Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999 y. 49-son "Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.02.1999 y.

N 49



QORA VA RANGLI METALLAR

PARChALARI VA ChIQINDILARINI

TAYYoRLASh, SAQLASh, EHTIYoTLASh

VA TOPShIRISh TARTIBI TOʻRISIDA


Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash quvvatlarining ish bilan toʻliq band qilinishini ta’minlash, shuningdek respublikaning хom ashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar "Oʻzmetkombinat" aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va "Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzishda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirishning ushbu tartibiga qat’iy amal qilsinlar.

4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, "Oʻzmetkombinat" aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va "Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq aksiyadorlik jamiyati boʻyicha qora va rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash topshiruvchi tashkilotlarni metall parchalarini va chiqindilarini topshirganlik uchun rabatlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narхda amalga oshiriladi.

5. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yiish, saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni "Oʻzmetkombinat" aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va "Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga topshirish yuzasidan shaхsan javobgarlik Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklansin.

6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi "Oʻzmetkombinat" aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi hamda "Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda qora, rangli metallar chiqindilarining hosil boʻlish manbalari hisobini takomillashtirish boʻyicha ta’sirchan chora-tadbirlar koʻrsinlar, ularni oʻirlash va respublika tashqarisiga olib ketishga urinish hollarining qat’iy oldini olsinlar.

7. Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 21 fevraldagi 61-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 25 noyabrdagi 457-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.


Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 2, 8-modda.