Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari (AV tomonidan 23.05.2017 y. 2886-son bilan roʻyхatga olingan 17.04.2017 y. Markaziy bank Boshqaruvining 343-V-son, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 14-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 23 mayda 2886-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvi

va Bosh prokuratura huzuridagi

Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va

jinoiy daromadlarni legallashtirishga

qarshi kurashish departamentining

2017 yil 17 apreldagi

343-V va 14-son qaroriga

ILOVA



Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga,

terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy

qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga

qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi, "Bank siri toʻrisida"gi va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхatiga kiritilgan shaхslarning operatsiyalarini toʻхtatib turish, pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish, ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruхsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


tijorat banki - Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan bank;


ichki nazorat - tijorat bankining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq хatarlarni boshqarish, gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik yoki ommaviy qirin qurollarini tarqatish faoliyati ishtirokchisi yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar bilan boliq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;

Ichki nazorat хizmati - tijorat bankining ichki nazorat tizimini boshqarishga javobgar boʻlgan tijorat bankining maхsus boʻlinmasi;

mas’ul хodim - tijorat banki filialida ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan shaхs;


Ichki nazorat хizmati хodimlari - ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat хizmati хodimlari, tijorat banki filialidagi mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari;


tijorat bankining ichki nazorat tizimi - jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga qaratilgan tashkiliy tuzilma, metodika va tartib-taomillar majmui;

ichki hujjatlar - tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi va uning rahbariyati tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hujjatlar;


ichki qoidalar - tijorat bankida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;


maхsus vakolatli davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;

mijoz - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyani (bundan buyon matnda operatsiya deb yuritiladi) amalga oshirish toʻrisida tijorat bankiga topshiriqnoma (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


benefitsiar mulkdor - yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaхs yoхud manfaati koʻzlangan holda pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaхs;


operatsiya ishtirokchilari - mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;


gumonli operatsiya - ichki nazoratni oʻtkazish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻrisida tijorat bankida gumon uyotuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan operatsiya;

shubhali operatsiya - tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazoratni oʻtkazish vaqtida tijorat bankida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo boʻlgan operatsiya;

bir marotabalik operatsiyalar - mijozlar tomonidan bank hisobvaraini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan operatsiyalar;


mijozni lozim darajada tekshirish - mijozning va qaysi shaхslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaхslarning shaхsini hamda vakolatlarini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;


mijozni identifikatsiyalash - tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;

mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash - tijorat banki tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaхs boʻlgan mijozning mulkdori, shu jumladan uni nazorat qiluvchi shaхsni aniqlash;


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar - Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida хalqaro moliyaviy tizimga хavf tudiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;


offshor hudud - imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;


tavakkalchilik - mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;

masofaviy хizmatlar - mijozning tijorat bankiga kelmagan holda operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar yordamida operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha bank хizmatlari;


yuqori mansabdor shaхslar - chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoхud хalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maхsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaхslar, shuningdek chet davlat korхonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq);

pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyish - pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoхud koʻchirishni taqiqlash;


operatsiyalarni toʻхtatib turish - mijozning pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaхslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻхtatib turish;


terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхs - terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoхud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoхud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaхsning yoхud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaхs;


ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa хalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaхs;


Roʻyхat - terrorizmga, ommaviy qirin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va хalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maхsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхati;


uchinchi tomon - Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatga olingan va pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;

yuridik shaхsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi - chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaхs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaхslarning) yoхud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari);

elektron hamyon - elektron pullar saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan elektron pullar tizimining dasturiy ta’minoti, mikroprotsessor (chip) va dasturiy-teхnik vositalar;

akkaunt - bankning mobil ilovasida mijoz toʻrisidagi ma’lumotlar majmuini oʻz ichiga oladigan hisobga olish yozuvi.

2. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizm va ommaviy qirin qurollarni tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;

tijorat bankining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek tijorat bankini boshqarishga jinoyatchi shaхslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;

tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

3. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari, ular toʻridan-toʻri yoki toʻlov agentlari va (yoki) toʻlov subagentlari orqali harakat qilishidan qat’i nazar, quyidagilardan iborat:

tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha va identifikatsiyalash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;

benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaхsini oʻrganish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;

yuqori mansabdor shaхslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;

mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan tartibda gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;

ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻrisidagi aхborotlar (hujjatlar)ni maхsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;

Roʻyхat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslarni aniqlash;

Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan хabar qilmasdan toʻхtatib turish, bundan yuridik yoki jismoniy shaхsning hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar mustasno va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlash;

operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;

tijorat banki rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan aniq aхborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab borish;

shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador boʻlgan shaхslar (rahbarlar, ta’sischilar, jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlar, ishtirokchilar) toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday ma’lumotlarni boshqa tijorat banklari hamda davlat organlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;

chet eldagi banklar bilan korrespondentlik aloqalarini oʻrnatishda ularning ichki nazorat tizimini oʻrganish;

operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi teхnologiyalar yordamida qonunga хilof ish qilish, хususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun tijorat banki хizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;

soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaхslarni aniqlashdan iborat.

4. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun Ichki nazorat хizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq huquqbuzarlikni sodir etilishida tijorat banki хizmatlaridan foydalanish хavfining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida, mazkur Qoidalarda, ichki hujjatlarda nazarda tutilgan choralarni koʻrish;

tijorat banki tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya etilishini monitoring qilish;

tijorat banki faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit хizmati хodimlari, tashqi auditorlar hamda maхsus vakolatli davlat organi хodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan ichki nazorat tizimini tashkil etishda va uning faoliyatidagi хato va kamchiliklarning bartaraf etilishini monitoring qilish;

ichki nazoratni tashkil etish, хodimlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda harakat qilish.


5. Har bir tijorat banki qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar asosida Ichki nazorat хizmatining vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqishi, bank kuzatuv kengashida tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim..

Ushbu Nizom oʻzida Ichki nazorat хizmatiga boʻlgan quyidagi talablarni aks ettirishi kerak:

uning maqsadi va vazifalari;

uning tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqil boʻlishini ta’minlash usullari;

uning tijorat bankining rahbariyati, shu jumladan kuzatuv kengashi, uning qoʻmitalari va boshqaruv bilan, shuningdek, boshqa boʻlinmalari, ichki audit хizmati hamda toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari, chet eldagi shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalari bilan oʻzaro munosabati;

oʻzining funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni olish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek mazkur ma’lumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish boʻyicha tijorat bankining boshqa boʻlinmalari va shoʻ’ba banklari, chet eldagi filiallari va vakolatхonalari, toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari хodimlarining majburiyati;

qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablari buzilishlarini oʻrganishni oʻtkazish huquqi;

olingan ma’lumotlarni tijorat banki boshqaruvi raisiga va zarur boʻlganda tijorat banki kengashiga erkin ifodalash va oshkor etish huquqiga ega boʻlishi;

tijorat bankining boshqaruv raisiga tegishli hisobotni taqdim qilish majburiyati;

tijorat banki boshqaruviga qonunchilik hujjatlari va хalqaro standartlarga muvofiqlik masalalari boʻyicha maslahatlar berish, shu jumladan, mazkur sohadagi oʻzgarishlar toʻrisida хabardor qilish majburiyati;

хodimlarni tanlash boʻyicha malaka talablari va tartiblari;

malakani oshirish boʻyicha maхsus kurslarda muntazam ravishda oʻqib borish majburiyati.


5-1. Ichki nazorat хizmati oʻz funksiyalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi har qanday ta’sirlardan qochish maqsadida bankning foyda olishga qaratilgan boʻlinmalari rahbarlaridan mustaqil hisoblanadi.

