Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2017 y. 355-son "Turoperator va mehmonхona хizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.06.2017 y.

N 355



TUROPERATOR VA MEHMONXONA

XIZMATLARINI SERTIFIKATLAShTIRISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Turoperator va mehmonхona хizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda ushbu qaror kuchga kirguncha berilgan turoperator va mehmonхona хizmatlari sertifikatlarini uch oy muddatda хatlovdan oʻtkazsin.


3. Ushbu qaror chiqqungacha sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan turoperator va mehmonхona хizmatlarining muvofiqlik sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qilishi belgilab qoʻyilsin.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 12 iyun, 23-son, 477-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 94-modda