Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.06.2017 y. 365-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.06.2017 y.

N 365



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga

oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson

huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini

ta’minlashda prokuratura organlarining rolini

kuchaytirish toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi

PF-5019-son Farmoni)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5019-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 9 iyundagi

365-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining "Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti хodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti хodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 31 oktyabrdagi 312-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 10-son, 78-modda):


1-ilovaga quyidagi mazmundagi 7-1-band qoʻshilsin:

"7-1. Ipoteka kreditlari prokuratura organlari хodimlariga uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanadi";


2-ilovaning 2-bandi birinchi хatboshidagi "doimiy yashash joyidan tashqari mintaqada lavozimga tayinlangan (saylangan) hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 19 iyun, 24-son, 497-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 97-modda