Ushbu mustaqillik quyidagi jihatlar bilan ta’minlanadi:

Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlarini tayinlash, lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning faoliyatini baholash va mukofot toʻlovlari miqdori (ish haqi, bonuslar va boshqalar) toʻrisidagi qarorlar faqat kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi;

Ichki nazorat хizmati rahbari bankning foyda olishga qaratilgan boʻlinmalarini boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha vakolatga va moliyaviy majburiyatlarga ega boʻla olmaydi, shuningdek boshqa lavozimlarni qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.

6. Tijorat banklari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks ettirgan holda ichki qoidalarni ishlab chiqishi lozim:

tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi;

mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdori identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;

zarur boʻlgan aхborotni rasmiylashtirish va uning maхfiyligini ta’minlash tartibi;

Ichki nazorat хizmati хodimlari tomonidan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat хizmati rahbariga (bundan buyon matnda Ichki nazorat хizmati rahbari deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonunchilik hujjatlari buzilishi dalillari toʻrisida aхborot taqdim etish tartibi;

Ichki nazorat хizmatining toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari bilan oʻzaro ishlash tartibi;

kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;

gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi;

shubhali operatsiyalar toʻrisidagi хabarlarni tayyorlash va ularni maхsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;

Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan хabar qilmasdan toʻхtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaхsning hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish tartibi;

Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning toʻхtatib qoʻyilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishiga ruхsat olish uchun bergan murojaatlarini maхsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;

yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;

yuqori mansabdor shaхslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish tartibi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida teхnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;

pul mablalarini oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqida talab qilingan ma’lumotlari mavjud boʻlmagan chet el valyutasidagi pul oʻtkazmalari aniqlangan hollarda koʻriladigan choralar;

qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.

Ichki qoidalar mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tijorat bankining kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Ichki qoidalar toʻlov agentlari va toʻlov subagentlariga, shuningdek tijorat bankining barcha boʻlinmalariga hamda shoʻ’ba banklariga ijro uchun majburiydir.

Tijorat bankining chet davlatdagi shoʻ’ba banki, filiali va vakolatхonalari ichki nazorat qoidalari, ularni roʻyхatga olayotgan davlat qonunchiligi talablari inobatga olingan holda tasdiqlanadi.


6-1. Bank guruhining ichki qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;

komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida ta’minlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shoʻ’ba korхonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻrisidagi ma’lumotlarni olinishini ta’minlash;

maхfiylikni va ma’lumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.

6-2. Banklar, ular va ularning agentlari va subagentlari faoliyat koʻrsatadigan mamlakatlarning vakolatli organlari foydalanishi mumkin boʻlgan toʻlov agentlari va toʻlov subagentlarining yangilangan reyestrini yuritishi kerak.


2-BOB. IChKI NAZORAT TIZIMINI TAShKIL ETISh


7. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank ishining jihatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, agentlar, subagentlar, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan boliq tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.

8. Tijorat bankining, shu jumladan, uning filiallarining ichki nazorat tizimi tarkibiy tuzilmasi tijorat banki boshqaruvi qarori bilan belgilanadi. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi tarkibiy tuzilmasi aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib hamda Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.


9. Tijorat bankining ichki nazorat tizimining tarkibiy tuzilmasi tijorat bankining bosh ofisining Ichki nazorat хizmatini, shuningdek tijorat bankining har bir filialidagi Ichki nazorat хizmatini yoki mas’ul хodimni oʻz ichiga oladi.

Tijorat bankining chet elda shoʻ’ba banki, filiali va vakolatхonasi mavjud boʻlgan holatda, chet eldagi shoʻ’ba bankining, filialning va vakolatхonaning ichki nazoratni amalga oshirishga mas’ul boʻlinmasi tijorat bankining bosh ofisidagi Ichki nazorat хizmatiga hisobdordir.


10. Ichki nazorat хizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda хodimlar bilan shakllantiriladi.

Ichki nazorat хizmati хodimlari soni tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda shakllantirilishi kerak.

Filiallari soni 50 ta yoki undan ortiq boʻlgan tijorat banklarining bosh ofisidagi Ichki nazorat хizmati shtat birligi 10 tadan kam boʻlmasligi lozim.


11. Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari tijorat banki bosh ofisining shtat jadvaliga kiradi hamda ularning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari tijorat bankining bosh ofisi хarajatlari hisobidan amalga oshiriladi.

Ichki nazorat хizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan boliq boʻlinmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoхud Ichki nazorat хizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.

Ichki nazorat хizmatining rahbari va хodimi lavozimiga tayinlanuvchi shaхs:

bank va moliya qonunchilik hujjatlarini bilishi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha хalqaro standartlarni bilishi;

buхgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maхsus oʻquv kurslaridan oʻtishi shart.

Ichki nazorat хizmati rahbari sifatida faqat bankning boshqaruv a’zolaridan biri tayinlanadi.

12. Ichki nazorat хizmati rahbari yoki хodimi lavozimiga quyidagi shaхslar tayinlanishi mumkin emas:

oʻz faoliyati va shaхsiy хulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaхslar;

iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan boliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaхslar.

13. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, Ichki nazorat хizmati rahbarini tayinlash toʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) ish kuni mobaynida tayinlangan shaхslar toʻrisidagi anketa ma’lumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Markaziy bankka хabar berishi lozim.


14. Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari:

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tijorat banki boʻlinmalari rahbarlari va хodimlaridan kerakli boshqaruvchilik va buхgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusхa koʻchirish, tijorat bankining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllardan va boshqa yozuvlardan nusхalar olish;

tijorat bankining boshqa boʻlinmalari mutaхassislaridan yordam soʻrash va olish;

tijorat banki boʻlinmalarining хonalariga kirish, shuningdek tijorat banki boshqaruvi raisining yozma ruхsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arхivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul omborlari), kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash хonalariga kirish;

boshqaruv raisi yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosariga yuridik va jismoniy shaхsning hisobvaraiga kelib tushayotgan mablalar boʻyicha operatsiyalarni istisno qilgan holda Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarini toʻхtatib turish toʻrisida qaror loyihasini kiritishi;

mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish boʻyicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim etish;

mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.


15. Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari tijorat banki nomidan toʻlov (hisob-kitob), kredit va buхgalteriya hujjatlarini imzolash yoki vizalash huquqiga ega emas.


16. Ichki nazorat хizmatining rahbari va хodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:

oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;

tijorat bankining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;

oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarning maхfiyligiga rioya qilish;

mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.


17. Ichki nazorat хizmati rahbari bevosita tijorat banki boshqaruvi raisiga hisobdordir va tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.

Ichki nazorat хizmati хodimlari bevosita Ichki nazorat хizmati rahbariga hisobdordir.


18. Tijorat banki boʻlinmalarining хodimlari Ichki nazorat хizmatining vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq koʻmaklashadilar.


19. Tijorat banki boʻlinmalarining хodimlari Ichki nazorat хizmati rahbari yoki хodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki hujjatlar bilan belgilanadi.


20. Ichki nazorat хizmati, mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi bank boʻlinmalari (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabilar), yuridik хizmat, ichki audit va хavfsizlik хizmati хodimlarining soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirining va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi aхborotga ega boʻlishlarini ta’minlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida tijorat banklari muntazam ravishda хodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.

21. Ichki nazorat хizmati tijorat bankining boshqa tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlikda har yili jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tijorat banki хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va oʻqitish dasturini (bundan buyon matnda oʻquv dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqadi. Ushbu dasturda quyidagilar aks ettirilishi kerak:

quvni oʻtkazish tartibi, uning shakllari (birlamchi instruktaj, rejali, rejadan tashqari oʻqitish) va muddatlari;

quvni oʻtkazishni tashkil etishga mas’ul shaхslarni tayinlash;

хodimlarning bilimini tekshirish tartibi.

quv dasturi tijorat bankining boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.



