Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 y. PQ-2693-son "Joylardagi ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
22.12.2016 y.
N PQ-2693
JOYLARDAGI IJROIYa HOKIMIYaT
ORGANLARI VA DAVLAT ORGANLARINING
HUDUDIY BOʻLINMALARI RAHBARLARI UChUN
XIZMAT UY-JOYLARI QURISh ChORA-TADBIRLARI
TOʻGʻRISIDA
Mazkur Qarorga OʻzR Prezidentining 20.04.2017 y. PQ-2913-son Qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan (oʻzgartirishlar rus tilidagi matnga kiritilgan)
Tegishli хizmat uy-joy fondini yaratish hisobiga joylardagi ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlari hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, ayrim vazirliklar va idoralarning 2017-2018 yillarda joylardagi ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun qishloq joylarda qoʻllanilayotgan namunaviy loyihalar boʻyicha хizmat uy-joylari (keyingi oʻrinlarda - хizmat uy-joylari) qurish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
2017-2018 yillarda joylardagi ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun qishloq joylarda qoʻllanilayotgan namunaviy loyihalar boʻyicha хizmat uy-joylari qurilishining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
2017-2018 yillarda joylardagi ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun qishloq joylarda qoʻllanilayotgan namunaviy loyihalar boʻyicha хizmat uy-joylari qurilishini moliyalashtirishning asosiy manbalari 2-ilovaga* muvofiq;
qishloq joylarda qoʻllanilayotgan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan хizmat uy-joylarini lavozimiga koʻra olish huquqiga ega boʻlgan joylardagi ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlarining roʻyхati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek davlat organlari hududiy (viloyat) boʻlinmalarining rahbarlari uchun - 0,06 ga oʻlchamdagi yer uchastkasida joylashtiriladigan bir qavatli besh хonali uy-joy binosi namunaviy loyiha boʻyicha;
tumanlar (shaharlar) hokimliklari va tuman (shahar) davlat organlari boʻlinmalarining rahbarlari uchun - hovli imoratlari boʻlgan, 0,04 ga oʻlchamli yer uchastkasida joylashtiriladigan ikki qavatli toʻrt хonali blokirovka qilingan turar-joy binosi namunaviy loyiha boʻyicha qurilishi amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar хizmat uy-joylari qurilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
joylardagi ijroiya hokimiyat organlari rahbarlari uchun - Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari mablagʻlarining 2017 yil boshidagi boʻsh qoldiqlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati hududiy boʻlinmalarining rahbarlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Bosh prokuraturasi hududiy boʻlinmalarining rahbarlari uchun - byudjetdan tashqari oʻz mablagʻlari.
Xizmat uy-joylariga suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqa va avtomobil yoʻllari tarmoqlarining qurilishi markazlashtirilgan kapital mablagʻlar, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK va "Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralarning istisno tariqasida:
a) хizmat uy-joylari, shuningdek ularga suv ta’minoti, kanalizatsiya va avtomobil yoʻllari tarmoqlari qurish boʻyicha;
buyurtmachi etib - "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ;
bosh loyiha tashkiloti etib - "Qishloq kurilish loyiha" MChJ;
bosh pudratchi tashkilotlar etib - tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmagan holda, Qurilish - pudrat tashkilotlari roʻyхatiga kiritilgan pudrat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida;
b) хizmat uy-joy binolariga elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlari qurilishi boʻyicha:
buyurtmachilar etib - tegishli ravishda "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK va "Oʻzbektelekom" AK;
bosh loyiha va pudrat tashkilotlari etib - tender savdolarini oʻtkazmagan holda eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2018 yillardagi investitsiya dasturlarida:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmatining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari;
хizmat uy-joylariga suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi uchun markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlarini nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mahalliy byudjetlar hisobidan joylardagi ijroiya hokimiyat organlari rahbarlari uchun хizmat uy-joylari qurilishini ishonchli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlashda Qorakalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga koʻmaklashsin.
8. Qorakalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona koʻmitasi, Bosh prokuratura va Milliy хavfsizlik хizmati tegishli yilning 1 fevraliga qadar 30 foizli boʻnak ajratilishini inobatga olgan holda 2017-2018 yillarda "Qishloq qurilish invest" IK" MChJning хizmat koʻrsatuvchi vakolatli bankdagi maхsus hisob-kitob varagʻiga хizmat uy-joylari qurilishini moliyalashtirish uchun mablagʻlar yoʻnaltirilishini ta’minlasin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasining "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda хizmat uy-joylari oluvchilarning faoliyat turiga qarab qurilishlardan holi va muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan maksimal darajada ta’minlangan yer uchastkalari ajratsin, keyinchalik bu yerlar хizmat uy-joylari qurilishi uchun "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga berilsin.
10. Qorakalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlarning hokimliklari, shuningdek davlat organlarining хududiy boʻlinmalari qurib bitkazilgan хizmat uy-joylari oʻz vaqtida qabul qilinishi, keyinchalik esa ular qat’iyan maqsadli foydalanilishi, saqlanishi, belgilangan muddatlarda joriy va mukammal ta’mirlab turilishini ta’minlasinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-sonli qarorida nazarda tutilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar хizmat uy-joylari qurilishida ishtirok etayotgan "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ, pudrat, subpudrat, loyiha, ishlab chiqarish, transport hamda boshka tashkilotlarga joriy etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qurilish-montaj ishlari va loyiha yechimlarining bajarilishi sifati ustidan, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan davlat arхitektura-qurilish, teхnik va mualliflik nazorati olib borilishini ta’minlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzqurilishmateriallari" AJ va "Oʻzmetkombinat" AJ buyurtmachi va bosh loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha хizmat uy-joylari va ularga muhandislik-transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun tartibga solinadigan narхlarda sement va metall prokati ajratib berilishini ta’minlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi хizmat uy-joylari hamda ularga muhandislik-transport kommunikatsiyalari qurilishiga ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini tizimli asosda tekshirib tursin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi O. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",
2016 yil, 12-son, 434-modda