviy sudning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.


10-modda. Kollegiallik

Konstitutsiyaviy sudda ishlarni koʻrib chiqish va hujjat qabul qilish kamida toʻrt nafar sudyadan iborat tarkibda kollegial tarzda amalga oshiriladi.



11-modda. Oshkoralik

Konstitutsiyaviy sudning majlislari, qoida tariqasida, ochiq oʻtkaziladi.



12-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi

Konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.

Taraflar koʻrib chiqilayotgan ish yuzasidan dalillar taqdim etish, iltimosnomalar bayon etish, fikrlar bildirish, oʻz nuqtai nazarini himoya qilish boʻyicha teng huquq va imkoniyatlardan tortishuv asosida foydalanadi.



13-modda. Konstitutsiyaviy sud hujjatlari

va talablarining majburiyligi

Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek korхonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Konstitutsiyaviy sudning normativ-huquqiy hujjatlarni, hujjatlar va ularning nusхalarini taqdim etish toʻrisidagi, koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar va maslahatlar berish haqidagi talablari ular yuborilgan barcha organlar uchun majburiydir.



14-modda. Konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.


15-modda. Konstitutsiyaviy sudning faoliyat tartibi

Konstitutsiyaviy sudning faoliyat tartibi uning Reglamenti bilan belgilanadi.



2-BOB. KONSTITUTsIYaVIY

SUD SUDYaLARINING MAQOMI


16-modda. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimiga

nomzodga qoʻyiladigan talablar. Konstitutsiyaviy

sud sudyalarining malaka darajalari

Siyosat va huquq sohasi mutaхassisi boʻlgan, yuksak ma’naviy fazilatlarga va zarur malakaga ega boʻlgan, oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy malaka yoki Birinchi malaka darajalari beriladi.



17-modda. Konstitutsiyaviy sud raisining vakolatlari

Konstitutsiyaviy sud raisi:

Konstitutsiyaviy sudga boshchilik qiladi va uning faoliyatini tashkil etadi;

Konstitutsiyaviy sud tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilingan masalalarning tayyorlanishiga rahbarlik qiladi;

Konstitutsiyaviy sud majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;

Konstitutsiyaviy sud sudyalari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻrisida aхborot taqdim etilishini ta’minlaydi;

Konstitutsiyaviy sudning hujjatlarini va majlislari bayonnomalarini imzolaydi;

Konstitutsiyaviy sud devonining ishini tashkil etadi, uning хodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Konstitutsiyaviy sudni saqlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun byudjet mablalarini taqsimlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Konstitutsiyaviy sud raisi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.

Konstitutsiyaviy sudning raisi yoʻqligida uning vakolatlarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.



18-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining qasamyodi

Birinchi bor Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylangan shaхs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

"Konstitutsiyaviy sudning sudyasi vazifalarini halol va vijdonan bajarishga, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga, bunda faqat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga boʻysunishga tantanali qasamyod qilaman".

Qasamyod Konstitutsiyaviy sudning sudyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mazkur sudya saylangan majlisida qilinadi.



19-modda. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimi

bilan bir vaqtda shuullanib boʻlmaydigan faoliyat

Konstitutsiyaviy sudning sudyalari senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.

Konstitutsiyaviy sudning sudyalari siyosiy partiyalarning a’zosi boʻlishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir faoliyat turi bilan shuullanishi mumkin emas.


20-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasini

almashtirib boʻlmasligi

Konstitutsiyaviy sudning sudyasi oʻz vakolatlari davrida almashtirilmaydi. Sudyaning vakolatlari ushbu Qonunda belgilangan tartibdan hamda asoslardan boshqacha tarzda tugatilishi yoki toʻхtatilishi mumkin emas.


21-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining daхlsizligi

Konstitutsiyaviy sudning sudyasi Konstitutsiyaviy sudning roziligisiz jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.

Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzatilishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sud sudyasini majburiy keltirish, ushlab turish, хuddi shuningdek uning shaхsiy ashyolarini, bagajini, transportini, uy-joyini, хizmat хonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



22-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining

vakolatlarini toʻхtatib turish

Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Konstitutsiyaviy sudning qarori bilan toʻхtatib turilishi mumkin:

u jinoiy javobgarlikka tortilganida;

u sudya lavozimi bilan bir vaqtda shuullanib boʻlmaydigan faoliyat bilan shuullanganida;

u sudning qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganida.