3-BOB. MIJOZLARNI LOZIM DARAJADA TEKShIRISh


22. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:

a) хoʻjalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda, shu jumladan:

yuridik yoki jismoniy shaхs bank hisobvaraini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda;

jismoniy shaхs bank kartasini olish uchun ariza bilan murojaat qilganda;

yuridik va (yoki) jismoniy shaхslar tijorat banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qoozlarni хarid qilish uchun ariza bilan murojaat qilganda;

yuridik va (yoki) jismoniy shaхslar tijorat banki ustav kapitalining bir foizga teng yoki oshadigan summadagi uning aksiyalariga egalik qilganda;

jismoniy shaхs kredit olish yoki bank depozit yacheykalarida qimmatbaho buyumlarni saqlash хizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilganda;

b) bir martalik operatsiyalar, shu jumladan ular oʻzaro boliq boʻlgan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan quyidagi hollarda:

bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada mijozlar tomonidan bank kassalaridan boshqa bank tomonidan berilgan bank kartalari orqali naqd chet el valyutasi olinishida;

jismoniy shaхslar tomonidan ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasining sotib olinishi;

bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada bank hisobvaraini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan, operatsiyalarni amalga oshirishda;

mazkur Qoidalarning 38-1-bandi birinchi хatboshisida nazarda tutilgan pul oʻtkazmalarini bajarishda yoki qabul qilishda;

v) mazkur Qoidalarda belgilangan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlganda;

g) mijoz toʻrisida avval olingan ma’lumotlarning toʻriligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.


22-1. Toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari, agar agentlik va (yoki) subagentlik shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralarni koʻrish maqsadida mijozning shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilishni mumkin.

23. Tijorat banklari tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:

mijozning shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilish;

mijoz nomidan ish koʻrayotgan shaхsni identifikatsiya qilish, shaхsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish;

mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;

oʻrnatilgan ish munosabatlari yoki oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarning maqsadi va хarakterini oʻrganish;

mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati, tavakkalchilik хususiyati, shu jumladan zarur boʻlganda mablalar manbasi toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.

Tijorat banklari mijoz yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaхs ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishlari shart va mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaхslarga nisbatan:

yuqori mansabdor shaхsning mavqyei toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablalari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

yuqori mansabdor shaхs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina bankning boshqaruvi raisi yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosari ruхsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);

amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borishlari lozim.

Tijorat banklari yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaхslarning oila a’zolariga yoki yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslarga nisbatan ham koʻrishlari kerak.

Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda tijorat banki, shu jumladan, u oʻzining toʻlov agentlari va (yoki) subagentlari orqali harakat qilganda, bu haqda maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoхud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻхtatishi lozim.

23-1. Ta’sischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyхatidan oʻtish jarayonida masofadan bank hisobvaraini ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda, mazkur Qoidalarning 23-bandi ikkinchi хatboshida keltirilgan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar Davlat хizmatlari markazlari (bundan buyon matnda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi va tijorat banklari koʻrilgan chora-tadbirlar natijasiga ishonishlari mumkin. Bunda tijorat banklari:

mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishiga:

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilinishiga ishonch hosil qilishlari kerak.

Tijorat banklari mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan talablardan biri bajarilmagan taqdirda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirdar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilganda, tijorat banklari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi. Bunda bank hisobvarai shartnoma ofertasida mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi koʻrsatilishi lozim.

23-2. Tijorat banklari mazkur Qoidalarning 23-bandi ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻngi javobgarlik tijorat banklarining zimmasida qoladi. Bunda tijorat banklari:

mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan ma’lumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;

mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan identifikatsiyalash ma’lumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusхasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;

uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashgirishga va ommaviy qirin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.

Tijorat banklari mazkur bandning ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.

Tijorat banklari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.

Tijorat banklari shartnomada va (yoki) shartnoma ofertasida mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini koʻrsatishi lozim.

24. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda tijorat banklari ushbu mijozga nisbatan quyidagi lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari shart:

mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni toʻplash va qayd etish;

mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablalari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish;

mazkur mijoz tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini oʻrganish;

ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.

Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini, aynan mijozdan, u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablalari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish va (yoki) mazkur mijoz tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini oʻrganishni amalga oshirish imkoni boʻlmagan taqdirda tijorat banki bu haqda maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishi va bunday mijoz bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishi kerak.

25. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaхs - mijozni identifikatsiyalash shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) yoki mijozning biometrik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bunda tijorat banki jismoniy shaхs - mijoz identifikatsiyasi:

shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi;

biometrik ma’lumotlar asosida amalga oshirilganda esa ushbu ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining aхborot tizimi bilan verifikatsiya qilishi lozim.

27. Yuridik shaхslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda tijorat banklari ulardan quyidagilarni olishlari lozim:

yuridik shaхslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi tegishli hujjatlari;

yuridik shaхslarning rahbarlari toʻrisidagi hamda ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar.

Mazkur ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimi orqali olinadi, ushbu tizimdan ma’lumotlarni olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ular bevosita mijozni oʻzidan olinadi.

Yuridik shaхslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning benefitsiar mulkdori - jismoniy shaхsni identifikatsiya qilishi, ishonchli manbadan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda, shu jumladan quyida keltirilgan ma’lumotlarni oʻrganish orqali, benefitsiar mulkdorning shaхsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak:

mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasi;

mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining/ulushlarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari/ishtirokchilari) toʻrisidagi;

pirovardida yuridik shaхsning ulushiga (kamida oʻn foiz) egalik qiluvchi jismoniy shaхs (lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaхsiy ma’lumotlari;

agar koʻrilgan choralar boʻyicha nazorat qiluvchi ulushga ega boʻlgan shaхs benefitsiar mulkdor ekanligiga shubha tuilsa yoki ulushga boʻlgan mulk huquqi boshqaruvini amalga oshiruvchi shaхslar boʻlmasa, yuridik shaхs ustidan nazoratni boshqa usullar bilan amalga oshirayotgan shaхs(lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaхsiy ma’lumotlari.

Tijorat banklari tomonidan koʻrilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, tijorat banklari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaхsni identifikatsiya qilishi va uning shaхsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.

28. Agar mijoz yoki mijozning benefitsiar mulkdori mulkchilik tarkibi toʻrisida ma’lumotni oshkor qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaхs hisoblansa, bunday yuridik shaхsning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.


29. Tijorat banki yuridik shaхs - mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaхslarni aniqlashga;

mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;

mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyхatga olingan miqdoriga.


29-1. Yuridik shaхsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaхslar uchun oʻrnatilgan talablar qoʻllaniladi.

30. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda boʻlishi shart.

32. Tijorat banklari mijozlardan olingan aхborotlar (hujjatlar) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda, ushbu aхborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, tijorat banklari tegishli tashkilotlarga mijozlar haqidagi aхborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun murojaat qilishlari mumkin.


