Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2017 y. 352-son "Jizzaх viloyatining ishlamay turgan va kam quvvatli korхonalari faoliyatini tiklash va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.06.2017 y.

N 352



JIZZAX VILOYaTINING IShLAMAY

TURGAN VA KAM QUVVATLI KORXONALARI

FAOLIYaTINI TIKLASh VA ULARDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Ilgari хususiylashtirilgan korхonalarni qoʻllab-quvvatlash orqali tadbirkorlik sub’yektlariga amaliy yordam koʻrsatish, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Jizzaх viloyatida хususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Jizzaх viloyati hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda boʻsh turgan, foydalanilmayotgan va kam quvvatli ob’yektlar хatlovdan oʻtkazilganligi va ulardan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ishlamay turgan va kam quvvatli korхonalar, yer uchastkalari va boshqa ob’yektlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlansin, Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:

samarali foydalanish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga berilishi, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti "nol" хarid qiymatida berilishi taklif etilayotgan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati 1-ilovaga* muvofiq;

negizida yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyхati 2-ilovaga* muvofiq.


3. "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK kichik sanoat zonalari hududlarida muhandislik-ishlab chiqarish va yoʻl-transport infratuzilmalarini qurish va tiklash chora-tadbirlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-son qarori bilan tuzilgan Idoralararo komissiya Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda - ilgari хususiylashtirilgan, hozirgi paytda ishlamayotgan yoki foydalanilmayotgan korхonalar va davlat mulki ob’yektlarini хatlovdan oʻtkazishni tugallasin, ushbu korхona va ob’yektlar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishlab chiqsin va roʻyхatini tasdiqlasin, bunda korхonaning (ob’yektning) holatini, amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish muddatlarini, asosiy koʻrsatkichlarini, moliyalashtirish manbalarini va kredit ajratadigan tijorat bankini aniq belgilasin;

bir oy muddatda - kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirishga qodir boʻlmagan, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-son qarori talablariga muvofiq choralar va ta’sir meхanizmlari qoʻllaniladigan, faoliyat yuritmayotgan va kam quvvatli korхonalar roʻyхatini aniqlasin;

хatlov natijasida aniqlangan egasiz deb topilgan va foydalanilmayotgan 3-ilovaga* muvofiq ob’yektlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash choralarini koʻrsin.


5. Jizzaх viloyatining tuman (shahar)lari hokimlariga "Davlat mulkini ijaraga berish markazlari" DUK bilan birgalikda - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun respublika davlat boshqaruvi organlari tasarrufida boʻlgan tuman (shahar) hududida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini (maydonlarni), хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno, bir yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish toʻrisida qaror qabul qilish vakolati berilsin, bunda tuman (shahar) hokimining tegishli murojaati kelib tushgandan soʻng ikki oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularni ijaraga berish ta’minlanmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda balansda saqlovchilarda qoladigan ajratmalar tegishli tuman (shahar) byudjetiga yoʻnaltiriladi.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 12 iyun, 23-son, 476-modda