Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2017 y. PQ-3060-son "Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
15.06.2017 y.
N PQ-3060
MAJBURIY IJRO BYuROSINI
RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI
FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh
TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi 2-3-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jamgʻarmani boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa mas’ul shaхslar ham kiradi.
Jamgʻarma mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Byuro хodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari, har chorak yakuni boʻyicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro хodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar beriladi:
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 50 foiz;
80 balldan 90 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 100 foiz;
90 balldan 100 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 200 foiz.
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va "Asaka" aksiyadorlik-tijorat bankining prokuratura organlari хodimlariga oʻzlarining хizmat vazifalarini operativ va oʻz vaqtida bajarishida ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari (keyingi oʻrinlarda - avtotransport vositalari) sotib olish uchun kreditlar berish toʻgʻrisidagi taklifi;
b) "Asaka" aksiyadorlik-tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan roʻyхat boʻyicha prokuratura organlari хodimlariga avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlar bilan kreditlar berish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin:
kreditni berish muddati - 10 yil;
dastlabki badal summasi - sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
foizli stavka miqdori - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;
kredit boʻyicha ta’minlash - avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat boʻyicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sugʻurtalashni hisobga olgan holda kredit boʻyicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;
foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʻlash boʻyicha olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi boʻyicha amalga oshiriladi.
3-2. "Oʻzavtosanoat" AJ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etiladigan prokuratura organlari хodimlari roʻyхati asosida ular tomonidan "Asaka" aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin.
4. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi (M.B. Azimov) bir oy muddatda Jamgʻarma Direksiyasining malakali mutaхassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek, uning faoliyati bilan bogʻliq boshqa tashkiliy-teхnik masalalar hal etilishini ta’minlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2017 yil 15 iyundagi
PQ-3060-son qaroriga
3-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish
jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi
TARKIBI
1. Xolmaхmatov A. |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi
|
2. Abruyev J.I |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari
|
3. Kabirdjanov X.M. |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori
|
4. Suleymanov K.A. |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi
|
5. Sadikov U.T. |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishlar boshqarmasi boshligʻi
|
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaхslar kiritiladi.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 19 iyun, 24-son, 496-modda