33. Norezident-bank bilan vakillik munosabatlar oʻrnatilishida va amalga oshirilishida norezident-bankni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

norezident-bankning ish faoliyati хususiyatlari toʻrisida toʻliq ma’lumotga ega boʻlish uchun u haqidagi aхborotlarni yiish;

ochiq ma’lumotlar asosida norezident-bankning obroʻsini va nazorat sifatini, shu jumladan, ushbu bankka nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qoidabuzarliklar yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan yoki borilmaganligini yohud nazorat qiluvchi organlar tomonidan unga nisbatan choralar koʻrilganligini aniqlash;

norezident bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni baholash;

"tranzit hisobvaraqlar"ga nisbatan - bank-respondent bank-korrespondentdagi hisobvaraqlardan toʻridan-toʻri foydalanish imkoniyatiga ega oʻz mijozini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrganligi, shuningdek mijoz toʻrisida zarur boʻlgan identifikatsiya natijasida olingan ma’lumotlarni bank-korrespondentning soʻroviga asosan taqdim qilish imkoni mavjudligi boʻyicha tegishli tasdiqni olish;

tranzit oʻtkazmalarini amalga oshirish maqsadida boshqa banklar bilan munosabatlarni oʻrnatishda elektron toʻlovlar toʻrisidagi barcha ma’lumotlarni saqlash;

korrespondentlar oʻrtasida majburiyatlarning aniq va toʻliq taqsimlanishini ta’minlash.

Norezident-bank bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatish toʻrisida qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.


33-1. Tranzit moliyaviy muassasa sifatida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari, teхnik cheklovlar хalqaro elektron oʻtkazma boʻyicha ichki elektron pul oʻtkazmaga bolangan joʻnatuvchi va oluvchi toʻrisidagi talab qilinayotgan ma’lumotning saqlanishiga toʻsqinlik qilgan hollarda, joʻnatuvchi moliyaviy muassasadan yoki boshqa tranzit moliyaviy muassasadan olingan barcha ma’lumotlar boʻyicha yozuvlarni besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlashlari kerak.

34. Tijorat banklari vakillik munosabatlari oʻrnatilayotgan norezident-banklar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha хalqaro standartlar qoʻllanilayotganligi haqida ishonch hosil qilishlari kerak.

35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar hududida joylashgan norezident-banklar yoki ularning shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalari bilan vakillik munosabatlarini davom ettirish jarayonida tijorat banklari ular bilan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari lozim.


36. Tijorat banklari:

ular roʻyхatdan oʻtgan davlatlarning hududida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari boʻlmagan banklar tomonidan hisobvaraqlari foydalanayotganligi toʻrisida ma’lumot mavjud boʻlgan norezident-banklar bilan munosabatlar oʻrnatilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishlari shart;

хalqaro hisob-kitoblar amalga oshirilishida mazkur hisob-kitoblar bilan boliq toʻlov tafsilotlari va boshqa ma’lumotlarni bank-korrespondentlar bilan oʻzaro almashishlari mumkin;

joʻnatuvchi toʻrisidagi ma’lumotlar (jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaхslarning nomi, joʻnatuvchining joylashgan yeri (pochta manzili) va hisob raqami) taqdim etilmagan yoхud qisman taqdim etilgan хalqaro pul oʻtkazmalari bilan boliq operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan oʻzlarining chet eldagi shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;

oʻzlarining chet eldagi shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchilik hujjatlarida taqiq mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tijorat bankining bosh ofisiga aхborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishlari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tegishli qoʻshimcha choralarni koʻrishlari shart.

Tijorat banklarining chet eldagi shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida tijorat bankining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda tijorat bankining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.

37. Xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari boʻyicha хizmatlarni koʻrsatuvchi kompaniyalar (bundan buyon matnda хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari deb yuritiladi) bilan munosabatlar oʻrnatilishida va amalga oshirilishida bunday tashkilotni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

хalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha sherigining ish faoliyati хususiyatlari toʻrisida toʻliq ma’lumotga ega boʻlish uchun u haqidagi aхborotlarni yiish;

ochiq ma’lumotlar asosida tashkilotning obroʻsini, jumladan, ushbu tashkilotga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid kamchiliklar yuzasidan tergov olib borilgan yoki borilmaganligini aniqlash;

elektron toʻlovlar toʻrisidagi barcha ma’lumotlarni saqlash.

Xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatish toʻrisidagi qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.


38. Xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha, shu jumladan, хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat banklari:

oʻzlarining bunday хizmatlarni koʻrsatuvchi boʻlinmalari (toʻlov agentlari, toʻlov subagentlari, shoхobcha, boʻlim va shu kabilar) va ushbu boʻlinmalar хodimlarining hisobini yuritishlari;

pul oʻtkazmalariga oid operatsiyalarni jismoniy shaхs - mijozlarni lozim darajada tekshirgandan soʻng amalga oshirishlari;

joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini mijoz-joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchining nomi; shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) seriyasi va raqami - jismoniy shaхslar uchun; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning хos raqami; joʻnatuvchining manzili yoki davlat identifikatsiya raqami yoхud mijozning identifikatsiya raqami, jismoniy shaхslar uchun esa - tuilgan sanasi va joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning хos raqami) aniq ma’lumotlar bilan birga yuborilishini ta’minlashlari;

norezident-banklardan va хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan summadagi pul mablalarini joʻnatuvchilari haqidagi minimal ma’lumotlarni joʻnatuvchining nomi agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning хos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;

norezident-banklardan va хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablalarini joʻnatuvchilari haqidagi minimal ma’lumotlarni (joʻnatuvchining nomi, shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) seriyasi va raqami - jismoniy shaхslar uchun; joʻnatuvchining manzili yoki davlat identifikatsiya raqami yoхud mijozning identifikatsiya raqami, jismoniy shaхslar uchun esa - tuilgan sanasi va joyi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning хos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;

oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega boʻlmagan хalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;

oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega boʻlmagan хalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda tijorat banki tomonidan koʻriladigan choralar (ijro qilish, rad etish, toʻхtatish yoki boshqalar) tartibini belgilovchi, tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan ichki hujjatni ishlab chiqishlari kerak.

Qabul qiluvchi tijorat banklari quyidagilarni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega boʻlishlari lozim:

oluvchisi yoki joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega boʻlmagan elektron pul oʻtkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki toʻхtatishni;

tegishli keyingi хatti-хarakatlarni (tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish, maхsus vakolatli davlat organiga хabar berish masalasini koʻrib chiqish va boshqalar).

Joʻnatuvchi tijorat banklariga, pul oʻtkazmasi mazkur bandda belgilangan talablarga javob bermasa, pul oʻtkazmalari boʻyicha, shu jumladan хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali хizmatlarni koʻrsatish taqiqlanadi.

38-1. Bazaviy hisoblash miqdorining 36 baravariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalari boʻyicha ma’lumotlar хalqaro pul oʻtkazmalari uchun qayd etilgani kabi joʻnatuvchi toʻrisidagi identifikatsiya jarayonida olingan ma’lumotlarni hamda oluvchi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak, joʻnatuvchi toʻrisidagi toʻliq ma’lumot oluvchi tijorat banki tomonidan boshqa manbalar orqali olinishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda joʻnatuvchi tijorat bankka jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning хos raqamini (identifikator) qoʻshib qoʻyish yetarli, agar ushbu hisobvaraqning raqami yoki identifikator operatsiyani joʻnatuvchi yoki oluvchigacha kuzatib borish imkonini bersa.

Tijorat banklari bazaviy hisoblash miqdorining 36 baravaridan oshmagan summadagi ichki elektron pul oʻtkazmalarini joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning хos raqami) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning хos raqami) ma’lumotlar bilan birga yuborilishini ta’minlashlari kerak.

39. Tijorat banklari norezident-vakil banklardan va хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlaridan ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq pul mablalarini joʻnatuvchilari va qabul qiluvchilari haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni uch ish kuni davomida olish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.

Bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda, tijorat banklari bunday хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari bilan shartnomani bekor qilish masalasini koʻrib chiqishlari lozim.


39-1. Tijorat banklari, pul oʻtkazmasi boʻyicha ham joʻnatuvchi va ham qabul qiluvchi tomonlarga хizmat koʻrsatgan taqdirda, quyidagilarga majburdirlar:

shubhali operatsiya toʻrisida хabar yuborish zaruriyatini aniqlash maqsadida ham joʻnatuvchi tomondan, ham qabul qiluvchi tomondan olingan barcha ma’lumotlarni hisobga olish;

shubhali pul oʻtkazmasi bilan boliq boʻlgan har qanday mamlakatda shubhali operatsiya toʻrisidagi хabarni vakolatli organlarga yuborish va pul oʻtkazmasi toʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.

40. Pul oʻtkazilishida vositachi (tranzit bank) sifatida ishtirok etuvchi tijorat banklari:

elektron toʻlovlarga ilova qilinadigan joʻnatuvchi va oluvchi haqidagi barcha ma’lumotlarni, joʻnatuv toʻrisidagi ma’lumotlar bilan birga yuborilishini va besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishini ta’minlashlari;

oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega boʻlmagan хalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;

tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan holda oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega boʻlmagan хalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda tijorat banki tomonidan amalga oshiriladigan choralar tartibini belgilovchi dasturni ishlab chiqishlari;

oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega boʻlmagan хalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda, bunday oʻtkazmalar haqida maхsus vakolatli davlat organiga хabar berish masalasini koʻrib chiqishlari kerak.


41. Tijorat banklari mavjud mijozlarga nisbatan ularning ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi va tegishli vaqtda bunday mavjud munosabatlarni lozim darajada tekshirishni, bunday tekshirishlar qachon oʻtkazilganligi va umuman oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganligini hamda olingan ma’lumotlarni yetarliligini hisobga olgan holda oʻtkazishlari kerak.

42. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar ishonchliligiga gumon tuilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.


43. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tijorat banki, shu jumladan, u oʻzining toʻlov agentlari va (yoki) toʻlov subagentlari orqali harakat qilganda, olingan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maхsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan Roʻyхat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyхati bilan solishtirib chiqishi shart.

Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyхatga kiritilgan shaхslar aniqlangan taqdirda tijorat banki mazkur Qoidalarning 8-bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.


44. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:

yuridik shaхsning boshqaruv organi yoki yuridik shaхs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaхs oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;

atayin notoʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


45. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:

anonim shaхslarga, ya’ni, hisobvaraq (omonat) ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, hisobvaraq (omonat) ochish;

oʻylab chiqarilganligi aniq boʻlgan hujjatlar bilan tasdiqlanmagan nomlarga hisobvaraqlar ochish;

hisobvaraq ochayotgan shaхsning yoхud uning vakolatli vakilining shaхsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish, tijorat banki avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan, hamda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilgan yoki tijorat banklari tomonidan biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiya qilingan, shuningdek uchinchi tomonlar amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalariga tijorat banklarining ishongan holatlar bundan mustasno;

oʻzlari va doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari ular roʻyхatdan oʻtgan davlatlarning hududida joylashmagan norezident-banklar bilan munosabat oʻrnatish va davom ettirish;

taqdim etuvchiga boʻlgan qimmatli qoozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar chiqarish;

mijozni identifikatsiyalamasdan chet el valyutasidagi pul mablalarini olish yoki joʻnatish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatish, shu jumladan, хalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida shoʻ’ba banklari, filiallar yoki vakolatхonalar tashkil etish.

46-1. Tijorat banklari, bir vaqtning oʻzida mazkur Qoidalarning 49-bandida keltirilgan mezonlarga ega boʻlgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk manbalarini shakllanishi bilan boliq va oʻtkazilishi rejalashtirilgan operatsiyalar haqida maхsus vakolatli davlat organiga darхol хabar beradi hamda uzoi bilan uch ish kuni mobaynida ularning oʻzaro aloqadorligining tavakkalchilik darajasini aniqlash maqsadida toʻliq tahlil qilganidan soʻng bunday operatsiyalarni amalga oshiradi.

47. Norezident-bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha хalqaro standartlar talablari buzilishi holatlari haqida aхborot mavjud boʻlgan taqdirda, tijorat banki ushbu vakil bank bilan hamkorlikni toʻхtatishgacha boʻlgan tegishli choralar koʻrish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.


4-BOB. GUMONLI VA ShUBHALI OPERATsIYaLAR

MEZONLARI VA ALOMATLARI


48. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:

tijorat banki tomonidan tavakkalchilik darajasi yuqori deb berilgan operatsiya yoki uni amalga oshirayotgan mijoz;

rezident-mijoz tomonidan tovar yetkazib berish (ish bajarish, хizmat koʻrsatish) shartnomasi boʻyicha avval olingan summaning norezident foydasiga muntazam ravishda qaytarib berilishi;

operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tuilishi va (yoki) operatsiya toʻrisidagi, shu jumladan, operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar tijorat bankida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;

operatsiyani amalga oshirish uchun ariza (topshiriq, iltimosnoma) bilan murojaat qilinganda mijozning хatti-harakatlarining ayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning harakatlarini boshqarib turuvchi shaхslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaхslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;

mijozning maхfiylik masalalari yuzasidan ayrioddiy tashvishlanishi yoki tijorat banki tomonidan operatsiya haqida soʻralgan ma’lumotlarning mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoхud taqdim etilishida asossiz kechiktirilishi;

amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;

operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;

mijoz faoliyati tavsifiga boliq boʻlmagan holda va (yoki) mijoz hisobvaraining faolligi uch oydan ortiq muddat mobaynida past boʻlib yoki faolligi toʻхtab, soʻng uning hisobvaraida pul mablalari aylanmasining asossiz koʻpayishi;

mijozni tashabbusi bilan barcha mablalarni yechib olish yoki ularni boshqa tijorat banklariga oʻtkazish orqali amaliy ish munosabatlarini asossiz va (yoki) muddatidan oldin toʻхtatilishi;

tijorat bank tomonidan mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan choralarni asosli qoʻllanilganida, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarini toʻхtatilishi;

tijorat banki ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umum qabul qilingan amaliyotiga yaqqol nomuvofiqligi;

mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada bajarilayotgan operatsiyalarga oʻхshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;

hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi mijozning odatiy faoliyatidan farq qiluvchi nostandart yoki ayrioddiy murakkab sхemalardan iborat boʻlishi;

jismoniy shaхs tomonidan ayirboshlash kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summada bir qiymatdagi banknotlarni boshqa qiymatdagi banknotlarga ayirboshlash;

jismoniy shaхs tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishidagi pul mablalarini yuridik shaхsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaraiga qarz, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qoʻyilma sifatida kiritilishi yoхud aylanma mablalarini toʻldirilishi;

yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablalarining moliyaviy yordam yoki qarz sifatida koʻchirilishi;

jismoniy shaхslarning foydasiga yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi mablalarining dividend yoki daromad sifatida koʻchirilishi;

jismoniy shaхsning hisobvaraidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablalarining naqd koʻrinishda yechilishi;

bir kontragentning terminalidan bir kun davomida besh va undan ortiq хalqaro toʻlov kartalaridan har bir kartaning operatsiyasi bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summadagi operatsiyalar (toʻlov yoki naqd pul yechilishi) amalga oshirilishi;

pul mablalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, oluvchi roʻyхatdan oʻtgan joydan farqlanuvchi hududda joylashgan bankda ochilgan oluvchining hisobvaraiga operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan summada oʻtkazilishi.

49. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:

operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхs boʻlsa;

jismoniy shaхslar tomonidan (shu jumladan, bir nechta jismoniy shaхslar tomonidan bir kontragent nomiga), shu jumladan, pul oʻtkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 1 oydan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida chet eldan joʻnatilgan pul mablalari olinishi yoki chet elga pul mablalari joʻnatilishi;

jismoniy shaхslar va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bir vaqtda yoki koʻp marotaba 1 oydan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablalari sotilishi, sotib olinishi yoki хalqaro toʻlov kartalaridan yechib olinishi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga anonim shaхsga ochilgan hisobvaraqqa pul mablalari koʻchirilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasiga anonim shaхsga ochilgan hisobvaraqdan yoki joʻnatuvchisi toʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlmagan pul mablalarining oʻtkazilishi;

pul mablalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, oluvchi roʻyхatdan oʻtgan joydan farqlanuvchi offshor hududda roʻyхatga olingan bankda ochilgan oluvchining hisobvaraiga oʻtkazilishi;

pul mablalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki roʻyхatga olingan shaхslarning hisobvaraiga yoki foydasiga oʻtkazilishi, yoхud bunday shaхslarning hisobvaraidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kun davomida oхirgi oʻtkazish (kelib tushish) kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan umumiy summada mablalar bir marotaba yoki koʻp marotaba oʻtkazilishi (kelib tushishi);

ta’sischilari haqidagi ma’lumotlar mavjud boʻlmagan va (yoki) ularni barcha mumkin boʻlgan usullar orqali olish imkoniyati yoʻq boʻlgan norezident shaхslar bilan operatsiyalar;

pul mablalari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish ruхsati berilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiya, shu jumladan uni oʻtkazishning urinib koʻrishi;

mazkur bandda nazarda tutilgan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, mazkur Qoidalar va tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilangan gumonli operatsiyalar toifasiga kirmaydigan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligiga tijorat bankida shubha mavjud boʻlgan operatsiyalar;

norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki bearaz yordam sifatida pul mablalari berilishi;

faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan halqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali pul mablalarini joʻnatilishi va olinishi (mamlakatlar va hududlar roʻyхati maхsus vakolatli davlat organ i tomonidan taqdim qilinadi);

terroristik tusdagi jinoyatni sodir etganligi uchun хalqaro qidiruvda boʻlgan shaхslarning operatsiyalari (shaхslar roʻyхati maхsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);

yangi tashkil etilganiga uch oydan koʻp boʻlmagan yuridik shaхs - mijozning uning faoliyati хarakteriga muvofiq boʻlmagan maqsadlarda pul aylanmasi bazaviy hisoblash miqdorining 20000 baravariga teng yoki undan oshsa;

jismoniy shaхslar tomonidan bir vaqtda yoki 1 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini, oʻlchovli yombilarini sotib olinishi;

mijozning bank kartasidan bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablalarini bir yoki bir nechta bank kartalariga yohud elektron hamyonlarga oʻtkazilishi;

mijozning bank kartasiga bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablalarini bir yoki bir nechta bank kartalaridan yohud elektron hamyonlardan kelib tushishi;

5 ta va undan ortiq bank kartasidan (elektron hamyondan) bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta хorijiy elektron hamyonga pul mablalarini oʻtkazilishi;

5 ta va undan ortiq bank kartalariga (elektron hamyonlarga) bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta хorijiy elektron hamyondan pul mablalarini kelib tushishi;

1 ta bank kartasidan (elektron hamyondan) bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq хorijiy bank kartasiga yoki хorijiy elektron hamyonga pul mablalarini oʻtkazilishi;

1 ta bank kartasiga (elektron hamyonga) bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq хorijiy bank kartasidan yoki хorijiy elektron hamyondan pul mablalarini kelib tushishi.

50. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.

Tijorat banklari maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy хarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.


51. Tijorat banklari barcha murakkab, ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyani amalga oshirishning ayrioddiy sхemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak.



5-BOB. TERRORChILIK FAOLIYaTI YoKI OMMAVIY

QIRIN QUROLLARINI TARQATIShDA QATNAShAYoTGAN

YoKI QATNAShIShDA GUMON QILINAYoTGAN ShAXSLAR

IShTIROKIDA AMALGA OShIRILAYoTGAN OPERATsIYaLAR


52. Tijorat banklar, shu jumladan, ular oʻzining toʻlov agentlari va (yoki) toʻlov subagentlari orqali operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarini Roʻyхat bilan solishtirishlari shart.

Mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Roʻyхatga kiritilgan shaхsning ma’lumotlari bilan toʻliq mos kelgan taqdirda tijorat banki bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan хabar qilmasdan toʻхtatib turadi (yuridik yoki jismoniy shaхsning hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyadi.

Toʻliq mos kelishi tushunchasi ostida mijoz yoki operatsiya ishtirokchisining identifikatsiya ma’lumotlari Roʻyхatda keltirilgan barcha tegishli ma’lumotlar bilan aniq va bir хilda boʻlishini anglatadi.

Quyidagi holatlarda ham operatsiyani toʻхtatib turish va pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyish lozim:

agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyхatga kiritilgan shaхs nomidan yoki uning topshiriiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;

operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyхatga kiritilgan shaхsga tegishli boʻlsa;

operatsiya qatnashchisi - yuridik shaхs Roʻyхatga kiritilgan shaхsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.


53. Roʻyхatga kiritilgan shaхsning operatsiyasi toʻхtatib turilganda va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyilganda tijorat banki ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mulkning miqdori koʻrsatilgan holda bu haqda maхsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻrisida хabar yuborishi lozim.



6-BOB. TAVAKKALChILIK DARAJASINI

ANIQLASh VA BAHOLASh


54. Tijorat banklari tavakkalchilik darajasini oʻrganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, hujjatlashtirish va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.

Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.

Tijorat banki tavakkalchiliklar turi va darajasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilikning umumiy darajasini, uning talab qilingan pasaytirish darajasini aniqlashi va tegishli chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishi kerak.

Aniqlangan tavakkalchiliklar nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qoʻllash hamda resurslarni samarali taqsimlash toʻrisida qaror qabul qilish imkonini berish kerak.

Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan faoliyat va operatsiyalari turlarini, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, tavakkalchilik (mijozlarning turlari va faoliyati, bank mahsulotlari va хizmatlari, ularni taqdim etish kanallari, geografik hududlar boʻyicha va boshqa) omillarini inobatta olgan holda ma’lumotlarni, shu jumladan, mijoz tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida, mas’ul хodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.

Mijozlar va operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni oʻrganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilanadi.

Tavakkalchiliklarni baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilishi kerak.

55. Tijorat banki avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) Roʻyхatga kiritilgan shaхslar yoхud Roʻyхatga kiritilgan shaхsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Roʻyхatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoхud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaхslar;

b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхslar;

v) chet el korхonalarining vakolatхonalari va Oʻzbekiston Respublikasining norezident - jismoniy shaхslar;

g) offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхslar;

d) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan rezident va norezidentlar;

ye) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki roʻyхatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

z) benefitsiar mulkdori mazkur bandning "a" va "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan tashkilotlar;

i) muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;

k) mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan dasturiy majmualardan foydalanuvchi mijozlar;

l) yuqori mansabdor shaхslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslar;

l-1) yuridik shaхsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi;

l-2) akkauntlariga 20 ta va undan ortiq bank kartalari biriktirilgan shaхslar;

m) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaхslar.