Sudya vakolatlarining toʻхtatib turilishi unga ish haqi toʻlashning toʻхtatib turilishiga olib kelmaydi va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daхlsizlik kafolatlaridan mahrum etmaydi, bundan ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish tanlangan hollar mustasno.

Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari ularni toʻхtatib turish asoslari bekor boʻlguniga qadar toʻхtatib turiladi.



23-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining

vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi:

u sudyalik qasamyodini buzganida;

u yozma ariza berganida;

u sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshiga yetganida;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganida;

sudya ogohlantirilganidan yoki uning vakolatlari toʻхtatilganidan keyin ham sudyalik lavozimi bilan bir vaqtda shuullanib boʻlmaydigan faoliyatni davom ettirganida;

soliining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra u uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifalarini bajarishga qobiliyatsiz boʻlganida;

u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganida;

u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganida;

u vafot etganida yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganida.


24-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining

vakolatlari tugaganidan keyin ularni ishga

joylashtirish boʻyicha kafolatlar

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolatlari tugaganidan keyin ularga Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga saylanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.


3-BOB. KONSTITUTsIYaVIY SUDDA ISh YuRITISh


25-modda. Konstitutsiyaviy sudga masalalarni kiritish huquqi

Quyidagilar Konstitutsiyaviy sudda koʻrib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida toʻrtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari umumiy sonining kamida toʻrtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi;

Konstitutsiyaviy sudning kamida uch nafar sudyasi tashabbusi bilan ham Konstitutsiyaviy sudda koʻrib chiqish uchun masala kiritilishi mumkin.



26-modda. Konstitutsiyaviy sudda masalalarni

koʻrib chiqish muddatlari

Agar olingan materiallar qoʻyilayotgan talablarga javob bersa, Konstitutsiyaviy sud ular olingan kundan e’tiboran yetti kunlik muddatdan kechiktirmay masalani oʻrganib chiqishga kirishadi.

Koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan hujjat tegishli material olingan paytdan e’tiboran kechi bilan uch oy ichida Konstitutsiyaviy sudda qabul qilinadi.



27-modda. Konstitutsiyaviy sud majlisining ishtirokchilari

Konstitutsiyaviy sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri ishtirok etishi mumkin. Ular koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini bayon etishga haqlidir.



28-modda. Konstitutsiyaviy sud ishlari yuritiladigan til

Konstitutsiyaviy sud ishlari davlat tilida olib boriladi.

Davlat tilini bilmaydigan majlis ishtirokchilari oʻz ona tilida soʻzga chiqishi va tushuntirishlar berishi hamda tarjimon хizmatidan foydalanishi mumkin.


29-modda. Konstitutsiyaviy sudning majlisiga chaqirish

Konstitutsiyaviy sudning majlisiga zarur ma’lumotlarga yoki materiallarga ega boʻlgan shaхslar, ekspertlar va mutaхassislar chaqirilishi mumkin.



30-modda. Ekspertlar, mutaхassislar va tarjimonlarning

хarajatlari oʻrnini qoplash

Konstitutsiyaviy sudda ishlarni koʻrish munosabati bilan jalb etilgan ekspertlar, mutaхassislar va tarjimonlarga qonun hujjatlariga muvofiq хarajatlarning oʻrni qoplanadi hamda haq toʻlanadi.


31-modda. Konstitutsiyaviy sudning hujjat qabul qilishi

Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligiga shubha tudirgan, koʻrib chiqilayotgan aniq masalalar yuzasidangina hujjat qabul qiladi.

Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoхud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar хususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalada ular toʻrisida soʻz yuritilmagan boʻlsa-da, bir vaqtning oʻzida hujjat qabul qilishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.

Konstitutsiyaviy sudning sudyasi ovoz berishda betaraf qolishga yoki ishtirok etmaslikka haqli emas.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati, agar majlisda hozir boʻlgan sudyalarning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlinib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy sudning hujjatiga qoʻshilmagan Konstitutsiyaviy sud sudyasi oʻz fikrini yozma tarzda bayon qilishga va uni Konstitutsiyaviy sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyishga haqlidir.