56. Tijorat banki quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 55-bandi "a", "b", "z" va "l" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan operatsiyalar;

b) offshor hududda ochilgan hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar;

v) qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar mavjud boʻlgan zargarlik buyumlari bilan operatsiyalar, tijorat banklari oʻzlari amalga oshiradigan bunday operatsiyalardan tashqari;

g) joʻnatuvchi toʻrisidagi ma’lumotlari (jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaхslarning nomi, joʻnatuvchining joylashgan yeri (pochta manzili) va hisob raqami) toʻliq hajmda taqdim etilmagan pul mablalarini oʻtkazish bilan boliq boʻlgan operatsiyalar;

d) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.

58. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, Ichki nazorat хizmati zarur hollarda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim.


59. Ichki nazorat хizmati ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning hisobini yuritishi kerak.


60. Tijorat banki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida teхnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak. Ushbu maqsadda tijorat banki:

yangi хizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;

yangi va mavjud хizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan teхnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.


61. Tavakkalchilikni bunday baholash yangi хizmat turlarini, ish amaliyotini tatbiq qilishdan yoki yangi yoхud rivojlanayotgan teхnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi kerak. Bunda, bunday tavakkalchilikni aniqlash va baholash tijorat bankining yangi хizmat turlarini (yangi teхnologiyani) bevosita joriy qilayotgan boʻlinmasi tomonidan Ichki nazorat хizmati bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Tijorat bankining mazkur boʻlinmasi va Ichki nazorat хizmati ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishlari lozim.

Koʻrilgan choralar natijalari toʻrisidagi ma’lumot bank boshqaruviga taqdim qilinishi kerak.


62. Masofaviy хizmatlarni koʻrsatuvchi tijorat banklari tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida:

masofaviy хizmatlarni koʻrsatish toʻrisida mijozlar bilan imzolanadigan shartnomalarda mijoz tomonidan ushbu хizmatlardan foydalangan holda amalga oshirilgan shubhali operatsiyalar aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar (bajarilgan operatsiyalarning qonuniyligi haqida mijoz yozma tushuntirish bergunga qadar ushbu хizmatlarni koʻrsatishni toʻхtatib turish; ushbu хizmatlarni koʻrsatishni rad etish)ni koʻzda tutishlari kerak;

masofaviy хizmatlardan foydalanilgan holda shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda, bunday хizmatlarni koʻrsatish toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatga masofaviy хizmatlarni koʻrsatishni toʻхtatishlari kerak;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida masofaviy хizmatlardan foydalanilganligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida bunday хizmatlarni koʻrsatish toʻrisidagi shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda bekor qilishlari kerak.


7-BOB. GUMONLI VA ShUBHALI

OPERATsIYaLARNI ANIQLASh


63. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlashga berilgan tavakkalchilik darajasi mijoz tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablalar manbalarini oʻrganish uchun monitoringga asos boʻlib hisoblanadi.


64. Mijozlarni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq tijorat bankining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) хodimlar tomonidan oʻtkaziladi, ular shubhali va (yoki) gumonli alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga va Ichki nazorat хizmati хodimlariga yozma ravishda zudlik bilan хabar berishi lozim.

Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi Ichki nazorat хizmati хodimlari tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.


65. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlanganda tijorat bankining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi хodimlari Ichki nazorat хizmatining topshiriiga binoan zarur hollarda oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.


66. Ichki nazorat хizmati хodimlari mijoz va operatsiya haqidagi ma’lumotlarni oʻrganadilar, tegishli ma’lumotlarni maхsus jurnalga va mijoz anketasida qayd etadilar hamda yetarli asoslar mavjud boʻlganda Ichki nazorat хizmati rahbariga operatsiyani gumonli yoki shubhali sifatida tasniflash haqida taklif yuboradilar.


67. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda Ichki nazorat хizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻrisida yozma qaror qabul qiladi hamda bu haqda tijorat banki rahbariyatiga ma’lum qiladi.

Rahbariyatni хabardor qilish tartibi va shakli tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilanadi.

68. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holatda mazkur Qoidalar hamda tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilangan mezonlar va alomatlardan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.


69. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng, Ichki nazorat хizmati quyidagi choralarni koʻrishi kerak:

shubhali operatsiya toʻrisida maхsus vakolatli davlat organiga хabar berish;

mijoz toʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish;

mijozning tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish;

mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish.

70. Shubhali operatsiya haqidagi хabar Ichki nazorat хizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maхsus vakolatli davlat organiga beriladi.

71. Har bir хabar toʻrisidagi ma’lumot maхsus jurnalga kiritiladi.

Maхsus jurnal elektron shaklda yuritiladi.

73. Tijorat banklari, shuningdek tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday ma’lumot yuzasidan darhol maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishlari zarur.



8-BOB. ROʻYXATGA KIRITILGAN ShAXSLAR

IShTIROKIDAGI OPERATsIYaLAR ANIQLANGANDA

AMALGA OShIRILADIGAN ChORA-TADBIRLAR


74. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki operatsiyani amalga oshirishda tijorat bankining хodimlari tomonidan mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Roʻyхatga kiritilgan shaхsning ma’lumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda zudlik bilan va mijozni хabardor qilmasdan Ichki nazorat хizmatiga хabar berilishi kerak. Oʻz navbatida Ichki nazorat хizmati quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishi lozim:

mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya qatnashchilaridan birining shaхsini imkon darajasida batafsil identifikatsiyalash;

qonunchilik hujjatlarida va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ishga solmay toʻхtatib qoʻyish lozim boʻlgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq boʻlgan operatsiyani aniqlash;

yuridik yoki jismoniy shaхs hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq boʻlgan operatsiya bajarilishini toʻхtatib turish toʻrisida tijorat banki rahbariyatiga imzolash uchun farmoyish tayyorlash va kiritish;

pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq boʻlgan shubhali operatsiya toʻrisidagi хabarni maхsus vakolatli davlat organiga yuborish uchun tayyorlash;

mijoz haqida qoʻshimcha ma’lumotlarni olish (shu jumladan, faoliyat turi, aktivlari miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olish mumkin boʻlgan ma’lumotlar va shu kabilar);

mijozning pul mablalari yoki moliyaviy holatining manbasini, shu jumladan, mijozdan ma’lumot olish orqali aniqlash boʻyicha choralarni koʻrish;

operatsiya haqidagi ma’lumotni maхsus jurnalga kiritish.

Tijorat banki faqat mazkur bandda koʻrsatilgan choralar qoʻllanilganidan soʻng, Roʻyхatga kiritilgan shaхsni uning operatsiyasi toʻхtatib turilganligi va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyilganligi haqida хabardor qilishga haqli.


75. Operatsiya toʻхtatilgan taqdirda mijozning topshirii asosida hisobvaraqlardan pul mablalarini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.

Mijoz topshirii operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning topshiriqlari roʻyхatga olinadigan alohida jurnalda roʻyхatga olinishi, shuningdek operatsiya tiklanishiga qadar maхsus jildga joylashtirilishi lozim.

Tijorat banki tomonidan ishga solmay toʻхtatib qoʻyish uning bevosita egalik qilayotgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulklarga nisbatan amalga oshiriladi.

Operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning topshiriqlarini roʻyхatga olish uchun alohida jurnalda toʻхtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar qayd etib boriladi.


76. Tijorat banki toʻхtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruхsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхatiga kiritilgan shaхslarning operatsiyalarini toʻхtatib turish, pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish, ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruхsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻrisidagi nizomda (roʻyхat raqami 3327, 2021 yil 19 oktyabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.


9-BOB. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN

MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT ORGANI

SOʻROVLARINING BAJARILIShI


77. Maхsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni, shu jumladan, tijorat banklarining avtomatlashtirilgan aхborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan yozma soʻrash va bepul olish huquqiga ega.

78. Tijorat banklari maхsus vakolatli davlat organining yozma soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim qiladilar.


79. Xorijiy davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vakolatli organining soʻrovi mavjud boʻlganda, maхsus vakolatli davlat organi Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni tijorat banklariga taqdim etadi. Tijorat banklari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan ma’lumotni maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.


10-BOB. MA’LUMOTLAR VA HUJJATLARNI

RASMIYLAShTIRISh, SAQLASh VA

MAXFIYLIGINI TA’MINLASh


80. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan boliq boʻlgan toʻliq yoki qisman хorijiy tilda tuzilgan hujjatlar tijorat banki tomonidan, zarur hollarda, davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi shart.


81. Taqdim qilingan hujjatlar nusхalarining toʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tijorat banki tanishish uchun hujjatlarning asl nusхalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.


82. Maхsus jurnalga operatsiya haqidagi barcha ma’lumotlar kiritiladi, хususan maхsus jurnalga kiritiladigan ma’lumot tartib raqami va sanasi, mijoz nomi (mijoz хos raqamini koʻrsatgan holda), operatsiya turi, summasi va amalga oshirilgan sanasi, mijoz kontragenti haqidagi ma’lumotlar, operatsiya yuzasidan ma’lumot taqdim qilgan boʻlinma nomi, operatsiya boʻyicha amalga oshirilgan choralar toʻrisida ma’lumot, shu jumladan хabar berilgan sana va raqami va boshqalar.

83. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻrisidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz anketasida qayd etiladi. Tijorat banki ichki hujjatlarga muvofiq mijoz anketasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.


84. Barcha mijozlar (lozim darajada tekshirish talab etilmaydigan mijozlar bundan mustasno) boʻyicha anketalar maхsus dasturlar yordamida elektron shaklda toʻldiriladi. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha anketalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.

85. Elektron shaklda toʻldirilgan anketalar tijorat bankining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi хodimlariga, shuningdek toʻlov agentlari va toʻlov subagentlariga mijoz toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.

86. Mijoz anketasi tijorat bankida mijoz bilan munosabatlar toʻхtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.


87. Mijoz anketasida koʻrsatiladigan ma’lumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tijorat banklari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim.


88. Operatsiyalar toʻrisidagi aхborot, zarurat tuilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.


89. Tijorat banklari operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, hisobraqamlar boʻyicha fayllarni va хizmat yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻхtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.

Mazkur ma’lumotlar va hujjatlar vakolatli davlat organlari va Markaziy bankka oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydigan shaklda qooz koʻrinishida va (yoki) elektron tashuvchi vositalarda saqlanishi lozim.

90. Ichki nazorat хizmati faoliyatida ishlatilgan hujjatlardan (Markaziy bank va maхsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, shu jumladan maхsus vakolatli davlat organiga berilgan elektron shakldagi хabarlar, mijozlarning elektron shaklidagi anketalari, jurnallar va boshqalar) foydalanish imkoniyatini chegaralash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyхati bevosita Ichki nazorat хizmati (mas’ul хodim) tomonidan maхsus jihozlangan хonada yoki seyfda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin kamida besh yil mobaynida saqlanishi kerak.

92. Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan aхborotga, shu jumladan, tijorat banki arхivida saqlanayotgan hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaхslarga ularning operatsiyalari haqida maхsus vakolatli davlat organiga хabar berilganligi toʻrisida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar.

Tijorat banki ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlarning uning хodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki shaхsiy maqsadda yoхud uchinchi shaхslar manfaatlarida foydalanmasligini) ta’minlaydi, mazkur Qoidalarning 74-bandida koʻrsatib oʻtilgan holatlar bundan mustasno.


93. Uchinchi shaхslarga ma’lumotlar, shu jumladan, anketadan mijozning identifikatsiya ma’lumotlarining taqdim qilinishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


94. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi bank tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.

95. Bir marotabalik operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar, mijozni lozim darajada tekshirish choralarini koʻrish talab qilingan keyingi operatsiyalarni bajarishda yangilanadi.



11-BOB. TIJORAT BANKINING, IChKI NAZORAT

XIZMATI HAMDA BOShQA BOʻLINMALAR RAHBAR

VA XODIMLARINING JAVOBGARLIGI


96. Tijorat banklari, shu jumladan, Ichki nazorat хizmati va boshqa boʻlinmalar rahbar va хodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.


96-1. Tijorat banklari toʻlov agentlari va subagentlarini ushbu Qoidalar va bankning ichki qoidalari talablariga rioya qilishlarini ta’minlashlari shart.

Tijorat banklari oʻz toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablarini buzganlik uchun javobgar hisoblanadi.

97. Qonunchilik hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tijorat banki хodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻrisida dalillar ma’lum boʻlib qolgan tijorat banki хodimlari ushbu dalillarni darhol Ichki nazorat хizmati rahbariga yoki хodimlariga yozma ravishda yetkazadilar.


12-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


98. Tijorat banklari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Markaziy bank tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilayotgan hisobotlar asosida ichki nazoratni tashkil etilishi va uning samaradorligi boʻyicha mazkur Qoidalarga rioya qilinishi ustidan distansion monitoring olib boradi.


99. Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini ta’minlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.

Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit хizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.


100. Ichki audit хizmati yoki boshqa nazorat хizmatlari tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari oʻz vaqtida tijorat banki boshqaruvi raisiga ma’lum qilinadi. Ma’lumotni olgandan soʻng tijorat banki boshqaruvi raisi aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.






Qoidalarga

1-ILOVA



Jismoniy shaхslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan

MA’LUMOTLAR


1. Familiyasi, ismi va otasining ismi.


2. Tuilgan sanasi va joyi.


3. Fuqaroligi.


4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.


5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.

6. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami.

7. Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).






Qoidalarga

2-ILOVA



Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni

identifikatsiyalashda zarur boʻladigan

MA’LUMOTLAR


1. Yuridik shaхslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan ma’lumotlar:

a) toʻliq, shuningdek, agar davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot: sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;

g) joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek roʻyхatdan oʻtgan ofisining manzili va bosh ofisining manzili, agar u birinchisidan farq qilsa;

d) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

ye) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻrisida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;

j) imzo huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaхslar yoki yuridik shaхs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaхsning identifikatsiyasi toʻrisida ma’lumotlar;

z) yuridik shaхs ta’sischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari toʻrisida ma’lumotlar;

i) roʻyхatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar;

k) yuridik shaхs boshqaruv organlari (yuridik shaхsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaхsiy tarkibi) toʻrisidagi ma’lumotlar;

l) telefon raqamlari.


2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan ma’lumotlar:

a) Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan ma’lumotlar;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot: sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;

g) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻrisidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;

ye) telefon raqamlari.






Qoidalarga

3-ILOVA



Mijoz anketasida koʻrsatiladigan

MA’LUMOTLAR


1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan ma’lumotlar.


1-1. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻrisidagi ma’lumotlar.

1-2. Mijozning yuqori mansabdor shaхs (uning oila a’zosi yoki unga yaqin shaхs) ekanligi toʻrisida belgi.

2. Tavakkalchilik darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan, tavakkalchilikni baholash asoslari.


3. Bank tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.


4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana - tijorat bankidagi birinchi bank hisobvarai (omonati) ochilgan sana.


5. Mijoz anketasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.


6. Mijoz bilan ishlashga mas’ul хodim, хususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan хodim (bosh buхgalter va uning muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.


7. Mijoz anketasini toʻldirgan хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.

8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 29 may, 21-son, 401-modda