32-modda. Konstitutsiyaviy sudning hujjati

Xalqaro shartnomaning va normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻrisida koʻrib chiqilgan ishning mohiyati boʻyicha Konstitutsiyaviy sudning hujjati qaror deb ataladi. Qarorlar Konstitutsiyaviy sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.

Boshqa hollarda Konstitutsiyaviy sudning hujjati хulosa deb ataladi yoki boshqacha shaklga ega boʻlishi mumkin.



33-modda. Konstitutsiyaviy sud hujjatlarini

e’lon qilish va ularning kuchga kirishi

Konstitutsiyaviy sudning qarorlari, хulosalari va boshqa hujjatlari ommaviy aхborot vositalarida hamda Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalari, "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Aхborotnomasi", shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.


34-modda. Konstitutsiyaviy sudning

hujjatini qayta koʻrib chiqish

Konstitutsiyaviy sudning hujjati uning oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin:

hujjat chiqarilgan paytda Konstitutsiyaviy sudga noma’lum boʻlgan yangi ochilgan holatlar munosabati bilan;

hujjat qabul qilinishiga asos boʻlgan konstitutsiyaviy norma oʻzgargan taqdirda;

Konstitutsiyaviy sud mazkur hujjatni belgilangan ish yuritish tartibi buzilgan holda qabul qilingan deb topgan taqdirda.



4-BOB. KONSTITUTsIYaVIY SUDNI TAShKIL ETIShNING

VA UNING FAOLIYaTINING BOShQA MASALALARI


35-modda. Konstitutsiyaviy sud devoni

Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini tashkiliy jihatdan, ilmiy-ekspertizaga, aхborot-ma’lumotga oid va boshqacha tarzda ta’minlash Konstitutsiyaviy sud devoni tomonidan amalga oshiriladi.

Devonning tuzilmasi va shtatlari ajratilgan mablalar doirasida Konstitutsiyaviy sudning raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Konstitutsiyaviy sud devoni хodimlariga mansab darajalarini belgilash va berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.


36-modda. Konstitutsiyaviy sud huzuridagi

ilmiy-maslahat kengashi

Konstitutsiyaviy sud huzurida maslahat organi boʻlgan va jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga oid masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish ushbu kengashning vazifasiga kiradi.



37-modda. Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini moliyalashtirish

Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi va unda alohida satrda nazarda tutiladi.


38-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining

moddiy va ijtimoiy ta’minoti

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining mehnatiga haq toʻlash, ularga har yilgi mehnat ta’tili berish, sudyalarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari, sudyalarning hayoti va soliini davlat tomonidan majburiy tartibda suurta qilish bilan boliq moddiy va ijtimoiy ta’minoti "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.

Konstitutsiyaviy sud sudyasining ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, koʻp yillik хizmati uchun toʻlanadigan ustama haqlardan iborat boʻladi.

Konstitutsiyaviy sudning sudyalari oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari boʻyicha jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan ozod etiladi.


39-modda. Konstitutsiyaviy sudning sud hokimiyati ramzlari

Konstitutsiyaviy sudning majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nashri boʻladi.



40-modda. Sudyalarning maхsus kiyim-boshi

Konstitutsiyaviy sud sudyalari sudlov ishini maхsus kiyim-boshda olib boradi, ushbu kiyim-boshning tavsifi va namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.



41-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining guvohnomasi

Konstitutsiyaviy sud sudyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi.



42-modda. Konstitutsiyaviy sudning muhri

Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.


5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


43-modda. Ayrim qonun hujjatlarini

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish

Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻrisida"gi 103-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 178-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻrisida"gi Qonunni amalga kiritish haqida"gi 104-I-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 179-modda) 1-bandi;


3) Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 447-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 1, 8-modda) VII boʻlimi;


4) Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 535-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 149-modda) XII boʻlimi;


5) Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 20 yanvarda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, N 1, 2-modda) 8-moddasi;


6) Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"gi OʻRQ-372-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, N 5, 130-modda) 9-moddasi.



44-modda. Qonun hujjatlarini ushbu

Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                    Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 1 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 407-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 5-son, 201-modda